Neft konini sanoat miqiyosida baholash ko’rsatgichlari




Download 5.92 Mb.
bet8/175
Sana12.06.2022
Hajmi5.92 Mb.
#23498
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   175
Bog'liq
kon tex xiz
PDF Scanner 01-03-22 11.38.42, 2 5256086199801482126, ATS-11-20 GURUH Baxromov.A (2), Ispring suite dasturi, privacy, Ixtisoslashtirilgan boshlang`ich sinflar uchun matematikadan didaktik, 2- sinfga pisa testi, 3 3 2 В тоифадаги автотр т восит тузил, mehnat shartnomasi, 2. Korxona-iqtisodiyoti.-Oquv-qollanma.-S.Qosimov.-S.-2008, 3-тема Bolalik -insonning ijtimoiy hayot , Ma\'ruza-1, 3-amaliy ish., Mustaqil ish yuzi blankasi
2.1. Neft konini sanoat miqiyosida baholash ko’rsatgichlari.
2.2. Qatlam bosimi.
2.2. Qatlam energiyasini xarakterlovchi qiymatlar.
2.3. Neft va gaz konlarining ishlash usullari.
2.4.Gaz konlarining ishlash usullari.
2.1.Neft konini sanoat miqiyosida baholash ko’rsatgichlari.
Neft koni – quruq yoki suv bilan to’yingan tog’ jinslari bilan ajralgan bir yoki bir necha neft uyumlarini ustma – ust joylashishidan tashkil topgan bo’ladi. Ularni bir vaqtda birgalikda yoki bir vaqtda alohida ishlatish mumkin. Har – bir uyumni alohida ishlatish ob’ekti sifatida qarash mumkin. Bir uyum tarkibida bir – necha ishlatish ob’ektlari ham bo’lishi mumkin.
Har – bir neft koni o’zining sanoat miqiyosida ishga tushirish xilma – xilligi va imkoniyatlariga qarab sanoat miqiyosida ahamiyatga ega. Konlarni sanoat miqiyosida baholashning cheklangan ko’rsatkichlari mavjud emas. Bu ko’rsatkichlarning asosiysi va umumiylari quyidagilar sanaladi.
1) Neft zaxirasini tashkil qiluvchi, neftni o’zida ushlab turuvchi yetarli
tog’ jinsi hajmining borligi;
2) Neftni yer yuziga chiqaruvchi etarli tabiiy energiyaning mavjudligi;
3) Neftning tabiiy harakatlanuvchanligining etarliligi;
4) Neftning yetarli sifatga egaligi;
5) Neft, suv va gaz joylashgan tog’-jinslarining yaxshi tasnifga egaligi.
Neft koni va uni o’rab turgan suv havzasi yagona suv bosimi tizimi deb qaraladi. Bunda konning neftga to’yingan hajmidan suvga to’yingan hajmi katta bo’ladi. Bir suv bosimi tizimida bir necha neft koni joylashgan bo’lishi ham mumkin.
Suv bosimi tizimida suv oqimi ma’lum bosimlar farqi va tezlikda ta’minot manbayidan oqib chiqish joyi tomon harakatlanadi. Suv bosimi tizimining tabiiy ta’minot manbayi shu qatlamlarning er yuzasiga chiqqan yuqori qismi ya’ni tog’lardagi muzliklar, ko’llar, daryolar va yomg’ir suvlari hisoblanadi. Ta’minot manbaidan kelgan suvlar o’z oqimi bilan tizimning eng pastki nuqtasidagi ko’llar, dengiz va daryolarga qo’shiladi. Suv bosimi tizimining uzunligi bir necha 10 km dan 100 km gacha bo’lishi mumkin.
Yopiq suv bosimi tizimlari ham mavjud. Neft konlarini ishlatish natijasida bir - biriga ta’sir ko’rsatishi ham kuzatiladi. Bir konning ishlatilishi ikkinchi konda bosim tushishiga sabab bo’lishi ham mumkin.
Suv bosimi tizimining geometriyasi va tuzilmasidan tashqari fizik kattaliklari: g’ovakligi, o’tkazuvchanligi, neft, gaz va suvlarning boshlang’ich tarkibi, boshlang’ich bosimi, boshlang’ich harorati va neftning gazga to’yinish bosimlari ham katta ahamiyatga ega. Yuqorida sanab o’tilgan fizik ko’rsatkichlar neft qazib olish texnologiyasiga katta ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bu ko’rsatkichlar konni ishga tushirishdan oldin aniqlanishi lozim. Bu ko’rsatkichlar ikki yo’l bilan aniqlanadi: laboratoriya sharoitida va maxsus tadqiqotlar natijasida.
Tizimning ko’rsatkichlarini baholash neft qazib olish texnologiyasining birdan-bir vazifasidan sanaladi. Neft va suv tarkibida gaz doim uchraydi, u ishlatish jarayoniga ta’sir ko’rsatadi. Neft, gaz va qatlam suvi suv bosimi tizimining asosiy tarkibini tashkil qilib, yagona kompleks hisoblanadi. Bu kompleksning qonuniyatlarini o’rganish neft va gaz qazib olish texnologiyasini tashkil qiladi.

Download 5.92 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   175




Download 5.92 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Neft konini sanoat miqiyosida baholash ko’rsatgichlari

Download 5.92 Mb.