• 1.1 Virtual laboratoriyalar
  • Toshkent davlat texnika universiteti




    Download 2.01 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/30
    Sana13.05.2023
    Hajmi2.01 Mb.
    #59317
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
    Bog'liq
    WpAPFHCtxWXZhmoQ0TCvyVByyNgatcaMSJCNUEDd
    Kompton effekti Nazariy kelib chiqishi, 15-maruza. operatorlarni qayta yuklash(1), Usmoniy A. Hisobot, 6-7 ETR, 13-14, . 4BRAIN kreativ metodi va qo’llanilishi Sarimsoqov Husanboy, 8-Dastur, GASTRONOMIYA TURIZM, Tarmoq 19-25 lab.Ibratjon, dedline 1, Pragramma, Karimov Kamoljon (1), KUNDALIK, 1-mustaqil ish
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    1.1 Virtual laboratoriyalar 



    O’qitishning traditsion usullarida fan bo’yicha olingan nazariy bilimlarni
    mustaxkamlash va amaliy ko’nikmalarni hosil qilish uchun xizmat qiluvchi
    laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarga katta ahamiyat beriladi. Lekin ular
    ko’pchilik hollarda kutilgan natijani bermaydi. Buning sabablari quyidagilar:
    - laboratoriya stendlarining etarli emasligi;
    - mavjud laboratoriya stendlari zamonaviy asboblar, qurilmalar va apparatlar 
    bilan ta`minlanmaganligi; 
    - ko’pchilik laboratoriya stendlarining zamonaviy talablarga javob 
    bermasligi va ma`naviy eskirganligi;
    - laboratoriya ishlari va stendlarini mukammallashtirib turish zarurligi;
    - ayrim laboratoriya sxemalarini yig`ish uchun ko’p vaqt talab qilinishi 
    sababli talabalarning ajratilgan vaqtdan unumli foydalana olmasligi.
    Yuqorida keltirilgan kamchiliklarning ko’pchiligini o’quv jarayoniga 
    virtual laboratoriyalarni kiritish yo’li bilan bartaraf qilish mumkin. Virtual 
    laboratoriya (VL) dasturiy kompleks bo’lib, foydalanuvchiga har xil turdagi
    qurilmalar va tizimlar bilan ishlash ko’nikmalarini hosil qilish va ularni har 
    tomonlama tadqiq qilish imkoniyatini beradi.
    Foydalanuvchining VL bilan ishlashi laboratoriya ishlari (LI) deb ataluvchi 
    ayrim seanslar ko’rinishida tashkil qilinadi.
    Virtual laboratoriya – tajribalar o’tkazish va fanlarni qiziqarli tarzda 
    o’rganish uchun ideal muhit bo’lib hisoblanadi. Interaktiv virtual reallik oddiy
    eksperimentlar bilan bir qatorda quyida sanab o’tilgan murakkab 
    eksperimentlarni ham o’tkazish imkoniyatini beradi:
    • qimmat va murakkab jixozlarni talab qiluvchi eksperimentlar;
    • real sharoitlarda o’tkazish qiyin yoki amalda mumkin bo’lmagan 
    eksperimentlar;
    • real sharoitlarda katta mablag`larni talab qiluvchi eksperimentlar;
    • qisqa vaqt davomida o’tkazilishi zarur bo’lgan eksperimentlar va h.k.



    Virtual laboratoriya ishlarini ma`ruza materiallariga qo’shimcha ravishda 
    ma`ruza vaqtida ham namoyish qilish mumkin. Bunda ma`ruza va laboratoriya
    mashg`ulotlari o’rtasidagi vaqt bareri olib tashlanadi, natijada o’qitish 
    effektivligi va sifati ortadi.
    Virtual laboratoriyalarni effektiv tarzda qo’llash o’qitish sifatini orttirish bilan 
    bir qatorda katta mablag`larni tejash imkoniyatini ham beradi.
    Hozirgi vaqtda virtual laboratoriyalarni yaratish, o’quv jarayoniga kiritish
    va mukammallashtirish ertangi kun texnologiyasi emas balki bugungi kunda
    bajarilishi zarur bo’lgan vazifaga aylanib bormoqda. Virtual laboratoriyalarni
    yaratish masofaviy ta`lim tizimini rivojlantirishda va yangi axborot
    texnologiyalari vositalarini o’quv jarayoniga kiritishda ham dolzarb masalalardan 
    biridir.
    Virtual laboratoriyalarni tayyorlashda loyihalash va modellash muhiti sifatida 
    MATLAB, MathCAD, Maple, Electronics Workbench Multisim singari 
    dasturlardan foydalanish mumkin.
    Modellashni abstrakt darajada yoki qurilmalarda kechadigan fizik
    jarayonlarga yaqinlashtirilgan holda amalga oshirish mumkin. Ko’pchilik
    dasturlar, masalan, MATLAB yordamida murakkab dinamik jarayonlarni real
    vaqt masshtabida modellash mumkin. Bundan tashqari, kompyuter dasturlari 
    asosidagi modellash muhiti virtual laboratoriyalarni yaratish uchun ideal tarzda
    mos bo’lgan ierarxik tarkiblar ko’rinishidagi elementlar bibliotekalarini yaratish 
    imkoniyatini beradi. 
    Injenerlik faoliyatining asosiy yo’nalishi bo’lib asboblar, mashinalar va
    boshqa texnik ob`ektlarni loyihalash, tayyorlash va ekspluatatsiya qilish
    hisoblanadi. Kompyuterlardan keng foydalanish zamonaviy injenerning kasbiy 
    malakasiga qo’shimcha talablarni qo’yadiki, ulardan biri yangi axborot 
    texnologiyalarini o’zlashtirgan bo’lishi kerak.
    Lekin injenerlik malakasining mohiyati avvalgidek qoladi va texnik ob`ektlar
    fizik xossalarini bilishi va ularni chuqur tahlil qilishga asoslangan



    intuitsiyasi, ya`ni, injenerlik sezgisi bilan belgilanadi. Adekvat matematik 
    modelni qurish uchun modellanayotgan ob`ektning fizik tabiatini chuqur bilish 
    kerak. Inson-kompyuter komplekslarida texnik jihatdan to’g`ri echimlarni qabul
    qilishi uchun modellash natijalarini chuqur anglab etishi va qiyin formallanuvchi 
    faktorlarni hisobga olishi zarur.
    Shunday qilib, ta`lim berishni axborotlashtirish jarayonida bo’lajak
    mutaxassislarning informatsion va kommunikatsion texnologiyalarni (IKT) 
    o’zlashtirishi bilan bir qatorda IKT vositalari yordamida texnik ob`ektlar va 
    jarayonlarning tuzilishi va ishlashining fundamental fizik printsiplarini (qonun-
    qoidalarini) bilish va chuqur anglashga asoslangan mutaxassislik tayyorgarligini 
    ham kuchaytirish zarur.
    So’nggi yillarda IKT ni qo’llash sohasida yangi termin "Virtual o’quv
    laboratoriya" (VO’L) paydo bo’ldi. Texnik ta`lim yo’nalishida VO’L yuqorida
    keltirilgan mutaxassislarni tayyorlashni kompyuterlashtirish bo’yicha talablarni
    amalga oshirishga yo’naltirilgan, ochiq va masofaviy ta`lim g`oyalariga mos 
    keladi, o’quv jarayonini moddiy-texnik ta`minoti bo’yicha keskin muammolarni 
    qisman bo’lsada hal qilishga yordam beradi.
    Hozirgi vaqtgacha VO’L mavzusi bo’yicha kam sonli ilmiy-uslubiy ishlar 
    asosan virtual asboblar va ulardan foydalanib bajariladiganlaboratoriya
    mashg`ulotlarining tavsifi bilan cheklangan. Lekin metodologik jihatdan VO’L
    kengroq bo’lib, o’zida virtual asboblardan tashqari virtual o’quv kabinetlari,
    matematik va imitatsion modellash tizimlari, amaliy dasturlarning o’quv va 
    sanoat paketlari va boshqalarni mujassamlantiradi. VO’L faqat laboratoriya
    mashg`ulotlaridagina emas, balki studentlarning kurs va diplom loyihalarida,
    o’quv-tadqiqo tishlarida foydalanilishi mumkin.
    Metodologik nuqtai nazardan virtual laboratoriyalarni protseduraviy, 
    deklarativ va gibrid (protseduriy-deklarativ) turlarga bo’lish mumkin.
    Protseduraviy turdagi VO’L larning asosini amaliy dasturlarning o’quv
    paketlari yoki ularning sanoat analoglari tashkil qiladi. Ular muxandislik


    10 
    ishini avtomatlashtirishga mo’ljallangan. Protseduraviy turdagi VO’L larni
    yaratishda asosiy e`tibor o’rganilayotgan ob`ekt va jarayonlarni matematik
    modellash, hisoblash va optimallash protseduralarini amalga oshirishga
    qaratiladi. Ayrim hollarda matematik modellash murakkab ob`ekt va jarayonlarni 
    tadqiq qilishning yagona usuli bo’lishi mumkin. 
    Muxandislik ishini engillashtirishning foydaliligini inkor qilmagan holda
    shuni aytish mumkinki, protseduraviy VO’L lar o’quv masalalarida hamma
    vaqt ham muhandislik tayyorgarligining ko’tarilishiga olib kelmaydi. Gap
    shundaki, matematik modellash va hisoblash eksperimentlarining natijalarini
    tushunib etish va anglash uchun ko’pchilik hollarda muhandislik malakasi
    talab qilinadi.
    Studentlarning ko’pchiligi bunday malakaga ega emas Bu erda ketma-ketlik 
    sxemasi quyidagi printsiplarga asoslangan maxsus didaktik interfeys yordam 
    berishi mumkin:
    - qiziqarli namuna bo’la oladigan masala tanlanadi;
    - o’quvchilarning bilim olish jarayoni tsiklik, yopiq tarzda tashkil
    qilinadi;
    - masala albatta evristik (savol-javob) tarzda echiladi va olingan natijalar
    kompyuterda olingan natijalar varianti bilan taqqoslanadi;
    - studentlarning bilim olish faoliyatini aktivlashtirish uchun musobaqa 
    vaziyati vujudga keltiriladi. 
    Ushbu printsiplarni amalga oshirish ularning yuqori didaktik effektivlikka 
    ega ekanligini ko’rsatdi. 
    Deklarativ turdagi VO’L lar texnik ob`ektlarning tuzilishini o’rgatish 
    uchun xizmat qiladi. Ular elektron darsliklarga o’xshash.
    Gibrid yondoshish asosan virtual asboblarni tayyorlashda qo’llaniladi. Bunda
    tashqi atributlari, xususan boshqarish paneli real analoglarinikiga o’xshash
    bo’ladi, har xil rejimlar esa matematik yoki imitatsion modellar yordamida 
    tadqiq qilinadi. 


    11 
    Virtual laboratoriyalardan foydalanish o’quv jarayonidan real
    laboratoriyalarni butunlay siqib chiqarmaydi, balki ular bir-birini to’ldiradi.
    O’quv jarayonida virtual laboratoriyalardan foydalanish quyidagi
    afzalliklarga ega:
    - mashg`ulotlarda studentlarning aktivligi va mustaqilligini orttirish;
    - o’quv materiallarining o’zlashtirilish darajasini ko’tarish;
    - har bir stedentning o’quv materiallarini o’zlashtirishini to’liq nazorat 
    qilish;
    - qaytarish va trening yo’li bilan olingan bilimlarni mustaxkamlash
    jarayonini engillashtirish;
    - o’quv jarayoniga mustaqil ta`limni kiritish effektivligini orttirish.
    O’qitishning traditsion usullarida fan bo’yicha olingan nazariy bilimlarni
    mustahkamlash va amaliy ko’nikmalarni hosil qilish uchun xizmat qiluvchi
    laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarga katta ahamiyat beriladi. Lekin ular
    ko’pchilik hollarda kutilgan natijani bermaydi. Buning sabablari quyidagilar: 
    - laboratoriya stendlarining etarli emasligi; 
    - mavjud laboratoriya stendlari zamonaviy asboblar, qurilmalar va apparatlar 
    bilan ta`minlanmaganligi; 
    - ko’pchilik laboratoriya stendlarining zamonaviy talablarga javob
    bermasligi va ma`naviy eskirganligi; 
    - laboratoriya ishlari va stendlarini mukammallashtirib turish zarurligi; 
    - ayrim laboratoriya sxemalarini yig`ish uchun ko’p vaqt talab qilinishi
    sababli talabalarning ajratilgan vaqtdan unumli foydalana olmasligi. 
    Yuqorida keltirilgan kamchiliklarning ko’pchiligini o’quv jarayoniga
    virtual laboratoriyalarni kiritish yo’li bilan bartaraf qilish mumkin.
    Kompyuter texnologiyalaridan real jarayonlarni, shu jumladan elektr
    zanjirlarida sodir bo’ladigan jarayonlarni modellashda foydalanish laboratoriya 
    amaliyotini kengaytirish va boyitish imkoniyatini beradi. 


    12 
    Laboratoriya amaliyoti katta o’quv-uslubiy ahamiyatga ega. Lekin hozirgi
    paytda ko’plab laboratoriya asbob uskunalari va moslamalari, o’nlab yillar
    avval ishlab chiqarilganligi sababli, zamon talablariga javob bermaydi.
    Laboratoriya ishlari asosan fizik maketlarda bajariladi. Ular jarayonlarni har
    tamonlama tekshirish uchun etarli darajada universal emas. Laboratoriya
    moslamalarining soni cheklanganligi sababli bitta moslamada bir vaqtning o’zida 
    bir necha student ishlashiga to’g’ri keladi.
    Hozirgi vaqtda laboratoriya ta`minotini takomillashtirishning
    yo’nalishlaridan biri ularni kompyuter asosiga o’tkazishdir.
    Electronics Workbench Multisim dasturi elektr va elektron sxemalarni 
    modellash uchun ishlatiladi. Nisbatan kichik hajmga ega bo’lishiga
    qaramasdan unda katta miqdordagi real elementlarning modellari mavjud. U 
    sxemotexnik tahrirlagich va SPICE simulyatorni o’z ichiga olgan integrallashgan 
    paket bo’lib hisoblanadi. 
    Electronic WorkBench dasturi signallar generatorlari, ostsillograflar,
    testerlar, jahondagi ko’plab taniqli firmalarning (Motorola, Nationl, Philips, 
    Toshiba va boshqalar) yarim o’tkazgichli asboblari va mikrosxemalarini o’z 
    ichiga oluvchi katta bibliotekaga ega. Uning yordamida elektr zanjirlar, analog
    hamda raqamli elektron sxemalarni tahlil qilish mumkin. 
    Electronic WorkBench dasturi tayyor elementlardan tekshiriladigan sxema
    yig`ilgandan keyin uning har bir komponentining matematik modellarini
    o’zaro bog`laydi va chiziqli bo’lmagan differentsial tenglamalar sistemasi
    ko’rinishiga o’tkazadi. Ularga asosan chiziqli bo’lmagan algebraik tenglamalar
    sistemasini hosil qilib takomillashtirilgan Newton-Raphson usulidan foydalanib
    sonli ko’rinishda echadi va natijalarni sxemaga ulangan o’lchash asboblariga 
    (ampermetrlar, voltmetrlar) yoki ikki nurli ostsillografga uzatadi Bundan 
    tashqari dasturda grafik analizator ham mavjud. Ostsillograf va grafik analizator
    elektr zanjirlarida sodir bo’ladigan jarayonlarni xotirasiga yozib oladi va 
    keyinchalik ularni har tamonlama tahlil qilish imkoniyatini beradi [1]. 


    13 

    Download 2.01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




    Download 2.01 Mb.
    Pdf ko'rish