• RANGLAR UYG’UNLIGI Reja: 1.
  • Toshkent arxitektura qurilish instituti




    Download 3.32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/73
    Sana30.06.2022
    Hajmi3.32 Mb.
    #24596
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73
    Bog'liq
    fayl 1550 20210823
    kurs ishi, Mavzu. Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning ekologik – iqti, 2-SINF-Tasviriy-sanat, Dizayn - Vikipediya, SINOV TEST ANIQ 2 , perforatciya, 46, Хорижий инвес, 466, 1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M, cisco packet tracer dasturida lan va vlan tarmoqlarini loyixalash, tishlikov abdlaziz, Avezbayev S, Volkov S.N. Yer tuzishni loyihalash (1), word
    Nazorat uchun savollar: 
    1. Ranglarning fizik tabiati nimalardan iborat? 
    2. Rang qonuniyatlari haqidagi bilimlar qanday foyda keltirishi mumkin? 
    3. Simul’tanlik tushunchasi nima? 
    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1. Iohannes Itten Kunst der Farbe: Studiena usgabe 2013g. 
    2. 2.Osval'dV. “Цветоведение”. ИздательствоПромиздат2006g. 
     
    RANGLAR UYG’UNLIGI 
    Reja: 
    1. Ranglar uyg’unligi 
    2. Komplimentar ranglar 
    3. Ranglarning uyg’unlik tamoyili 
    4. Rang – tonal uchburchaklari 
    Tayanch iboralar:uyg’unlik
    va nouyg’unliklar, komplimentar ranglar, 
    to’ldiruvchi ranglar, nurning sinishi, simul’tanlik 


    11 
    Odamlar ranglarning uyg’unligi haqida gapirganida ularni ikki yoki undan 
    ortiq olgan rang taassurotlaridan baholaydilar. Rangtasvir va afzal ranglar haqidagi 
    sub’ektiv xulosalar, odamlardagi uyg’un va nouyg’un (disgarmoniya) 
    tushunchalarining bir xil emasliklaridan dalolat beradi. Oddiy tilda “garmoniya” deb 
    ataladigan rang birikmalari, ko’pchilik uchun bir biriga yaqin tuslar yoki bir xil 
    nurlanish kuchiga ega turli ranglardan tashkil topgan bo’ladi. Bunday birikmalar 
    asosan kuchli kontrastlilikda bo’lmaydi. Qoidaga ko’ra garmoniya va dissonansga 
    (hamohang bo’lmagan) baho berish yoqimli yoki yoqimsiz sezgilaridan kelib 
    chiqilgan bo’ladi. Bunday fikrlar shaxsiy xulosalarga tayangan bo’lib, ob’yektiv 
    xarakterga ega emasdir. 
    Rang garmoniyasi tushunchasi sub’yektiv sezgi doirasidan chiqarilib
    ob’yektiv qonuniyatlar doirasiga kiritilishi lozim. Garmoniya – bu muvozanat, 
    kuchlar simmetriyasidir. Rang ko’rishning fiziologik tomonlarini o’rganish bizni 
    aynan shu muammoni yechimiga yaqinlashtiradi. Agar, biz yashil kvadratga bir 
    muncha tikilib turib so’ngra ko’zimizni yumsak unda ko’z oldimizda qizil kvadrat 
    paydo bo’ladi. Aksincha, qizil kvadratni shu tarzda kuzatilsa yashil kvadrat yuzaga 
    keladi. 
    Bunday tajribani barcha ranglar bilan o’tkazish mumkin. Ular, ko’z oldimizda 
    yuzaga keladigan rang timsollarini to’ldiruvchi ranglarni real ko’rish orqali yuzaga 
    kelishini tasdiqlaydi. Ko’z ranglar yaxlitligini (komplektligini) yaratadi, yoki 
    boshqacha qilib aytganda komplementar ranglarni ko’rishni istaydi. Bu esa 
    muvozanatga tabiiy erishish deganidir. 
    Bunday ko’rinishni ketma – ket kontrastlar deyish mumkin. Boshqa tajribamiz 
    shundan iboratki, biz rangli kvadratga kichikroq o’lchamdagi, yorqinligi bir – biriga 
    teng, kulrang kvadratni joylashtiramiz. Sariq fonda bu kulrang kvadrat och – 
    binafsha bo’lib, zarg’aldoqda – ko’kish – kulrang, qizilda – yashil tusli kulrang, 
    yashilda – qizg’ish kulrang, ko’kda – zarg’aldoqsimon kulrang va binafshada – 
    sarg’ish kulrang bo’lib tuyuladi. Ya’ni har bir rang kulrangni boshqacha tuslanishga 
    va unga o’z tuslarini singishiga majbur etadi (31-36 rasmlar). Ketma – ket va 
    simul’tanli kontrastlar shuni ko’rsatadiki, ko’z faqat to’ldiruvchi ranglar haqidagi 


    12 
    qonuniyatlarga asoslangan holdagina qoniqish va muvozanat holatlariga ega bo’ladi. 
    Biz buni yana boshqa taraflama qarab chiqamiz. Fizik Rumford 1797 yilda birinchi 
    marta Nikol’son – jurnalda ranglar haqidagi o’z gipotezasini birinchi marta nashr 
    etdirib ular aralashmasi oqqa aylangan holdagina uyg’unlashgan (garmoniyali) 
    hisoblanishini ta’kidladi. U fizik sifatida spektral ranglarni o’rganish tajribasidan 
    kelib chiqdi. Ranglar fizikasiga bag’ishlangan qismida endi, agar ranglar spektridan 
    biror rangni, masalan qizilni chiqarib tashlansa, qolgan – sariq, zarg’aldoq, binafsha, 
    ko’k va yashil ranglarni linza orqali qo’shilsa u holda qoldiq ranglar aralashmasi 
    yashil rangini beradi, ya’ni biz chiqarilgan rangni to’ldiruvchisini olishimiz haqida 
    isbotli tushuntirib bergan edi. 
    Rang o’zini to’ldiruvchisi bilan fizikaviy jihatdan aralashtirilsa (ya’ni rangli 
    nurlarni), unda barcha ranglar yig’indisini, ya’ni oq rangni beradi, biroq bunday 
    holda barcha pigmentlar aralashmasi esa kulrang – qora tonini beradi. 
    Fiziolog Eval’d Gering quyidagicha: “O’rtacha yoki neytral tusdagi kulrang 
    optika asosiga (substantsiyasi) ko’ra rangni qabul qilinishga sarflangan kuch – 
    dissimilyatsiya va ularni tiklash – muvozanatlashtirilish – assimilyatsiya kabi 
    qoidalariga qiyoslanadi. Demak, o’rtacha tusli kulrang ko’zlarda muvozanat hosil 
    qiladi” deb mulohaza qiladi. Gering ko’z va miya uchun har doim o’rta tusli kulrang 
    talab qilishini, agarda u yetishmasa ko’z va miyada bezovtalik sodir bo’la 
    boshlashini isbotlab berdi. 
    Har qanday rang uch xususiyatga ega: rang tusi, shaffofligi va tozaligi 
    (to’yimliligi). Misol uchun, yashil rang quyidagicha tuslanishi mumkin: sariq yoki 
    ko’k rangga yaqinlashishi, ochroq yoki to’qroq, yorqin yoki bo’g’iq bo’lishi mumkin. 
    Ammo tabiatda jismlarni turli holatlardagi shakli yoki o’ziga xos rang xususiyatlari 
    bo’lishi ham mumkin. Quyidagilar rang jihatidan farqlanadilar: nomsiz spektr 
    ranglari, qizish oqibatida yuzaga kelgan ranglar, metall ranglari, jismlar ranglari, 
    atrofimizdagi barcha narsalar o’z xususiy rangiga ega bo’lib, cheksiz tuslanish va 
    och to’q bo’lishi, ko’pincha aniq nomsiz tusga ega bo’lishi mumkin (misol uchun yer, 
    har xil toshlar, ba’zi o’simliklarning ranglari). 

    Download 3.32 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73




    Download 3.32 Mb.
    Pdf ko'rish