CREDO kompleks dasturida sun’iy inshootlarni loyihalash




Download 184.52 Kb.
bet25/40
Sana25.03.2024
Hajmi184.52 Kb.
#176891
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40
Bog'liq
Toshkent davlat transport universiteti r. M. Xudayqulov, B. D. S-hozir.org (1)

CREDO kompleks dasturida sun’iy inshootlarni loyihalash.

Suv o‘tqizuvchi inshootlarni loyihalash quyidagi ish turlaridan tashkil topadi:



  • qor va yomg‘ir suvlari oqimi maksimal sarfini hisoblash;


  • quvurlar siqilgan yuzasida suv tezligini va quvur oldidagi suv balandligini miqdorini aniqlash bilan quvur tuynugini gidravlik hisoblash;


  • quvurlar ustidagi kutarma minimal balandligini aniqlash;


  • quvurlar tuzilishini va ularning uzunligini aniqlash;


  • kutarma yon qiyaliklarini va uzanlarni mustaxkamlashni loyihalash va hisoblash;


  • qurilish ishlari hajmini va bahosini aniqlash.


Yuqoridagi hisoblash ishlarini xar xil turdagi quvurlar tuynuklari uchun bajargandan sung, ularni qurilish va keyinchalik ekspluatatsiya qilish bahosi bo‘yicha taqqoslash mumkin. Natijada eng qulayva kam xarajatli variantni aniqlash mumkin bo‘ladi.


Bugungi kunda CREDO tizimida gidravlik hisoblashlarni va qor va yomg‘ir suvlari maksimal sarfini hisoblash avtomatlashtirilgan. Ularning natijalari qolgan yuqoridagi hisoblashlarni baajarish uchun boshlang‘ich ma’lumot sifatida foydalaniladi.
Yomg‘ir suvlari va hajmi maksimal sarfi quyidagi usullardan biri yordamida aniqlanilishi mumkin:
  • MADI/Soyuzdorproekt formulasi buyicha;


  • Chegaraviy jadalllik formulasi buyicha, QMQ 2.01.14-83.


  • Reduksion formulalar buyicha;


  • Ukraina va Belorussiya uchun xududiy formulalar buyicha.



Qor suvlari maksimal sarfini hisoblash uchun yuqridagi formulalar va Ukraina va Belorussiya uchun xududiy formulalari o‘rtasida tanlov amalga oshirilishi mumkin.


Doiraviy va to‘g‘ri turtburchakli quvurlarni gidravlik hisobi bosimli, yarim bosimli va bosimsiz rejimda ishlayotgan quvurlarda o‘quv va texnik adabiyotlarda keltirilgan bog‘likliklar yordamida aniqlanilishi mumkin. Bunda yomg‘ir suvlari oqimi maksimal sarfi hisobiy deb hisoblansa, u xolda hisoblash ishlari akkumulyasiyani hisobga olgan holda bajariladi.

CREDO-ROAD kichik tizimida suv o‘tkazuvchi quvurlarni loyihalash uchun «Iskusstvennыe soorujeniya» menyusiga kirib, «Vodopropusknыe trubы» qatorini faollashtirish talab etiladi. Loyihalash ishlari «Kartochki trub» ni tulg‘izishdan boshlanadi. Bunda mavjud yoki loyihalanayotgan quvurlarda tuynugi yoki boshqa ma’lumotlar gidravlik hisoblash ishlarisiz belgilanadigan hollarda hamma ma’lumotlar birdaniga to‘lg‘iziladi: quvur piket holati, tuynugi o‘lchami, tuynuklar soni, quvur osti belgisi, quvur uzunligi va nishabligi, materiali, quvur oldida suv satxi belgisi, quvurning yo‘l o‘qiga nisbatan joylashish burchagi. Loyihalanayotgan quvurlar uchun quvur tuynugi gidravlik hisoblashlar natijasida aniqlanganda, birlamchi quvur katrochkasi to‘lg‘iziladi va unga hamma ma’lumotlar kiritiladi, qolganlari hisoblash ishlaridan keyin kiritiladi.

Quvur kartochkasini tulg‘izib bo‘lgach, «Gidravlicheskiy raschet trub» qatoriga o‘tish zarur va ketma ket «Raschet stokov» va «Dojdevыe pavodki» punktlarini faollashtirish kerak. YOmg‘ir suvlari maksimal sarfini hisoblash uchun MADI/Soyuzdorproekt formulasi universal hisoblanadi. Hisoblashda bu formulani belgilasak ekranda jadval paydo bo‘ladi, buni klaviatura yordamida to‘lg‘izamiz: yomg‘ir tumani raqami, quvur piket holati, suv yig‘ilish maydoni, bosh soy uzunligi va qiyaligi, quvurlar turi. «F2» tugmasi yordamida hisoblash ishlari bajariladi. SHundan sung ekranda hamma boshlang‘ich ma’lumotlar va hisoblash ishlari natijalari paydo bo‘ladi - yomg‘ir suvlari hajmi va sarfi 1,2,3,5 va 10 % extimollik bilan.


Qor suvlarini hisoblash uchun «QMQ 2.01.14.-83 formulasi bo‘yicha» qatorni faollashtirib, suv xavzasi geometrik o‘lchamlarini xarakterlovchi boshlang‘ich ma’lumotlar jadvali, shu bilan birga loyihalash tumani iqlim xususiyatlari ko‘rsatkichlari kiritiladi.

Quvurlarni gidravlik hisobi uchun «Raschet propusknoy sposobnosti» qatorini faollashtirgandan sung ekranda paydo bo‘ladigan jadval to‘lg‘izilishi lozim. Bunda «*» belgisi bilan belgilangan o‘lchamlar «Probel» tugmasini bosgandan sung paydo bo‘ladigan jadvaldan tanlanadi. «F2» tugmasi yordamida hisoblash ishlari bajariladi, shundan sung ekranda boshlang‘ich ma’lumotlar bilan hisoblash natijalari ekranda paydo bo‘ladi.

CREDO-ROAD tizimida kichik ko‘priklarni loyihalashda qor va yomg‘ir suvlari maksimal sarfi va hajmini aniqlash va belgilangan tuynukdagi ko‘prik gidravlik hisoblash, natijada ko‘prik ostidan suvning oqib o‘tish tezligini aniqlash, siqilgan yuzadagi oqim chuqurligi va ko‘prik oldidagi suv kutarilishi aniqlanilish kuzda tutiladi. Bu ko‘rsatkichlar ko‘prik osti uzanini mustahkamlash turini tanlashda va ko‘prik balandligi belgisini to‘g‘riligini aniqlash uchun foydalaniladi.
Kichik ko‘priklarni loyihalash quyidagi ketma ketlikda olib borish tavsiya etiladi:

  1. kichik ko‘prik uzunligi qirg‘oq tayanchlari va namunaviy oraliq qurilmalar o‘lchamlarini hisobga olgan holda belgilanadi;


  2. ko‘prik uzunligining berilgan miqdorida, er va loyiha belgilarida, ko‘prikdagi kutarma yon qiyaliklarida ko‘prik oralig‘ini hisoblash;


  3. qor va yomg‘ir suvlari maksimal sarfi aniqlaniladi;


  4. olingan ko‘prik oralig‘i uchun gidravlik hisoblashlar bajariladi;


  5. ko‘prik ostidan suv oqishini hisobga olib, ko‘prik osti uzani mustaxkamlanish turi belgilanadi yoki mavjud ko‘priklarda oldin qurilagn mustaxkamlikni ishonchliligi tekshiriladi;


  6. ko‘prik osti suv balandligini hisobga olgan holda me’yoriy hujjatlar talablaridan kelib chiqib, suv hisobiy satxidan prolet qurilma ostigacha bo‘lgan kutarilish tekshiriladi.


CREDO-ROAD tizimida kichik ko‘priklarni loyihalash «Kartochka mostov» ni to‘lg‘izishdan boshlanadi, bunda quyidagilar kiritiladi: har qaysi ko‘prik piket holati, ularning uzunligi, gabariti, ko‘prik boshi va oxiri belgisi va qiyaliklari, prolet qurilma materiali va suv maksimal satxi belgisi. Ko‘priklar kartochkasi to‘lg‘izilgach, «Gidravlika pereodicheskix vodotokov» punktiga o‘tiladi, bu menyuda «Raschet stokov» va «Raschet propusknoy sposobnosti» qatorlari mavjud.


Kichik ko‘priklarni loyihalashda qor va yomg‘ir suvlari hajmi va maksimal sarfi xuddi suv o‘tkazuvchi quvurlardagidek aniqlaniladi. Raschet propusknoy sposobnosti» qatorini faollashtirgandan keyin ekranda jadval paydo bo‘ladi, bunga gidravlik hisoblashlar uchun kerak bo‘ladigan boshlang‘ich ma’lumotlar kiritiladi: hisobiy sarf, oqim hajmi, qiyaliklar va soy nishabligi, uzan g‘adir-budurlik koeffitsienti, ko‘prik oralig‘i, ko‘prik oldidagi ruxsat etarli suv chuqurligi, uzan tubidan ko‘prik qatnov qismigacha masofa (faqat mavjud ko‘priklar uchun), ko‘prikdagi kutarma konusi yon qiyaligi. Agar ko‘prik oldidagi suv ruxsat etarli chuqurligini miqdorini 0 teng deb kiritsak, u xolda gidravlik hisob akkumilyasiyani hisobga olmagan holda bajariladi. Barcha ma’lumotlarni kiritib bo‘lgach «F2» tugmachasi bosish yordamida hisoblash ishini bajaramiz. Hisoblash natijalarini ekranda kurish va bosmaga chiqarish mumkin bo‘ladi. CREDO-ROAD tizimida sun’iyinshootlarni loyihalash MOST 1.2 va MORFOSTVOR 1.0 dasturlari yordamida bajariladi.
Nazorat savollari

  1. Yo‘l o‘qi yo‘nalishini tanlash asoslarini tushuntiring?


  2. CREDO-TER tizimida yo‘l o‘qi rejasini qanday loyihalash mumkin?


  3. CREDO-PRO «Geometrik loyihalash» tizimida yo‘l o‘qi rejasini loyihalash tartibi qanday?


  4. CREDO-ROAD tizimida yo‘l o‘qi rejasini loyihalash qanday amalga oshiriladi?


  5. CREDO-ROAD tizimida suv o‘tkazuvchi quvurlarni qanday loyihalaymiz?


  6. CREDO-ROAD tizimida kichik ko‘priklarni qanday loyihalaymiz?


  7. Sun’iy inshootlarni loyihalash bosh menyusini chizmada ko‘rsating?





Download 184.52 Kb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40




Download 184.52 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



CREDO kompleks dasturida sun’iy inshootlarni loyihalash

Download 184.52 Kb.