• Ta’minlash bloki.
  • Tizimli platalar to’g’risida asosiy tushunchalar Nomlanishi
  • Asosiy turlari
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali




    Download 38.76 Kb.
    bet5/11
    Sana29.10.2022
    Hajmi38.76 Kb.
    #28540
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Kompyuterning asosiy qurilmalari. Tizimli plata
    8.Suv o`tlari haqida umumiy tushuncha, мустакил иш мавзулари 1 семестр МСН лотин
    «Sichqoncha» va monipulyatorlar. Shaxsiy hamda ko’chma kompyuterlarda foydalanuvchining buyruqlarini kiritishga xizmat qiluvchi qurilmalar bo’lib, oddiy, optik, infraqizil va radio
    «sichqoncha» larga (shaxsiy hamda ayrim ko’chma kompyuterlarda) hamda trekbol, trekpad hamda trekpoyt kabi monipulyatorlarga (ko’chma kompyuterlarda) bo’linadi.
    Ta’minlash bloki. Bu qurilma asosan, quyidagi vazifalarni bajarishga mo’ljallangan:

    • elektr tarmog’idagi 220 volt kuchlanishli o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokga aylantirish;

    • hosil qilingan o’zgarmas tokni maxsus o’tkazgichlar orqali kompyuterning elektron qurilmalariga kerakli kuchlanishda uzatish.

    Zamonaviy ta’minlash bloklari bulardan tashqari yana bir muhim vazifani ham bajaradi ya’ni, elektr tarmog’idagi kuchlanish keskin oshib ketganda yoki keskin kamayib ketganda avtomatik ravishda kompyuterni elektr quvvati bilan ta’minlashni to’xtatadi. Chunki, bunday holatlar kompyuterga va uning elektron qurilmalariga halokatli ravishda ta’sir ko’rsatadi.
    Tizimli platalar to’g’risida asosiy tushunchalar Nomlanishi: Tizimli plata, ona plata, asosiy plata, bosh plata,
    sistemnaya plata, osnovnaya plata, glavnaya plata, materinskaya plata, system board, mother board, main board.
    Vazifalari: Kompyuterning eng asosiy qurilmalaridan biri bo’lib, turli elektron qurilmalarni, mikrosxemalarni kompyuterga o’rnatishga, shu qurilmalarni maxsus aloqa kanallari orqali bitta tizim qilib bir-biri bilan bog’lashga hamda ularning bir-biri bilan moslikda faoliyat yuritishini nazorat qilib borishga xizmat qiluvchi moslamadir. Ya’ni, kompyuterning
    qurilmalari bir oilaning farzandlari bo’lsa, tizimli plata ularni tarbiyalab, hol- ahvolidan xabardor bo’lib turuvchi, hamjihatlikda yashashini nazorat qilib turuvchi onasidir. Shuning uchun ham bu qurilma «ona plata (materinskaya plata)» deb ham ataladi.
    Asosiy turlari: Zamonaviy tizimli platalar - o’zlarining fizik hamda texnik imkoniyatlari (parametrlari) hamda shu plata o’rnatilishi mumkin bo’lgan tizimli blok korpusining tipini bildiruvchi parametrlari - formfaktorlari (form factor) bilan bir-biridan farq qiladi. Tizimli platalarning formfaktorlari standart (ya’ni, o’zaro mos keluvchi) va standart bo’lmagan (ya’ni, faqat o’ziga xos) kabi turlarga bo’linadi.
    Hozirgi paytda quyidagi standart formfaktorli tizimli platalar keng tarqalgan:

    • Baby – AT (eskirgan turi, hozirgi paytda ishlab chiqilmayapdi);

    • To’liq o’lchamli AT (eskirgan turi, hozirgi paytda ishlab chiqilmayapdi);

    • LPX (eskirgan turi, hozirgi paytda ishlab chiqilmayapdi);

    • ATX (zamonaviy turi);

    • Micro – ATX (zamonaviy turi);

    • Flex – ATX (zamonaviy turi);

    • NLX (zamonaviy turi);

    • WTX (keyingi yillarda ishlab chiqilmayapdi);

    Standart bo’lmagan tizimli platalarga Compaq, Packard Bell, Hewlett – Packard kompaniyalarning mahsulotlari misol bo’la oladi.

    Download 38.76 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 38.76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali

    Download 38.76 Kb.