(3) Sovuq va iliq kontrastlar




Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/73
Sana30.06.2022
Hajmi3.32 Mb.
#24596
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73
Bog'liq
fayl 1550 20210823
kurs ishi, Mavzu. Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning ekologik – iqti, 2-SINF-Tasviriy-sanat, Dizayn - Vikipediya, SINOV TEST ANIQ 2 , perforatciya, 46, Хорижий инвес, 466, 1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M, cisco packet tracer dasturida lan va vlan tarmoqlarini loyixalash, tishlikov abdlaziz, Avezbayev S, Volkov S.N. Yer tuzishni loyihalash (1), word
(3) Sovuq va iliq kontrastlar 
Haroratni ranglar bilan bog’lash birinchi ko’rinishda g’alati tuyulishi mumkin. 
Biroq tajribalar shuni ko’rsatadiki, 3 – 4 darajalardagi harorat ranglarning sovuq yoki 
iliqliliga katta ta’sir ko’rsatadi. 
Bir paytning o’zida ko’k – yashil rangga bo’yalgan xonadagi ishchilar 15 
darajada sovuqqa shikoyat qilgan bo’lsalar, qizil – zarg’aldoq rangga bo’yalgan 
xonadagi ishchilar esa 11-12 darajada sovuqdan shikoyat qilganlar. Ilmiy tadqiqotlar 
shuni ko’rsatdiki, ko’k – yashil rang qon aylanish impul’sini kamaytiradi, qizil –
zarg’aldoq esa kuchaytiradi. Bunday kuzatuvlar hayvonlar bilan o’tkazilgan 
tajribalarda ham o’z isbotini topgan. Otchopardagi otxonalar 2 qismga ajratiladi: bir 
qismi ko’k rangga, boshqa bir qismi esa qizil – zarg’aldoq ranglarga bo’yaladi. Ko’k 
rangga bo’yalgan otxonadagi otlar poygadan so’ng tezda tinchlanardi va sovur edi, 
biroq qizil bo’limdagilar esa ancha vaqtlargacha o’zlariga kela olmas edilar. Bundan 
tashqari ko’k rangdagi bo’linmada umuman pashsha bo’lmagan, qizil rangdagisida 
esa juda ko’p pashsha bo’lgan. Yuqoridagi ikkita tajriba ham ranglar yechimida iliq 
va sovuq kontrastlarning muhimligini ko’rsatadi. 
Ranglar terapiyasidan foydalanilganda sovuq va iliq ranglarning xususiyatlari 
muhim rol’ o’ynaydi. Ranglar doirasida sariq rang eng och, binafsha rang esa eng 
to’q rang ekanligini ko’rishimiz mumkin, bu esa, ikki ranglar eng kuchli ekanligini 
bildiradi. 
Sovuq va iliq ranglarni quyidagi qarama qarshiliklar bilan ifodalash mumkin: 
- Sovuq – iliq 
- Soyali – quyoshli 
- Shaffof – xira 
- Tinchlantiruvchi – qo’zg’atuvchi 
- Suyuq – quyuq 
- Yengil – og’ir 
- Uzoq – yaqin 
- Ho’l - nam 


27 
Insonning ijtimoiy faoliyatida ranglardan maqsadli foydalaniladi. Chunki 
ularning inson ruhiyatiga ta’siri qonuniydir. Darvoqe, biz turmush tarzimizni ranglar 
ishtirokisiz tasavvur qila olmaymiz. Bizning kundalik hayotimizni qisman ranglar 
boshqarishini anglaganimizda ularning mohiyatlariga to’g’ri baho bergan bo’lar edik. 
Sovuq va iliq kontrastlar 16-rasmda 
qizil, zarg’aldoq ranglarning ko’k, yashil 
ranglarga bo’lgan qarama qarshiliklar ifoda 
etilgan. 17-rasmdagi sovuq va iliq kontrast 
maydoni kichraytirilgan holda berilgan. 
Sovuq va iliq kontrastlarni boshqa 
kontrastlar orasidagi eng “jarangli”si deb 
hisoblash mumkin. Sovuq va iliq 
kontrastlarga quyidagi asarlarni misol qilib 
olish mumkin: 
ShartribodatxonasidagiVitrajlar 
(XIIasr.); 
MattiasaGryuneval’dning 
“Хорангелов” 
asarida 
(1475 
– 
1528), 
Kol’mar, 
UnterlindenMuzeyi; 
OgyustRenuarning 
“MulendelyaGalett” (1841-1919), 
Parij, 
Ors’eMuzeyi; 
KlodMonening “TumandagiLondonParlamenti” (1840-1926), Parij, Ors’eMuzeyi; 
PolSezanning “Olmalarvaapel’sinlar” (1839 – 1906), Parij, Ors’eMuzeyi. 

Download 3.32 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73




Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish