• 10. Ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish
  • 11. Ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorini rivojlantirish.
  • 12. Ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash hamda bu sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash.
  • Тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби хореография санъати факультети




    Download 0,77 Mb.
    bet22/146
    Sana21.01.2024
    Hajmi0,77 Mb.
    #142672
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   146
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org

    9. Moddiy-texnika ta’minoti. Har bir mintaqaning demografik va jo‘g‘rofiy xususiyatlaridan kelib chiqib, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari tarmog‘i barpo etiladi. Ta’lim oluvchilarni oiladan ajralmagan holda o‘qishga imkon qadar ko‘proqqamrab olinadi.
    Mavjud ta’lim muassasalarini kapital ta’mirlash va yangi ta’lim muassasalari qurish, ularni normativ talablarga muvofiq, zamonaviy texnika va texnologiyalarning darajasini hisobga olgan holda jihozlanishini ta’minlash choralari ko‘riladi.
    o‘quv-tarbiya muassasalarini zarur uskunalar, inventarlar, ashyolar, ta’limning texnikaviy, dasturiy va didaktik vositalari bilan jihozlash yuzasidan ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish qo‘llab-quvvatlanadi. Barcha bosqichdagi ta’lim jarayonlarini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish amalga oshiriladi.

    10. Ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish
    Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi. Ta’lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining mavqei oshib boradi, televideniye va radioning ta’lim dasturlari intellektuallashuvi ta’minlanadi. Fan va ta’limning nashriyot bazasi rivojlantiriladi, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, qomusiy adabiyotlar va ma’lumotnomalar bilan ta’minlashning barqaror tizimi shakllantiriladi.


    11. Ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorini rivojlantirish. Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni rivojlantirish yo‘li bilan ta’lim xizmati ko‘rsatishning raqobatga asoslangan bozori shakllantiriladi. Davlat va nodavlat ta’lim muassasalari rivojlantiriladi, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi, ta’lim xizmati ko‘rsatish bozori davlat yo‘li bilan boshqarib boriladi. Asosiy ta’lim dasturlarida nazarda tutilmagan konsultativ va qo‘shimcha ta’lim xizmatlaridan iborat pullik ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimi rivojlantiriladi.

    12. Ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash hamda bu sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash. Pedagogik faoliyatning obro‘-e’tiborini va ijtimoiy maqomini oshirish yuzasidan davlat siyosati ro‘yobga chiqariladi. Ta’lim oluvchilarning va pedagoglarning o‘qishi, sog‘ligi va dam olishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
    Ta’lim muassasalari va sog‘liqni saqlash organlari bolalar hamda o‘quvchi yoshlarning sog‘ligini saqlash va mustahkamlash uchun zarur choralarni ko‘radilar. o‘quv-tarbiya jarayonining sog‘lomlashtirishga qaratilgan yo‘nalishini ro‘yobga chiqarish, sog‘lom turmush tarzi normalarini joriy etish uchun sharoitlar ta’minlanadi. Ta’lim oluvchilarning tibbiy-gigiyena madaniyatini oshirish, ularning jismoniy tarbiya va sport bobidagi ffaolligini kuchaytirish hamda jismoniy kamolot darajasini oshirish uchun tashkiliy-uslubiy yondashuvlar takomillashtiriladi. Sog‘liq va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun munosib muhit yaratiladi.



    Download 0,77 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   146




    Download 0,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби хореография санъати факультети

    Download 0,77 Mb.