|
Toshkent axborot texnologiylari universituti qarshi filliali
|
Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 165,58 Kb. | | #241445 |
Bog'liq Pochta 5-amaliy BAJARDI: Nishonov M. QABUL QILDI: NOROV.M MAVZU Pochta aloqa korxonalarida davlat xizmatlarini ko'rsatishni texnologiyasi Pochta aloqa korxonalarida elektron tijorat xizmatini ko'rsatish texnologiyasi Pochta aloqa korxonalarida zamonaviy tizimlar "Pochta logistika tizimi"(shipoks) - MAVZU Pochta aloqa korxonalarida davlat xizmatlarini ko'rsatishni texnologiyasi Pochta aloqa korxonalarida elektron tijorat xizmatini ko'rsatish texnologiyasi Pochta aloqa korxonalarida zamonaviy tizimlar "Pochta logistika tizimi"(shipoks)
- REJA
- 1 POCHTA ALOQA KORXONALARIDA DAVLAT XIZMATLARINI KO’RSATISH
- 2 ELEKTRON TIJORAT XIZMATINI KO’RSATISH TEXNOLOGIYASI
- 3 POCHTA ALOQA KORXONALARIDA ZAMONAVIY TIZIMLAR
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan koʻtarilgan savol va murojaatlar boʻyicha soʻz olib borilib, ular yuzasidan toʻliq javoblar berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 14-dekabrda “Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingandan keyin, oz fursatlar ichida aholiga qulaylik yaratish hamda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida 9 ta pochta aloqasi bogʻlamasi va 20 ta pochta aloqasi boʻlimlari faoliyati qayta yoʻlga qoʻyildi, va 70 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Maʼlumot uchun: Hozirgi kunda “Oʻzbekiston pochtasi” AJda 14 ta hududiy va 4 ta ixtisoslashgan filiallar, 162 ta pochta aloqasi bogʻlamalari, 1 786 ta (shu jumladan qishloq joylardagi aloqa boʻlimlari 1 338 ta) pochta aloqasi boʻlimlari faoliyat koʻrsatmoqda.
Moddiy-texnik baʼzani yaxshilash maqsadida pochtalonlar elektroskuterdan foydalanilgan holda “bogʻlama-mijoz” sxemasi asosida pochta va kuryerlik joʻnatmalarni, davriy matbuot nashrlarni va boshqa joʻnatmalarni markazdagi pochta saralash
Bundan tashqari, pochta almashinuvlarini amalga oshirishda foydalanilayotgan avtotransport parkini yangilash maqsadida 27 ta “Damas” rusumli avtotransport vositasi sotib olindi va ish joylariga foydalanish uchun berildi (bugungi kunda jami 388 ta avtotransport vositalari mavjud).
“Gibrid pochta” xizmatidan foydalanish boʻyicha 40 tadan ortiq tashkilotlar bilan shartnomalar tuzildi (2020 yil 1-yarim yilligida 8 ta tashkilot foydalanib kelgan).
- 51 ta pochta aloqasi boʻlimigacha 42,6 km optik tolali aloqa liniyalari tortildi.
Pochta aloqasining anʼanaviy xizmatlarini takomillashtirish, ularni raqamlashtirish, joʻnatmalarni qabul qilish, kuzatib borish va yetkazish jarayonlariga axborot texnologiyalari va tizimlarini joriy etish maqsadida, “Pochta xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini avtomatlashtirish tizimi” ishlab chiqilmoqda.
Pochta aloqasi obyektlarida bank xizmatlarini koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish yuzasidan AT “Aloqabank” bilan oʻzaro hamkorlik shartnomasi imzolandi hamda 2021 yil 1-fevraldan boshlab, 357 tadan ortiq pochta aloqasi obyektlarida bank kartalarini pul mablagʻlari bilan toʻldirish va naqd pul yechish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyildi.
- 110 ta pochta aloqasi obyektlarining binosini davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy koʻrinishga keltirish yuzasidan roʻyxatlar shakllantirildi.
- 140 ta pochta aloqasi obyektlarining binosini zamonaviy koʻrinishga keltirish yuzasidan taʼmirlash va qayta qurish ishlari boshlangan.
Bundan tashqari yengil konstruksiyadan iborat boʻlgan 19 ta aloqa boʻlimlari aholiga qulay boʻlgan hududlarga joylashtirildi va bugungi kunda pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda (Surxondaryo viloyatida 11 ta, Navoiy viloyatida 7 ta va Sirdaryo viloyatida 1 ta).
Pochta aloqasi obyektlarida yangi xizmatlar koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyilganligi munosabati bilan AT “Aloqabank”, Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi va “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki” bilan hamkorlikda tashkil etilgan oʻquv mashgʻulotlarida jami 1 945 nafardan ortiq pochta xodimlari ishtirok etib, malakasi oshirildi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan savollar va murojaatlar:
1. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab boʻlayotgan Fargʻona viloyati Rishton tuman pochta aloqasi bogʻlamasi binosidagi sharoit ayanchli ahvolda ekanligi sabab boʻldi. Bunday holatga kelishiga nima sabab va bu muammo qanday hal etiladi?
Haqiqatdan ham, Rishton pochta aloqa bogʻlamasi 2019 yilning may oyiga qadar zamonaviy koʻrinishga ega boʻlgan 3 qavatli binoda faoliyat yuritib kelgan. Biroq Fargʻona viloyati va Rishton tuman hokimliklarining mutasaddi xodimlari tomonidan hech qanday ogohlantirishsiz binoning bir qavatli qismi va uch qavatli binosining yarmini 1 kunda buzib tashlangan.
Shundan soʻng pochta xodimlari videotasvirda aks etgan binoga vaqtinchalik faoliyat yuritib turishlari uchun koʻchirilgan. Bino nafaqat ishchi-xodimlar uchun balki aholi uchun ham turli noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.
Bu boʻyicha “Oʻzbekiston pochtasi” AJ tomonidan Iqtisodiy sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilinib, Sudning “Hal qiluv qarori”ga asosan “Oʻzbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati foydasiga tuman hokimligi hisobidan 1,3 mlrd.soʻm moddiy zararni undirish boʻyicha qarori qabul qilingan.
Shundan koʻrinib turibdiki, mahalliy hokimiyat rahbarlarning sovuqqonligi bois “Oʻzbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatiga moddiy va maʼnaviy zarar yetmoqda. Rishton tumani pochta aloqasi bogʻlamasida ish faoliyatini yuritib kelayotgan xodimlar oʻzlari istamagan holda noqulay
Milliy operator tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarni diversifikatsiya qilish va kengaytirish orqali, axborot-kommunikatsiya, transport va logistika, pochta va moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish;
pochta aloqasi xizmatlariga boʻlgan talabni toʻliq qondirish, ularning sifati va xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududida Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlaridan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarish;
pochta xizmatlarini taqdim etish jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlarini joriy etish, axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish va elektron savdo maydonchalarini joriy etish va rivojlantirish;
Respublikaning olis va chekka hududlarida pochta aloqasi tizimi orqali moliyaviy xizmatlar koʻrsatish koʻlamini kengaytirish, jumladan barcha turdagi toʻlovlarni qabul qilish, bank, sugʻurta va boshqa xizmatlarini koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;
Toshkent shahri va viloyat markazlarida zamonaviy logistika markazlarini yaratish orqali milliy logistika tizimini takomillashtirish;
|
| |