|
Toshkent Axborot Texnologiyalar Universteti Nukus Filali Kompyuter injinering: at-servis 2-kurs talabasi Isaev Rasbergenning Kiberxavfsizlik asoslari fanidan mustaqil ishi. Mavzu
|
bet | 3/7 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 474,08 Kb. | | #133281 |
Bog'liq Kiberxavfsizlik Isaev RKodlashtirish uchun tez – tez ishlatiladigan iboralar to‘plamini o‘z ichiga oluvchi kitob yoki jadvallardan foydalaniladi. Bu iboralardan har biriga, ko‘p hollarda, raqamlar to‘plami bilan beriladigan ixtiyoriy tanlangan kodli so‘z to‘g‘ri keladi. Axborotni kodlash uchun xuddi shunday kitob yoki jadval talab qilinadi. Kodlashtiruvchi kitob yoki jadval ixtiyoriy kriptografik o‘zgartirishga misol bo‘ladi. Kodlashtirishning axborot texnologiyasiga mos – talablar - qatorli ma’lumotlarni sonli ma’lumotlarga aylantirish va aksincha o‘zgartirishlarni bajara bilish. Kodlashtirish kitobini tezkor hamda tashqi xotira qurilmalarida amalga oishirish mumkin, lekin bunday tez va ishonchli kriptografik tizimni muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi. Agar bu kitobdan biror marta ruxsatsiz foydalanilsa, kodlarning yangi kitobini yaratish va uni hamma foydalanuvchilarga tarqatish zaruriyati paydo bo‘ladi.
Kriptografik o‘zgartirishning ikkinchi turi shifrlash o‘z ichiga – boshlang‘ich matn belgilarini anglab olish mumkin bo‘lmagan shaklga o‘zgartirish algoritmlarini qamrab oladi. O‘zgartirishlarning bu turi axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalariga mos keladi.Bu erda algoritmni himoyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Kriptografik kalitni qo‘llab, shifrlash algoritmining o‘zida himoyalashga bo‘lgan talablarni kamaytirish mumkin. Endi himoyalash ob’ekti sifatida faqat kalit xizmat qiladi. Agar kalitdan nusxa olingan bo‘lsa, uni almashtirish mumkin va bu kodlashtiruvchi kitob yoki jadvalni almashtirishdan engildir. SHuning uchun ham kodlashtirish emas, balki shifrlash axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalarida keng qo‘lamda qo‘llanilmoqda.
Kriptologiya biror chekli sondagi alifbo belgilarining ketmaketligi orqali ifodalangan ma’lumotni va uning o‘zgarishlari (akslantirishlari) bilan bog‘liq jarayonlarni tadqiq qiladi. Kriptografik tizimlar matematikaning: to‘plamlar va funksiyalar nazariyasi, algebra, diskret matematika, sonlar nazariyasi, ehtimollar nazariyasi, haqiqiy va kompleks o‘zgaruvchi funksiyalar nazariyasi, murakkablik nazariyasi, axborotlar nazariyasi va shu kabi bo‘limlarga tegishli Ma’lumot Kriptotizim Shifrmatn Kalit Shifrmatn Kriptotizim Ma’lumot Kalit 8 bo‘lgan matematik modellar asosida yaratiladi va tadqiq etiladi. Alohida olingan kriptografik modellarning matematik asoslari bilan chuqurroq tanishishni istaganlar kriptografiyaga oid adabiyotlar ro‘yxatida keltirilgan manbalardan foydalanishlari mumkin. Matematik model boshlang‘ich kuzatuv, fikr va mulohazalar asosida o‘tkazilgan tajribalar natijalarini solishtirish hamda tadqiq qilinayotgan obyekt xususiyatlarini belgilovchi parametrlarning bog‘liqligi qonuniyatlarini ifodalovchi tenglik, tengsizlik va tegishlilik munosabatlari bilan aniqlanadi. Ilmiy tadqiq qilinayotgan obyektlar matematik modellarining moslik darajasi - adekvatligi ular bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni qanchalik to‘liq va aniq ifodalanishi bilan belgilanadi. Kriptografik algoritmlar asosini tashkil etuvchi akslantirishlarning modellari asosan xususiyatlari va xossalari jihatidan bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ko‘p o‘zgaruvchili diskret funksiyalarning chekli sondagi ketma-ketligidan iborat majmuani tashkil etadi. Bu funksiyalar parametrlari ochiq ma’lumot, kalit va akslantirishlar oraliq natijalari bloklarini o‘z ichiga oladi. Ochiq ma’lumotlar alifbo deb ataluvchi chekli sondagi belgilar to‘plami elementlarining ma’no beruvchi tartibli ketma-ketligidan iborat [11-13]. Ochiq ma’lumotni tashkil etuvchi alifbo belgilari yoki belgilar birikmalarini akslantirishlar natijasida hosil qilingan shifrmatn ham o‘z navbatida biror chekli sondagi belgilar to‘plamidan iborat bo‘lib, bu belgilar to‘plami shifrmatn alifbosini tashkil etadi. Shifrlash jarayonida bajariladigan akslantirishlar ochiq ma’lumot alifbosi belgilari to‘plami elementlarini shifrmatn alifbosi belgilari to‘plami elementlariga biror amal bajarish orqali almashtiriladi, ya’ni to‘plamlar va ularning elementlari ustida amallar bajariladi. Shuning uchun ham berilgan to‘plamda aniqlangan amal va to‘plamning bu amal bilan bog‘liq xossalarini o‘rganish matematikaning asoslarini tashkil etgani kabi kriptologiya fanining matematik asoslariga ham poydevor bo‘lishiga shubha yo‘q. To‘plam elementlari ustida biror amal aniqlash bilan bu to‘plamda shu amal bilan bog‘liq tizim yoki tuzilma aniqlanadi. To‘plamda aniqlangan amallar soni va ularning xossalariga ko‘ra to‘plam elementlari gruppa, halqa, maydon va shu kabi algebraik tizim (tuzilma, struktura)lar deb ataluvchi tizimlarni tashkil etadi. Bu algebraik tizimlar bugungi kunda matematikaning turli bo‘limlarida atroflicha o‘rganilgan bo‘lib, bu o‘rganishlarning 9 ilmiy natijalari kriptologiya masalalari tadqiqini, yechish usullarini va tadbiqini ilmiy asoslash vositasining matematik modellari negizini tashkil etadi. Kriptografik algoritmlar akslantirishlarining matematik modellari asoslarini chuqur va keng ilmiy o‘rganish mavjud algoritmlarni tahlil qilish va maqsadli takomillashtirishni, kriptobardoshli va amaliy qo‘llanishi samarali bo‘lgan yangi algoritmlar yaratish kabi imkoniyatlarni vujudga keltiradi.
Muhim axborotni muayyan adresatga, boshqalarga bildirmasdan, uzatish masalasini uchta usul yordamida hal etish mumkin:
adresatlar orasida axborotni uzatishning mutlaqo ishonchli yashirin kanalini yaratish evaziga. Ammo, buni real sharoitlarda amalga oshirish murakkab;
uzatish kanalini yoki trafikni niqoblash orqali uzatish faktining o‘zini berkitish evaziga;
axborotni shunday o‘zgartirish lozimki, uni faqat qonuniy qabul qiluvchi tiklay olishi mumkinligi evaziga.
Aynan uchinchi variant kriptografiyani o‘rganish predmetini tashkil etadi. Hozirda kriptografiya doirasida yechiladigan masalalarga quyidagilar taalluqli:
axborotning konfidensialligini ta’minlash;
axborotning yaxlitligini ta’minlash;
autentifikatsiya usullarini amalga oshirish;
harakatni rad qila olmaslikni ta’minlash.
Konfidensiallik xususiyati simmetrik va ochiq kalitli (asimmetrik) kriptotizimlar evaziga ta’minlanadi. Yaxlitlik xususiyati kriptografik xesh funksiyalar va raqamli imzolardan foydalanib amalga oshiriladi. Autentifikatsiya qismtizimi turli kriptografik primitivlar (cryptographic primitives) asosida amalga oshirilishi mumkin. Harakatni rad qilaolmaslik xususiyati xabar oluvchining, xabar jo‘natuvchisining oldin jo‘natgan xabar muallifligidan tonishiga urinishidan, himoyalanishini tavsiflaydi. Ushbu xususiyat faqat ochiq kalitli kriptografiya vositalari yordamida ta’minlanadi.
Kriptografiyaning yuqorida qayd etilgan masalalari qator kriptografik primitivlardan foydalanib amalga oshiriladi:
simmetrik kriptotizimlar;
ochiq kalitli kriptotizimlar;
kriptografik xesh funksiyalar;
raqamli imzolar;
raqamli sertifikatlar.
Quyida keyingi bayonlarda ishlatiluvchi asosiy atamalarga oydinlik kiritiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Toshkent Axborot Texnologiyalar Universteti Nukus Filali Kompyuter injinering: at-servis 2-kurs talabasi Isaev Rasbergenning Kiberxavfsizlik asoslari fanidan mustaqil ishi. Mavzu
|