|
Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq
|
bet | 41/43 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 2,17 Mb. | | #106190 |
Bog'liq lab (2)Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq
1.QPSK modulyator kirishiga raqamli signal berilgan ishlash tartibini tadqiq etish.
2.Modulyatorning xar bir funksional tugunlarida QPSK signalning shakllantirish jarayonini o‘rganib chiqish.
Uslubiy ko’rsatmalar
1. Dasturni EXM ga o‘rnating.
2. “Осциллограф” blokida №1 va№2 kanallarda signalni kuchaytirish muravatini 2В/дел. ga va signal yoyilmasini 0,2 мс/дел.ga o‘rnating.
3. O‘qituvchining topshirig‘i bilan «Источник сигналов» blokida 6 bitdan iborat raqamli xabarni shakllantiring. Ossillografni №1 kanalni modulyator sxemasining №1 nuqtasiga ulang. Modulyator kirishiga berilan raqamli xabarni kuzating va chizib oling. Raqamli impuls kengligini aniqlang.
4. Ossillografdagi №2 kanalni modulyator sxemasidagi №2 nazorat nuqtasiga ulang. Chiziqli koder chiqishidagi raqamli modulyatsiyalangan signalni ossillogrammalarini kuzating va chizib oling.
5. Ossillografdagi №2 kanalni modulyator sxemasidagi №3 nazorat nuqtasiga ulab turib, b2i-1 toq impulslar ketma-ketligini kuzating va chizib oling.
6. Ossillografdagi №2 kanalni modulyator sxemasidagi №4 nazorat nuqtasiga ulab turib, b2i juft impulslar ketma-ketligini kuzating va chizib oling.
7. Ossillografdagi №2 kanalni modulyator sxemasidagi №5 nazorat nuqtasiga ulang, modulyatorning sinfaz kanali (I-канал)da impuls kengaytiruvchi blokida chiqish signalini kuzating va chizib oling.
8. Ossillografdagi №2 kanalni modulyator sxemasidagi №6 nazorat nuqtasiga ulang, modulyatorning kvadratur kanali(Q-канал)da impuls kengaytiruvchi blokida chiqish signalini kuzating va chizib oling.
9. Ossillografdagi №2 kanalni modulyator sxemasidagi №7 nazorat nuqtasiga ulang, generator chiqishidagi yuqori chastotali modulyatsiyalovchi tebranishni kuzating va chizib oling.
10. Ossillografdagi №2 kanalni modulyator sxemasidagi №8 nazorat nuqtasiga ulang, faza surgichning chiqishidagi yuqori chastotali modulyatsiyalovchi tebranishni fazasini surilishini kuzating va chizib oling.
11. Ossillografdagi №2 kanalni modulyator sxemasidagi №9 nazorat nuqtasiga ulang, modulyator sinfaz kanali (I-канал)dagi ko‘paytirgichning chiqishidagi signalni kuzating va chizib oling.
12.Ossillografdagi №2 kanalni modulyator sxemasidagi №10 nazorat nuqtasiga ulang, modulyator kvadratur kanali (Q-канал)dagi ko‘paytirgichning chiqishidagi signalni kuzating va chizib oling.
13.Ossillografdagi №2 kanalni modulyator sxemasidagi №11 nazorat nuqtasiga ulang,summator chiqishidagi SQPSK signalni kuzating va chizib oling.
|
| |