Toshkent arxitektura qurilish instituti




Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/73
Sana30.06.2022
Hajmi3.32 Mb.
#24596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
fayl 1550 20210823
kurs ishi, Mavzu. Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning ekologik – iqti, 2-SINF-Tasviriy-sanat, Dizayn - Vikipediya, SINOV TEST ANIQ 2 , perforatciya, 46, Хорижий инвес, 466, 1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M, cisco packet tracer dasturida lan va vlan tarmoqlarini loyixalash, tishlikov abdlaziz, Avezbayev S, Volkov S.N. Yer tuzishni loyihalash (1), word
Rang va ranglar ta’siri 
Rang tushunchasi odatda fizik va ximik tavsifga va tahlilga ega, ma’lum rangli 
pigment yoki ashyoni atashda qo’llaniladi. Inson ko’zlari va ongida paydo bo’luvchi 
rangni idrok qilish o’z – o’zidan insoniy mazmunni kashf etadi. Ammo ko’zlar va 
miya kontrastlarni taqqoslash vositasida ranglarni aniq farqlashga kelishi mumkin. 
Xromatik rangni ahamiyati va qiymati faqatgina uning ma’lum bir axromatik – 
qora, oq yoki kulrangga taqqoslanishi, bir yoki bir necha boshqa xromatik ranglarga 
nisbati orqali aniqlanishi mumkin. 
Rangni, uning fizikaviy – ximik realligiga qarama qarshi o’laroq idrok qilish
bu psixofiziologik reallik hisoblanadi. Rangni psixofiziologik realligi esa – bu aynan 



men atagan rang ta’sirchanligining o’zginasidir. 
Biror rang (цветкактаковой) va rangni ta’sir etishi faqat garmonik yarimtuslar 
mavjud bo’lgan holdagina sodir bo’ladi. Boshqa hollarda rang bir lahzada o’zgacha, 
yangi tus oladi. Bunga bir necha misollar keltiramiz. Ma’lumki, oq kvadrat qora 
fonda, xuddi shu o’lchamdagi qora kvadrat oq fondagiga qaraganda kattaroq bo’lib 
ko’rinadi. Bunda oq rang nurlanib o’z chegaralarini kengaytiradi. Qora esa o’zi 
egallagan tekislikda qisqarish ko’rinishini hosil qila boshlaydi. Och kulrang oq fonda 
qoramtir bo’lib ko’rinsa, shu kvadratning o’zi, ya’ni och kulrang kvadrat qora fonda 
ocharib ko’rinadi. 58 rasmda sariq kvadrat oq va qora fonda berilgan. Oq fonda u 
yengil, nozik issiq taratib, qoramtirroq ko’rinadi. Qora fonda esa o’ta yorqin, sovuq, 
agressiv (tajovuzkor) xarakterda bo’lib ko’rinadi. 
59 rasmda qizil kvadrat oq va qora 
fonlarda tasvirlangan. Oq fonda qizil rang juda 
qoramtir va uning yorqinligi deyarli sezilmas 
bo’lib ko’rinadi. Qorada esa u o’zining 
yorqinligini namoyon qilib, issiqlik taratadi. 
Agar ko’k kvadratni oq va qora fonlarda 
tasvirlasak, u oq fonda qoramtir, chuqur bo’lib, 
uni o’rab turgan oq esa yanada oqroq bo’lib 
ko’rinadi. Qorada esa ko’k rang yorug’lanib, 
yorqin, chuqur va nurlangan ton hosil qiladi. 
Agar kulrang kvadrat muz rangli (ko’kish rang) va zarg’aldoq – qizil fonlarda 
tasvirlansa, u holda muz rangli ko’kish fonda u qizg’ish bo’lib, zarg’aldoq, qizil 
fonda ko’kish bo’lib ko’rinadi. Bu kompozitsiyalarni bir vaqtda kuzatilsa ularning 
farqi juda yaqqol ko’zga tashlanadi, undan rang va taassurot (uning ta’siri) bir – 
biriga to’g’ri kelmasa, rang uyg’unsiz, turg’unsiz, harakatchan, noreal va bir lahzali 
taassurot beradi. Shakl bilan rangni moddiy belgilarini virtual (mumkinlik) harakatga 
aylanishi, rassomga so’z bilan ifoda etib bo’lmaydigan imkoniyatlarni beradi. 
Keltirilgan misollar SIMUL’TANLIKNI yuzaga kelishi deb qaralishi ham mumkin. 
Simul’tanlikka aylanish imkoniyatlari rang kompozitsiyasi ustida ishlayotganimizda 


10 
bizni rangni ta’sirichanligiga baho berishdan boshlashimizga, so’ngra esa shu holatga 
qarab rang dog’larini xarakteri va o’lchamlari haqida o’ylashimizga majbur qiladi. 
Agar asar mavzusi dastlabki emotsional (his – tuyg’uli) turtkidan ketayotgan 
bo’lsa, u holda butun shakl (forma)ni shakllashtirish jarayoni ana shu birinchi va 
asosiy sezgiga bo’ysunishi lozim. Agar kompozitsiyada ifoda vositasi rang asosiy 
bo’lsa, unda kompozitsiya rang dog’larini tashkillashtirishdan boshlanishi lozim. 
Chunki ular kompozitsiya tuzilishining asosini belgilaydi. Kompozitsiyani chiziqlar 
orqali boshlab, so’ngra uning oraliqlarini rang bilan to’ldirish bilan boshlagan shaxs 
hech qachon kuchli va ishonarli rang yechimiga erisha olmaydi. Rang o’z massasiga 
ega, hamda o’zidan kuchli nur taratish imkoniyatiga ega bo’lib chiziqlarga nisbatan 
yuzada o’zgacha qiymat kasb etadi. 

Download 3.32 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish