|
Toshkent Davlat Transport Universiteti “Ko‘priklar va tonnellar” kafedrasi Ishlab chiqarish amalyoti hisoboti
|
bet | 3/7 | Sana | 21.07.2023 | Hajmi | 4.1 Mb. | | #77078 |
Bog'liq Hisobot Gulhayo 17.06.2023 Р. Р. Ибраимов “Система с двумя объектами”, The Mobilization State, Microsoft Word Document, 6-laboratoriya variant, БЖД практика, Microsoft Word Document, Ikramov, Fizika sirtqi II qism, мехатроника, амалиеттитул, Презентация-Microsoft-PowerPoint, 2-MA\'RUZA, 9-sinf Sinf soati, 1 Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mazmuni, Amaliy topshiriq Konstruksiyalar hisobi. Ta’sir chiziqlarini qurib bo‘lgandan so‘ng loyihalanayotgan inshoot konstruksiyalarining ishonchliligiga, uzoqqa chidamliligiga va yuqori darajadagi ekspluatatsion sifatlariga kafolat beradigan hisob-kitob amalga oshiriladi. Buning uchun ta’sir chiziqlarini me’yorlarda ko‘zda tutilgan yuklar birikmalari bilan yuklash yo‘li bilan hisobiy zo‘riqishlar aniqlanadi. ShNQ 2.05.03–12 ning 5-ilovasida bir nechta ayni yoki turli ishoralarga ega bo‘lgan ta’sir chiziqlari uchastkalarini temiryo‘l harakatchan yuk bilan yuklash qoidalari bayon etilgan.
Chidamlilikka hisoblashda yuk birin-ketin alohida o‘ngdan chapga va alohida chapdan o‘ngga harakatlanganda uning eng noqulay yuklanishidagi maksimal va minimal zo‘riqishlar aniqlanadi. Bunda avval birinchi uchastka εν1 yuk bilan yuklanadi (bu yerda ν1 – ekvivalent yuk). Undan keyin ikkinchi uchastka εν2 yuk bilan yuklanadi, bu paytda birinchi uchastka ishorasi qanday bo‘lishiga qaramasdan K yuki bilan yuklanadi. Ta’sir chizig‘ining oxirgi uchastkasi ham shunga o‘xshash ravishda ενn yuki bilan yuklanadi, undan oldingi uchastkalar esa 9,81kN/m ga teng yuk bilan yuklanadi.
Hisobiy zo‘riqishlar aniqlangandan so‘ng konstruksiyaning tanlangan kesimlarini tekshirish amalga oshiriladi. Ko‘prik konstruksiyalarining hisobi chegaraviy holatlar uslubi bo‘yicha olib boriladi. Chegaraviy holat yuz berganda inshoot ekspluatatsiyasini normal davom ettirish mumkin bo‘lmaydi deb hisoblanadi.
Me’yorlarda chegaraviy holatlarning ikki guruhi ko‘zda tutilgan.
Chegaraviy holatlarning birinchi guruhi ikki guruh osti (IA va IB) holatlariga ega:
IA guruh osti holatida inshoot o‘zining yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotadi;
IB guruh osti holatida konstruksiya o‘zining yuk ko‘tarish qobiliyatini hali yo‘qotganicha yo‘q, lekin uni ekspluatatsiya qilishning imkoni yo‘q (materialning oquvchanligi, betonda yoki metallda darzlarning paydo bo‘lishi va boshq.)Chegaraviy holatlarning II – guruhi inshootni normal ekspluatatsiya qilishni qiyinlashtiradi, lekin uni to‘xtatishni talab qilmaydi (sezilarli siljishlar, betondagi ko‘ndalang darzlarning ruxsat etilmagan miqdorda ochilishi va boshq.)
|
| |