Toshkent axborot texnologiy




Download 75.59 Kb.
bet3/9
Sana27.10.2022
Hajmi75.59 Kb.
#28315
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Akbarova Dilfuza
63376 web sahifa yaratish texnologiyalarii, Aksiyalar va ularning qo\'llanilish xususiyati, microsoft-access-dasturi-bilan-ishlash, 17-may 22, Endokrin tizimning inson organizmi va xulq atvorining ahmiyati, Bayonnoma N3, Magistratura qabul parametrlari, 1-dateline, Informatika-togarak, Onlayn olimpiada va ko, To\'garak reja informatika, 6 ta Vazifaaaaa, Aminov Z 1 23, Aminov Z 2 23
1-savolga javob (bu yerda birinchi savolingizni javobini yozasiz)
Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushuncha va ta’riflari.

Xavf -hayot faoliyati xavfsizligining markaziy tushunchasi bo'lib, u hodisa, jarayon va obyektlarning inson sog'lig'iga to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita ma'lum sharoitda qay darajada zarar yetkazish qobiliyati tushuniladi, ya'ni ko'ngilsiz oqibatlarga olib keladi.


Tahlilning maqsadiga ko'ra xavfni xarakterlovchi belgilarning sonini ko'payishi yoki kamayishi mumkin. HFX dagi xavfga berilgan yuqoridagi ta'rif mavjud bo'lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari) o'ziga tortuvchi hamda faoliyatning hamma turlarini hisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir.
Xavf energiyaga ega bo'lgan kimyoviy yoki biologik aktiv komponentlarni o'zida joylashtirgan hamma tizimlarni hamda inson hayot faoliyati sharoitiga javob bermaydigan tavsiflarni o'zida saqlaydi.
Taksonomiya - bu murakkab hodisalar, tushunchalar, obyektlarni sinflashtirish va tizimlashtirish haqidagi fandir. Taksonomiya so'zi xavflarni qonun bo'yicha joylashtirish degan ma'noni beradi. Xavf ko'p belgilarga ega bo’lgan murakkab ierarhik tushunchadir, Faoliyat xavfsizligi sohasida ilmiy bilimlarni tashkil qilishda xavflarni taksonomiyalash muhim rol o'ynaydi va ularning tabiatini chuqur bilishga undaydi.
Hozircha xavflarning yetarlicha to'liq, mukammal taksonomiyasi yaratilmagan. Bu o'qituvchi va olimlar oldida kelgusida juda katta ilmiy izlanishlar olib borishini ko'rsatadi.

Nomenklatura - ma'lum belgilariga ko'ra tizimlashtirilgan xavfli nom va so'zlar ro'yxatidir. Hozirgi kunda xavflarning nomenklaturasini umumiy holda alfavit tartibida quyidagicha keltiramiz: Ajal, alanga, alkogol, buzilish, vakuum, vulkan, vahima, gaz, gerbitsid, dahshat, dard, dinamik zo'riqish, yemirilish, yomg'ir, yong'in, zahar, zilzila, ifloslanish. ichkilik kasalligi, kamchilik, kuyish, lat yemoq, loyqalanish, lazer nurlari, magni maydoni, femomaqaldiroq, meteoritlar, mikroorganizmlar, namlanish, puPsatsiya, pasayish, radiatsiya, rezonans, sog'aymoq, saqlanish, sirpanish, tebranish, tok urishi, toymoq, uzilish, urmoq, ultratovush, hujum, xavf, .charchash, shamol, shovqin, elektr toki, elektr maydoni, yaxmalak hamda yadro.


Aniq ilmiy izlanishlar olib borilganda, har bir alohida obyektlar uchun (ishlab chiqarish, sexlar, ish joylari, jarayonlar, kasblar va hokazo) xavflar nomenklaturasi tuziladi.
Kvantifikatsiya - murakkab tushunchalarning sifatini aniqlashda sonli tavsiflarni joriy qilishdir. Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli va boshqa usullari qo'llaniladi. Xavflarni baholashning eng keng tarqalgan usuli- tavakkaldir.

Identifikatsiya- deganda hayot faoliyatini ta'minlashga yo'naltirilgan oldini olish va tezkor tadbirlarni yaratishga zarur va yetarli bo’lgan sonli, vaqtinchalik, fazoviy va boshqa tavsiflarni topish va aniqlash jarayonini tushunamiz.


Xavf ko'ngilsiz voqeaga har xil sabablar bilan aylanishi mumkin.
Baxtsiz hodisalarning oldini olish asosida sababini qidirish yotadi.
Bir necha misollar keltiramiz: - Zahar (xavf) - xato (sabab) - zaharlanish (ko'ngilsiz oqibat). Elektr toki (xavf) - qisqa tutashuv (sabab) - kuyish (ko'ngilsiz oqibat). -Ichkilik (xavf) - ko'p ichish (sabab) -o'lim (ko'ngilsiz oqibat). Xavflar quyidagicha sinflanadi:
Kelib chiqish tabiatiga ko’ra xavflar: tabiiy, texnikaviy, antropogen (inson bilan bog’liq), ekologik va boshqalarga bo'linadi.
Maxsus standartlar bo'yicha: fizikaviy, kimyoviy, biologik va psixofiziologik.
Salbiy oqibatlarning vaqt bo'yicha kelib chiqishiga ko'ra xavflar impulsli va kumulyativ (inson organizmida yig'iluvchi) bo'ladi.
Olib keluvchi oqibatiga ko'ra: toliqish, kasallanish, jarohatlanish, halokat, yong'in va o'lim xavflari.
Keltiruvchi zarariga ko'ra: ijtimoiy, texnik, ekologik.
Yakkalashi bo'yicha: litosfera, gidrosfera, atmosfera va kosmos bilan bog’liq bo’lgan xavflar
Kelib chiqish sohasiga ko'ra: turmushda, sportda, yo'l transportida, ishlab chiqarishda, yuzaga keladigan xavflarga bo’linadi.
Tuzilishiga ko’ra xavflar oddiy va xosil qilingan (oddiylarning ta'sirida xosil qilingan) bo’ladi.
Insonga ta'sir qilish xarakteriga qarab faol (aktiv) va sust (passiv) xavflar bo’ladi.
Energiya hisobiga faollashadigan xavflar sust xavflarga kiradi, bularni insonning o'zi vujudga keltiradi. Bular: o'tkir (sanchiluvchi va kesuvchi) qo'zg'almas jismlar, insonlar yuradigan yuzalarning notekisligi, qiyaliklar, balandliklar, bir-biriga tegayotgan, tekisliklar orasidagi ishqalanish va boshqalar
Xavflarning baxtsiz hodisa yuz berishidan oldingi (aprior) va u yuz bergandan keyingi (aposterior) belgilari mavjuddir.
Har qanday faoliyatning xavfliligini tasdiqlashga insoniyat tajribasi asos boladi.Faoliyatning birorta turi yo'qki, u abadiy xavfsiz amalga oshsa. CTZ navbatida quyidagi xulosani ifodalashimiz mumkin: har qanday faoliyat potensial xavflidir. Bu tasdiqlanish aksiomatik xarakterga egadir

Download 75.59 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 75.59 Kb.