• BIOS moduli
  • Magistral shinalar.
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali




    Download 38.76 Kb.
    bet8/11
    Sana29.10.2022
    Hajmi38.76 Kb.
    #28540
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Kompyuterning asosiy qurilmalari. Tizimli plata
    8.Suv o`tlari haqida umumiy tushuncha, мустакил иш мавзулари 1 семестр МСН лотин, 08c06a21-cfda-49af-8cfd-d35d36636a23, operatsion mustaqil ish, ReadMe UzTransLit, Тавсиянома, 1-sinf Matematika kons, Tarmoq, 314 Buyruq ijrosi. Rishton tumani, 2-sinf-ona-tili, Электронный Маркетинг Тесты
    Super I/O mikrosxemasi. Tizimli platadagi uchinchi asosiy mikrosxema bo’lib, asosan, kirituvchi-chiqaruvchi qurilmalarning ishlashini doimiy ravishda nazorat qilib turadi.
    Quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan:

    • yumshoq, qattiq hamda kompakt disk diskovodlarining kontrollyorlari;

    • ketma-ket portlarning kontrollyorlari;

    • parallel portlarning kontrollyorlari;

    • klaviatura va «sichqoncha» portlari kontrollyorlari.

    • universal (USB) porti kontrollerlari.

    Bunday mikrosxemalarga Intel kompaniyasi tizimli platalariga o’rnatilgan SMS (Standart Microsystems Corp.) kompaniyasining LP47V102 mikrosxemalari misol bo’la oladi.
    BIOS moduli. BOIS moduli yoki boshqacha qilib aytganda doimiy xotira moduli har bir tizimli plata uchun o’ziga xos bo’lib, shu platadagi maxsus Socket ga o’rnatiladigan ikkinchi mikrosxemadir (birinchisi - prosessor).
    Bu modul to’g’risidagi batafsil ma’lumotlar «Doimiy xotiralar» bo’limida keltirilgan.
    Tezkor xotira modullarining razemlari (uyachalari). Bunday raz’yomlar Slot tipidagi razyomlar bњlib, 30, 72 va 168 kontaktli bo’lishi mumkin. Tizimli platada ularning soni to’rttadan oltitagacha bo’lib, SIMM, DIMM va RIMM, SRAM, DRAM, SDRAM, DDR tipidagi tezkor xotira modullarini o’rnatishga xizmat qiladi. Bunday xotira modullari to’g’risidagi batafsil ma’lumotlar
    «Tezkor xotiralar» bo’limida keltirilgan.
    Magistral shinalar. Har qanday tizimli plataning asosini kompyuterga o’rnatilgan elektron qurilmalarni bir-biri bilan bog’lovchi hamda ular o’rtasida o’zaro ma’lumot almashishga xizmat qiluvchi aloka kanallari – magistral shinalar (Bus) tashkil qiladi. Bitta shina orqali bir-nechta qurilmani bir-biri bilan ulash mumkin. Qurilmalarni tizimli platadagi shunday shinalargani ulash uchun asosan 32 va 64 razryadli (kontaktli) maxsus uyachalar – raz’yomlar xizmat qiladi.
    Bunday shinalar o’z vazifalarniga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:

    • FSB (Front Side Bus). Bosh shina yoki prosessor shinasi ham deb ataladi. Prosessor bilan tezkor xotirani bog’lovchi aloqa vositasi (tizimli

    plataning takt chastotasi yoki tezkorligi aynan shu shinaning takt chastotasi bilan o’lchanadi);

    • ISA (Industry Standart Architecture). Kompyuterga qo’shimcha qurilmalarni hamda platalarni ulashga xizmat qiluvchi aloqa vositasi;

    • VLB (VESA Local Bus). Videokartalarni kompyuterga ulash uchun maxsus ishlab chiqarilgan tezkor aloqa vositasi.

    • PCI (Peripheral Component Interconnect). Kompyuterga tezkor qurilmalarni (videokarta, audiokarta, skaner va h.k.) ulashga xizmat qiluvchi aloqa vositasi;

    • AGP (Acceleratet Graphics Port). Zamonaviy videokartalarni kompyuterga ulash uchun maxsus ishlab chiqarilgan tezkor aloqa vositasi. PSI ning takomillashtirilgan turi;

    • USB (Universal Serial Bus). Tezkor tashqi qurilmalarni kompyuter bilan bog’lovchi zamonaviy aloqa vositasi bo’lib, unga bir yo’la

    127 tagacha qurilmani ulash mumkin (tarmoqlab ulovchi vosita – konsentrator yordamida).
    Keyingi yillarda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy tizimli platalarda qattiq disklarni kompyuter bilan bog’lashga xizmat qiluvchi SCSI yoki UDMA, tashqi diskovodlarni kompyuter bilan bog’lashga xizmat qiluvchi ATA ATAPI kabi tezkor interfeyslarning uyachalari (razemlari) ham o’rnatilgan.
    Taymer. Taymer-joriy sanani (yil, oy, kun) va vaqtni (soat, daqiqa, soniya) avtomatik ravishda hisoblab, monitor ekranida aks ettirib boruvchi mikrosxemadir. Batareyka razemi. Bu raz’yomga kompyuterlar uchun maxsus ishlab chiqarilayotgan batareykalar (mini-akkumulyatorlar) o’rnatiladi. Bunday batareykalar–kompyuter elektr tarmog’idan uzilgan taqdirda ham uning ayrim elektron qurilmalarini (BIOS, CMOS, taymer) elektr energiyasi bilan uzluksiz ravishda ta’minlab turishga xizmat qiladi. Ularning elektron qo’l soatlaridagi kabi doiraviy hamda elektron devor soatlaridagidek silindrik shaklidagi turlari ishlab chiqilmoqda.
    Bunday batareykalar turlariga ko’ra uch yildan tortib to o’n yilgacha (Dual Real Time batareykalari) energiya bilan ta’minlab turishi mumkin.



    Download 38.76 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 38.76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali

    Download 38.76 Kb.