• XULOSA
  • Toshkent davlat texnika universiteti




    Download 2.01 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/30
    Sana13.05.2023
    Hajmi2.01 Mb.
    #59317
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
    Bog'liq
    WpAPFHCtxWXZhmoQ0TCvyVByyNgatcaMSJCNUEDd
    Kompton effekti Nazariy kelib chiqishi, 15-maruza. operatorlarni qayta yuklash(1), Usmoniy A. Hisobot, 6-7 ETR, 13-14, . 4BRAIN kreativ metodi va qo’llanilishi Sarimsoqov Husanboy, 8-Dastur, GASTRONOMIYA TURIZM, Tarmoq 19-25 lab.Ibratjon, dedline 1, Pragramma, Karimov Kamoljon (1), KUNDALIK, 1-mustaqil ish
    MUNDARIJA 
     



    KIRISH……………………………..……………………………..………..... 


    I. BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI…………………................................ 
    1.1. Virtual laboratoriyalar………………………………………………..... 
    1.2. Micro-Cap dasturi …………………………………………………....... 
    1.3. MATLAB tizimining imkoniyatlari...…………………………………. 
    1.4. Dissertatsiyaning maqsad va vazifalari……………………………....... 


    11 
    12 
    20 
    II. BOB. VIRTUAL LABORATORIYA ISHLARINI TAYYORLASH-
    DA QO’LLANILGAN DASTURLAR..…………………………................. 
    2.1. Electronics Workbench Multisim dasturiy kompleksi…….….................. 
    2.2. Hyper Text Markup Lanquage (HTML) belgilash tili to’g`risida umumiy 
    ma`lumot………………………………………………………………...........
    2.3. Borland Delphi 7 tizimida ishlash ......……………………………........... 
    21 
    21 
    49 
    53 
    III. BOB. LABORATORIYA ISHLARI………………………………….. 
    3.1 Virtual laboratoriy ishlari tarkibi. ….…….………………………………. 
    3.2. Nazariy ko’rsatmalar va xisoblash formulalari ………………………….. 
    3.3. O’quv topshiriqlar va ularni bajarish bo’yicha metodik ko’rsatmalar……
    XULOSA ……….……………………………………………………………. 
    62 
    62 
    63 
    70 
    77 
    ADABIYOTLAR……………………………………………………………. 
    79 
     
     
    KIRISH 



    Elektrotexnika va elektronikani o’rganishda sinash va tajribalar o’tkazish
    zarurligi hech kimda shubha uyg`otmaydi. Lekin ularni o’tkazish jiddiy
    qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin (ayniqsa hozirgi vaqtda). Yaxshi 
    o’quv laboratoriyasi zamonaviy o’lchov jixozlariga va ularni ishchi holatda
    saqlab tura oladigan malakali xodimlarga ega bo’lishi kerak. O’quv yurtlari
    uchun bunday laboratoriyani ushlab turish qiyin masaladir.
    Keyingi qirq yil ichida elektr va elektron sxemalarni hisoblash vositalari
    tezlik bilan o’zgarib bordi. Bunday vosita sifatida 70- yillarning boshida 
    foydalanilgan logarifmik lineykaning o’rnini 70- yillarning ikkinchi yarmida
    kalkulyatorlar va mini EHM lar egallay boshladi. Mini EHM larning o’rniga 
    80-yillarning o’rtalariga kelib hisoblash quvvatlari va imkoniyatlari uzluksiz 
    ortib borayotgan personal kompyuterlar (PK) qo’llanila boshlandi. Elektron 
    sxemalarning tahlili bo’yicha PK larning dasturiy ta`minoti faqat
    hisoblashlarning algoritmlari va sonli tahlil usullarini rivojlantirish
    yo’nalishidagina emas, balki har xil turdagi sxemalar (analogli, raqamli, raqamli-
    analog, impuls va boshqalar) bilan tajribalar o’tkazish uchun virtual muhitni 
    yaratish imkoniyatini beruvchi foydalanuvchi uchun qulay interfeysni yaratish 
    yo’nalishida ham rivojlandi.
    Alohida ta`kidlash kerakki, PK ning foydalanuvchi interfeysini yaratish
    sohasidagi yutuqlar shu darajada ta`sirliki, ular sxemalarni tadqiq qilishga 
    bo’lgan uslubiy qarashning keskin o’zgarishiga olib keldi. Personal kompyuterdan
    foydalanish an`anaviy o’quv laboratoriyalariga alternativ - virtual
    laboratoriyalarning yaratilishiga olib keldi. Virtual laboratoriya, umuman
    olganda, tadqiqotchining real laboratoriyadagi harakatlarini (ishini) imitatsiya 
    qiluvchi interfeysga ega bo’lgan sonli hisoblash dasturidir. Yuqori tezkorlik
    va katta hajmdagi xotiraga ega bo’lgan zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda
    hisoblashlarning sonli usullari yordamida murakkab modellarni ham aniqligi 
    real ob`ektlarda o’tkaziladigan tajribalarda olinadigan natijalarning aniqligidan 
    qolishmaydigan aniqlikda tadqiq qilish mumkin.



    Elektrotexnika va elektronikani o’rganish jarayoni sxemalarni tahlil va tadqiq
    qilish bilan bog`liq. Ushbu jarayonni kompyuter maksimal darajada 
    engillashtirishi kerak. Virtual muhit kompyuterda elektr va elektron sxemalar
    ustida tajribalar o’tkazish uchun etarli sharoitlar yaratilgan laboratoriyani
    amalga oshirishi va olinadigan natijalarning aniqligi real sharoitlarda olinadigan
    natijalar aniqligidan qolishmasligi kerak.
    Modellash real jarayonga maksimal darajadi yaqinlashtirilgan bo’lishi, ya`ni,
    sxemani tuzish, unga o’lchash asboblari va ostsillografni ulash, sxema
    elementlarining parametrlarini hamda ishlash rejimlarini o’rnatish va
    natijalarni olish jarayonlarini o’z ichiga olishi kerak. Foydalanuvchiga bunday
    imkoniyatlarni beruvchi dasturlardan biri Electronics Workbench Multisim 
    dasturi – kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo’lib hisoblanadi. Unga asos 
    qilib professional modellash dasturi PSPICE olingan bo’lishiga qaramasdan 
    Electronics Workbench Multisim dasturi maksimal darajada qulay interfeysga
    ega. Unda ampermetr, voltmetr, multimetr, generator va ostsillograf kabi
    tanish asboblarning mavjudligi tadqiqot jarayonining tabiy va tushunarli 
    bo’lishini ta`minlaydi.
    Dasturning tarkibida zamonaviy asboblarning mavjudligi foydalanuvchiga 
    oddiydan boshlab juda murakkab tajribalarni o’tkazish imkoniyatini beradi. 
    Bunday vosita o’qitishda ideal bo’lib hisoblanadi, chunki elementlar va asboblar
    bo’yicha har qanday cheklashlarni olib tashlash imkoniyatini beradi. Bundan
    tashqari Electronics Workbench Multisim dasturi real elektron va o’lchash
    asboblari hamda sxemalarni ishlash printsiplarini o’rganish uchun trenajyor 
    vazifasini bajarishi mumkin.
    Electronics Workbench Multisim dasturida modellash va natijalarni olish 
    o’zining tezkorligi va qulayligi bilan ajralib turadi. Lekin to’g`ri natijalar
    olish uchun foydalanuvchi dastur bilan ishlash qoidalari va usullarini
    o’zlashtirgan va ularni elektron sxemalardagi jarayonlarni o’rganish va tadqiq 
    qilish uchun qo’llash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak [12]. 




    Download 2.01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




    Download 2.01 Mb.
    Pdf ko'rish