Yo‘llarni avtomatlashgan loyihalash tizimlari haqida tushuncha




Download 184.52 Kb.
bet11/40
Sana25.03.2024
Hajmi184.52 Kb.
#176891
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
Bog'liq
Toshkent davlat transport universiteti r. M. Xudayqulov, B. D. S-hozir.org (1)

Yo‘llarni avtomatlashgan loyihalash tizimlari haqida tushuncha.

Bugungi kunda avtomobil yo‘llarini avtomatlashgan loyihalashning juda ko‘p sonli dasturlari kompleksi mavjuddir. Hamdo‘stlik davlatlari va xorijda asosan Belorussiyaning KREDO-DIALOG kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan KREDO kompleks dasturidan keng foydalanilmoqda. Xorijiy davlatlarda avtomatlashgan loyihalash uchun Softdesk, Intergraph Corporation, Eagle Point Software va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan dasturlar kompleksidan keng foydalaniladi.

Yo‘llarni avtomatlashgan loyihalash uchun amaldagi hama dasturlar bir biriga o‘xshash, deyarli bir xil loyihalash texnologiyasiga ega.


AY ALT ni qo‘llash loyiha echimlarini sifatini oshirish imkoniyatini beradi, shu bilan birga mexnat xajmini kamaytiradi va loyiha ishi bajarilish muddatini qisqartiradi.
Loyiha echimi sifatini oshirish quyidagilar hisobiga amalga oshadi:
  1. O‘zining ko‘p mexnat talab qilishi va murakkabligi jixatdan qo‘lda hisoblashlarda foydalanib bo‘lmaydigan juda aniq hisoblash usullaridan foydalanish.


  2. Matematik optimallashtirish usullarini qo‘llash.


  3. Loyiha echimlari variantlarini ko‘rib chiqiladigan sonini oshirish. Bu usul qo‘yilgan vazifani echishda matematik optimallashtirish imkoniyati bo‘lmaganda foydalaniladi.


  4. Yo‘l va uning inshootlarining ishini, aloxida avtomobillar va transport oqimi xarakatini, atrof muxitga ta’sirini modellashtirish imkoniyati. Bu qurilish uchun aniq asoslangan variantni qabul qilish imkoniyatini beradi.


  5. Qidirish ma’lumotlarini qayta ishlashda, hisoblashlarni bajarishda, shu bilan birga chizma-grafik va rasmiylashtirish ishlarida xatolar extimolligini kamaytirish.


Loyiha ishlari muddatini va mexnat sarfini kamaytirish faqatgina hisoblash va chizma-grafik ishlarini avtomatlashtirish hisobiga amalga oshadi. Avtomatlashgan usulda loyihalashda ish samaradaorligi va unumdorligi 40-45 % ga oshadi, shu bilan birga an’anaviy usulga nisbatan loyiha uchun sarflanadigan kapital xarajatlar 20-25 % ga kamayadi.


Loyihalash ishlarida foydalaniladigan dasturlar bir qanchani tashkil qiladi. SHulardan zamonaviy va juda ko‘p foydalaniladigani AutoCAD,CorelDRAW, HDM, KREDO MX ROAD dasturlari hisoblanadi.
Yo‘llarni loyihalash ishlarida asosiy ish xajmi chizma-grafik qismi hisoblanadi. Chizma-grafik ishlarni bajarish uchun bugungi kunda bir qator dasturlar mavjud bo‘lib, bo‘lar quyidagilar hisoblanadi: AutoCAD, CorelDRAW, Photoshop va boshqalar.
AutoCAD dasturining bugungi kunda AutoCAD-2020, AutoCAD-2015, AutoCAD-2013, AutoCAD-2012, AutoCAD-2007 versiyalaridan keng foydalanilmoqda. Xar qaysi versiya o‘zining imkoniyatlari va ishlash qulayligi va tezligi bilan ajralib turadi.
AutoCAD dasturi - universal grafik tizim bo‘lib, tuzilishi jihatdan ochiq arxitektura prinsiplariga asoslangan. AutoCAD dasturi quyilgan talab va vazifalardan kelib chiqib, hamma turdagi grafikani bajarish imkoniyatini beradi.
AutoCAD tizimi - muxandis grafik ishlarni avtomatlashtirishda kuchli kuchli universal muxitni hosil qiladi, bu bilan quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
  • ikki o‘lchamli ishlab chiqish;


  • uch o‘lchamli modellashtirishni hosil qilish;


  • konstruktorlik hujjatlarni olish;


  • namunaviy shakllar va chizmalar kutubxonasini yaratish.


Quyida AutoCAD-2015 dasturining Ishchi stolini keltiramiz:




Download 184.52 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Download 184.52 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yo‘llarni avtomatlashgan loyihalash tizimlari haqida tushuncha

Download 184.52 Kb.