Tizimli platalarning ishlashidagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish usullari




Download 38.76 Kb.
bet9/11
Sana29.10.2022
Hajmi38.76 Kb.
#28540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kompyuterning asosiy qurilmalari. Tizimli plata
8.Suv o`tlari haqida umumiy tushuncha, мустакил иш мавзулари 1 семестр МСН лотин, 08c06a21-cfda-49af-8cfd-d35d36636a23, operatsion mustaqil ish, ReadMe UzTransLit, Тавсиянома, 1-sinf Matematika kons, Tarmoq, 314 Buyruq ijrosi. Rishton tumani, 2-sinf-ona-tili, Электронный Маркетинг Тесты

Tizimli platalarning ishlashidagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish usullari


Tizimli plata nuqsonsiz ishlashi uchun, dastlab quyidagi qoidalarga qat’iy amal qilish kerak:



  • eski modeldagi shina va interfeyslardan foydalanmaslik;

  • agar tizimli plataga yangi elektron qurilmalar (mikro- sxemalar yoki kartalar) o’rnatilayotgan bo’lsa, ularni quyidagi tartibda o’rnatilish, ya’ni:

  1. Videokarta

  2. Audiokarta;

  3. Ichki yoki tashqi modem;

  4. Kompyuter to’ri kartasi;

  5. Adapterlar;

  6. Boshqa qurilmalar.

  • yangi elektron qurilmalar (mikrosxemalar yoki kartalar) o’rnatilib bo’lingach, dastlab operasion tizimni «himoyalangan» holatda yuklab ko’rish (agar bunday holatda operasion tizim muammosiz yuklansa, o’rnatilgan qurilmalar tizimli plataga moslashib ketgan bo’ladi). Shunda keyin kompyuterni o’chirish va qaytadan odatdagi holatda operasion tizimni ishga tushirish.

Agar bu choralar foyda bermay, kompyuter nuqsonli ishlashda davom eta bersa, quyidagi usulni qo’llab ko’rish kerak.
Tizimli platadagi almashtirgichlarni (pereklyuchatellarni) turli holatlarga utkazib ko’rib, har bir holatda kompyuterni qaytadan ishga tushirib ko’rish (bu almashtirgichlar kompyuter qurilmalarining tizimli plata bilan aloqasini vaqtincha uzishga xizmat qiladi. Qaysi almashtirgichning qaysi qurilmaga atalgani tizimli plataning hujjatlarida ko’rsatilgan bo’ladi). Almashtirgichning qaysi holatida kompyuter ishlamay qolsa, aynan shu holatga mos keluvchi qurilma bilan tizimli plata keolisha olmayotgan bo’ladi. Bunday holda o’sha ziddiyatli qurilma almashtiriladi yoki ta’mirlanadi.
Agar bu chora ham foyda bermasa, quyidagi savollarga javob topishga harakat qilish kerak:

  • qaysi qurilma o’rnatilgan paytda kompyuter yaxshi ishlamay qoldi? Agar shu savolga javob topilsa, ayb aynan shu qurilmada bo’ladi. Bunday holda, shu qurilma boshqa mos keladiganiga almashtiriladi yoki u ta’mirlanadi;

  • qaysi ikkita qurilma birdaniga ishlamay qoldi? Bu holda ayb o’sha qurilmalarda bo’ladi. Ular bir-biri bilan kelisha olmayapdi. Demak, ularning bir-biriga mos keladiganini tanlash yoki ularni ta’mirlash kerak;

  • ziddiyatli qurilmani boshqa kompyuterga o’rnatganda yaxshi ishlab ketdimi? Agar boshqa kompyuterda benuqson ishlab kesa, ayb tizimli platada bo’ladi, ya’ni shu qurilmani plata bilan ulovchi shinaning (interfeysning) plataga kavsharlangan joyi bo`shab ketgan yoki shina uzilgan bo’ladi (ziddiyatli qurilmalarni qanday aniqlash usuli «Yangi

qurilmani qanday o’rnatish kerak?» bo’limida keltirilgan)
Agar yuqorida keltirilgan barcha choralar ham nuqsonni bartaraf eta olmasa, tizimli platani maxsus ustoxonaga olib borib ta’mirlatish kerak.



Download 38.76 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 38.76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tizimli platalarning ishlashidagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish usullari

Download 38.76 Kb.