• Qattiq disk diskovodi.
  • Kompakt disk diskovodi
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali




    Download 38.76 Kb.
    bet3/11
    Sana29.10.2022
    Hajmi38.76 Kb.
    #28540
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Kompyuterning asosiy qurilmalari. Tizimli plata
    8.Suv o`tlari haqida umumiy tushuncha, мустакил иш мавзулари 1 семестр МСН лотин, 08c06a21-cfda-49af-8cfd-d35d36636a23, operatsion mustaqil ish, ReadMe UzTransLit, Тавсиянома, 1-sinf Matematika kons, Tarmoq, 314 Buyruq ijrosi. Rishton tumani, 2-sinf-ona-tili, Электронный Маркетинг Тесты
    Tezkor xotira. Kompyuterning asosiy ishchi xotirasi bo’lib, ishlashi jarayonida kerakli bo’lgan barcha ma’lumotlarni (qiymatlarni, dasturiy vositalarni, buyruQlarni va h.k. ma’lumotlarni) qattiq diskdan ko’chirib olib, vaqtincha saqlovchi qurilmadir. Yoki, boshqacha qilib aytganda, foydalanuvchi bilan ishlovchi xotiralash Qurilmasi bo’lib, monitor ekranida aks etgan barcha ma’lumotlarni saqlab boradi. Bundan tashqari, prosessor tomonidan qurilmalarga uzatilayotgan barcha ma’lumotlar ham aynan shu xotira orqali o’tadi. Tezkor xotiralash modullaridan tashkil topgan.
    Tezkor xotiralash modullarining sig’imlari (256 Megobaytdan tortib to 2 Gigobaytgacha va undan yuqori), turlari hamda shu modullar o’rnatiladigan raz’yomlarining soni bilan farqlanadi. Energiyaga bog’liq qurilma bo’lgani uchun, kompyuter elektr tarmog’idan uzulgach, undagi ma’lumotlar o’chib ketadi.
    Qattiq disk diskovodi. Kompyuterdagi barcha ma’lumotlarni uzoq vaqt saqlashga xizmat qiluvchi xotiralash qurilmasidir. Yoki, boshqacha qilib aytganda, kompyuterning ma’lumotlarni saqlovchi o’ziga xos «omboridir». Kompyuter ishga tushirilgach, kompyuterning yoki foydalanuvchining buyrug’iga muvofiq kerakli ma’lumotlar hamda dasturiy vositalar aynan shu qurilmadan olinib, ishchi (tezkor) xotiraga joylashtiriladi. Energiyaga bog’liq bo’lmagan qurilma bo’lgani uchun, kompyuter elektr tarmog’idan uzilganda ham undagi ma’lumotlar o’chib ketmaydi.
    Bunday qurilmalar ham, o’zlarining turlari, xotiralash sig’imlari (100 Gigobaytdan 400 Gigobaytgacha va undan yuqori) hamda interfeyslari bilan farq qiladi.
    Kompakt disk diskovodi (CD-ROM). Ko’pincha, lazer (optik) disk diskovodlari deb ham ataladi. 5,25 dyuymlik (diagonali 133 millimetr bo’lgan) optik disklardagi ma’lumotlarni o’qib kompyuter xotirasiga kiritishga hamda kompyuterdagi ma’lumotlarni shunday disklarga yozishga (CD-RW yoki CD-ReWrite diskovodlari) xizmat qiluvchi qurilmalardir. Asosiy sifatiy ko’rsatkichlaridan biri – ularning tezkorligidir. Zamonaviy diskovodlarining tezkorligi, ularning standart tezkorligiga nisbatan ya’ni, soniyasiga 150 kilobayt tezlikda ma’lumotlarni o’qiy olish yoki yoza olish imkoniyatiga nisbatan hisoblanadi.
    Hozirda, tezkorligi 32x, 40x va 52x bo’lgan diskovodlar ishlab
    chiqilgan. Masalan, tezkorligi 52x (52 karrali) bo’lgan diskovodning unumdorligi soniyasiga 52 x 150 kilobayt  7,6 Megobaytni tashkil qiladi.

    Download 38.76 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 38.76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali

    Download 38.76 Kb.