II. AMALIY QISM
Virtual mashinangiz protsessorlarini sozlash Kompyuterimizning protsessorini
mantiqiy yadrolarini aniqlashning bir necha usullari mavjud bo‘lib, biz ushbu
usullardan amaliyotda ikkitasini amalga oshirib Intel Core i7 protsessorining yadrolar
va mantiqiy yadrolar sonini ko‘ramiz va ushbu protsessorning yadrolari haqida
ma’lumotlarga ega bo‘lamiz: 1-qadam: Control Panel (Boshqaruv panelini) ochamiz va
Programs unistall (dasturlar) bo‘limiga kiramiz. (1-rasm).
1-rasm Boshqaruv (control) paneli
2-qadam: Programs and Features (dasturlar va xususiyatlar) bo‘limiga kiramiz
va hosil bo‘lgan oynaning chap tomonida joylashgan Turn Windows features on or off
(windows xususiyatlarini yoqish yoki o‘chirish) bo‘limiga kiramiz (2-rasm).
2-rasm. Programs and Features (dasturlar va xususiyatlar).
3-qadam: Hosil bo‘lgan oynada Hyper-V bo‘limini topamiz (3.3a-rasm) va
Hyper-V menejerini o‘rnatish uchun Hyper-V boshqaruv panelida yoqish belgisini
qo‘yamiz (3.3b-rasm) va on’ng tomonda joylashgan “OK” tugmasini bosamiz va
qurilmamizni qayta ishga tushiramiz (3.4-rasm).
a) rasm
b) rasm
a) Hyper-V bo‘limi, b) Hyper-V menejerini yoqish.
5-rasm. Hyper-V qurilmamizga yoqish sozlamarini yakunlash
4-qadam: Yuqorida ko‘rsatilgan qadamlar orqali biz qurilmamizga Hyper-V
menegerini yoqib oldik. Endi ushbu dastur yordamida biz kompyuterimizga virtual
yadrolar yaratishni ko‘rib chiqamiz, buning uchun qidiruv (menu) bo‘limidan Hyper-V
menegeriga kirib olamiz (5-rasm).
6-rasm. Hyper-V dasturini ishga tushirish.
5-qadam: Ushbu qadamda biz Hyper-V managerida quyidagi ketma-ketlikda Virtual
Mashina (VM) yaratib olamiz (6-rasm).
7-rasm. Hyper-V menegeri yordamida Virtual Mashina (VM) yaratish.
6-qadam: Keyingi qadamda biz yaratilgan VM ni sozlamalar bo‘limiga tashrif
buyiramiz (3.6-rasm) va unga quyidagi rasmda keltirilgan ketma-ketliklar asosida
virtual yadro hosil qilib olamiz (7-rasm).
9-rasm. Hyper-V da yaratilgan Virtual Mashinani ishga tushirish
8-qadam: So‘ngi qadamda biz yaratgan Virtual Mashinamizni ishlash holatini va
versiyasini Shaxsiy Kompyuterning PowerShell oynasiga get-vm (9-
rasmda keltirilgan), hamda uning virtual yadroalrini GetVMProcessor (10-
rasmda keltirilgan) buyruqlarini yozish orqaliko‘rishimiz mumkin
|