• SQL tili haqida tushuncha
  • Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti 512-21 guruh talabasi Normuratov Abbosbekning Ma’lumotlar bazasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi




    Download 42.12 Kb.
    bet1/5
    Sana05.12.2022
    Hajmi42.12 Kb.
    #33277
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    MB
    1-2 ГУРУХ ЖДУРАЕВ МАДАМИНЖОН, 1-2 Hamdamova Nargiza AKT, forms of verbs, swd 023, 1.-.., Powershell, Arab xalifaligi, Фалсафа ЖН 3-топшириқ (ЖБ), AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVLATCHILIGIDA SOLIQ MUNOSABATLARI, budjet ijrosi, SAparbaev A 5, 2-amaliykompyuter t, Introduction-to-Sound-and-Phonemes, Maxmud Qoshg’ariyning pedagogik qarashlari Reja (1)

    Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti
    512-21 guruh talabasi Normuratov Abbosbekning
    Ma’lumotlar bazasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

    SQLtili yordamida ma‘lumotlarni tavsiflash


    Reja:

    1. SQL tili haqida tushuncha

    2. SQL tilida ma‘lumotlar turlari

    3. Jadvallar yaratish va ularga cheklovlar kiritish

    4. Maydon qiymatlarini tekshirish (CHECK cheklovi)

    5. Oddiy SELECT so‘rovlar va mantiqiy operatorlar

    6. SQL turlari va strukturasi

    SQL tili haqida tushuncha
    SQL (Structured Query Language) strukturalashgan so‘rov tili ma’nosini bildirib, u relyatsion ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash imkonini yaratib beradigan tildir.
    Ma’lumki, relyatsion modelning tarixi (va bilvosita SQL tarixi ham) 1970 yil Ye,F.Koddni (bu paytda u IBM korporatsiyasining San Xosedagi tadqiqot markazida ishlagan) maqolasi chiqqan davrdan boshlanadi. 1974 yil shu laboratoriyada ishlovchi D. Chemberlen "Structured English Query Language" yoki SEQUEL deb nomlangan tilni e’lon qiladi. 1976 yil bu tilning qayta ishlangan SEQUEL/2 versiyasi yaratildi va u rasmiy ravishda SQL deb atalgan. Xozirgi kunda SQL qisqartmasini ba’zilar "sikvel" deb talffuz etadi. Biroq rasmiy ravishda u "es-kyu-el" deb o‘qilishi kerak.
    SQL tili relyatsion algebra paydo bo‘lgandan keyin paydo bo‘ldi va uning birinchi prototipi IBM Research kompaniyasi tomonidan 70 yillar oxirida yaratilgan. Bu til birinchi IBM System R nomli MBBT tarkibiga kiritilgan. Keyinchalik bu til ko‘pgina tijorat MBBT tarkibida qo‘llanilgan va keng tarqalganligi sababli vaqt o‘tishi bilan relyatsion MBBT larda ma‘lumotlar ustida amallar bajaruvchi tillarning norasmiy standarti bo‘lib qoldi. SQL tilining birinchi ramiy standarti 1989 yil qabul qilingan. Ko‘pgina MBBT lar ushbu standartni qo‘llab – quvvatlaydi. Biroq ma‘lumotlar bazasi bilan bog‘liq axborot texnologiyalarining rivojlanishi va ba’zi talablarning paydo bo‘lishi birinchi SQL standartini qayta ishlash va kengaytirishni taqoza etdi.
    1992 yil oxirida SQL tilining yangi xalqaro standarti (SQL/92 yoki SQL2) qabul qilindi unda ham ba’zi kamchiliklar aniqlangan, biroq shunga qaramasdan SQL/89 ga nisbatan aniq va to‘liqroq xisoblanadi. Xozirgi paytda ko‘pgina MBBT ishlab chiqaruvchilar o‘z maxsulotlarini SQL2 standartini qanoatlantiradigan qilib o‘zgartirdilar.
    1999 yil SQL3 deb atalgan yangi standart paydo bo‘ldi. Agar SQL1 va SQL2 standartlari biri –biridan miqdor jixati bilan farq qilgan bo‘lsa, SQL3 standarti sifat jixatlari bilan farqlanadi. SQL3 ga murakkab strukturaga ega ma‘lumotlar tipini ishlatish imkonini beradigan yangi ma‘lumotlar tipi kiritilgan. Bu tipni ob’ektga mo‘ljallanganlik darajasi yuqori xisoblanadi. SQL tilini tula qonli an’anaviy dasturlash tillari tarkibiga kiritib bo‘lmaydi. Chunki unda dastur bajarilishini boshqaruvchi va boshqa ko‘pgina an’anaviy operattorlar yo‘q. Unda faqat ma‘lumotlar bazasida saqlanayotgan ma‘lumotilarga murojaat qiluvchi operatorlar mavjud.
    SQL tili foydalanuvchi relyatsion ma‘lumotlar bazasi bilan muloqat qilishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagi 3 ta qismdan iborat:
    • DDL (Data Definition Language) – ma‘lumotlarni aniqlash tili. Ma‘lumotlar bazasini (jadvallarini, indekslarini va x.k.) yaratish va uning sxemasini taxrirlash uchun mo‘ljallangan..
    • DCL (Data Control Language) – ma‘lumotlarni boshqarish tili. Foydalanuvchilarning ma‘lumotlar bazasi ob’ektlariga murojatini chegaralash operatorlaridan iborat.
    • DML (Data Manipulation Language) – ma‘lumotlarni qayta ishlash tili. Ma‘lumotlar bazasi jadvallariga o‘zgartirishlar kiritish uchun mo‘ljallangan.
    Ma‘lumotlar bazasi bilan ishlovchi ixtiyoriy til foydalanuvchiga quyidagi imkoniyatlarni yaratishi lozim:
    • strukturasini to‘la tavsiflagan xolda ma‘lumotlar bazasini va jadvallarini yaratish;
    • ma‘lumotlar ustida manipulyatsiya amallarini bajarish, masalan, jadvallardan ma‘lumotlarni kiritish, taxrirlash, va o‘chirish;
    • oddiy va murakkab so‘rovlarni bajarish.
    Bundan tashqari, ma‘lumotlar bazasi bilan ishlovchi til yuqoridagi amallarni bajarish uchun foydalanuvchilardan kam urinishlarini talab qilishi, hamda komandalarining sintaksisi va tuzilishi o‘zganish uchun ososn va tushunarli bo‘lishi kerak. Nixoyat bu til universal bo‘lishi kerak. Bu bir MBBT dan boshqasiga o‘tganda komandalarni bir xil strukturasi va sintaksisidan foydalanishni ta’xminlaydi. SQL tili bu talablarni barchasini qanoatlantiradi.

    Download 42.12 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 42.12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti 512-21 guruh talabasi Normuratov Abbosbekning Ma’lumotlar bazasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

    Download 42.12 Kb.