Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




Download 6,71 Mb.
bet125/517
Sana01.07.2021
Hajmi6,71 Mb.
#15312
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   517
Bo‘tqalar. (Electuaria). Xamir konsistensiyasiga ega bo‘lgan ichga ishlatish uchun mo‘ljallangan dori turi. Ko‘pincha cho‘chqa, otlarga beriladi. Bo‘tqalar quyuq (electuaria spissa) va quyuqroq (Electuaria tenua) konsistensiyada bo‘ladi.

Quyuq bo‘tqa qoshiqdan oqmaydi, quyuqrog‘i esa qoshiqdan shinniga o‘xshab oqadi.

Bo‘tqalarda zaharli va kuchli ta’sir etuvchi dorivor moddalar yozilmaydi, chunki dozalarga bo‘lish qiyin. Shuningdek, yomon yoqimsiz xidli, ta’mli tez parchalanadigan moddalar ham bo‘tqalarga qo‘shilmaydi.

Yordamchi moddalar sifatida solodkani poroshogi, gulxayri ildizi poroshogi, un, shakar qiyomi, asal, o‘simlik ekstrakti va sharbatlari, moylar, balzamlar, smolalar ishlatiladi.

I.E.Mozgov taklifiga ko‘ra quyidagi miqdorda olinadi: agar bo‘tqalar o‘simlik poroshogidan tayyorlansa-

-shilimshiq moddalar 1/5-1/2;

-qiyom va asal 1/2-3/4;

Moylar 1 qism.

Agar bo‘tqalar noorganik birikmalardan tayyorlansa

-shilimshiq moddalar 1/2-1/3;

-o‘simlik ekstrakti va sharbatlar 1/2-3/4

-qiyom va asal 1 qism.

Agar bo‘tqalar balzam va yog‘lardan tayyorlansa

-o‘simlik porshogi 1/2-1/3 olinadi.

Bo‘tqalar texnologiyasi. O‘simlik poroshoklari yaxshilab aralashtiriladi, unga suyuqlik qo‘shilib, bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi.

Bo‘tqalar ex tempore tayyorlanadi. Ular turg‘un emas. Konservatsiya qilish maqsadida qaynab turgan suv hammomida 1soat davomida bo‘tqa isitiladi, yoki glitserin qo‘shiladi qurib qolmasligi uchun.

Og‘zi yaxshi berkitiladigan idishda salqin joyda saqlanadi. Bo‘tqaning konsistensiyasi retseptda ko‘rsatiladi, ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyuq bo‘tqa tayyorlanadi.

Misol: Rp: Extracti Aloes 10,0

Corticis Frangulae pulverati 50,0

Salis Carolini factitii 30,0

Radicis Glycyrrhizae pulverati et

Aquae purificatae q.s.

Ut fiat electuarium spissum

D.S. otga bir martalik bo‘tqa.

Texnologiyasi:

Saburni ekstraktini maydalab karlovar tuzi bilan aralashtiriladi, keyin krushina po‘stlog‘i poroshogi qo‘shiladi.

Qizil miya poroshogi miqdori hisob-kitobi yuqorida ko‘rsatilganidek, o‘simlik poroshogini qovushtirish uchun altey ildizi poroshogidan 1/6 q. Olish kerak,

ya’ni: 50+10 =10,0 g

6

Karlovar tuzi uchun -1/3 qism, ya’ni 30/3=10,0 g



Jami altey ildizi poroshogidan 20,0 g olish kerak. Ushbu retseptda qizilmiya poroshogi keltirilgan, undan 1,5-2 marta ko‘proq bo‘lishi uchun 40,0 g olinadi. Barchasini qo‘shib bir xil quyuq bo‘tqa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi.

Bo‘tqalar-asosan ot, cho‘chqa va itlarga beriladi. Ular tashqi ko‘rinishidan quyuq asalni eslatadi, suyuq bo‘tqalar ham bo‘ladi.

Bo‘tqalarni tayyorlashda avval barcha kukunsimon preparatlar yaxshilab aralashtirilib, so‘ngra yordamchi suyuqliklar (sharbat, shinni, yog‘lar) qo‘shiladi. Ular 1/2-1/3 qism olinadi. Suyuqliklarni ehtiyotlik bilan oz-ozdan qo‘shish tavsiya etiladi, bo‘tqa suyuq bo‘lib ketmasligi uchun. Bo‘tqalarning suyuq-quyuqligi retseptda ko‘rsatilgan bo‘ladi. Agar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda quyuq bo‘tqa tayyorlanadi.

Bo‘tqalar dozalarga bo‘linmaydigan bo‘lganligi uchun, ularga “A” va “B” ro‘yxatidagi dorivor moddalar qo‘shilmaydi. Bo‘tqalar beqaror bo‘lganligi uchun faqat kerakligida tayyorlanadi va salqin joyda saqlanadi.


Misol: Rp: Extracti Filicis maris 5,0

Rhizomatis Filicis maris pulverati

Farinae secaline ana 25,0

Glucosi spissi q.s (shinni)

M.f. electuarium 100,0

D.S.Bitta cho‘chqaga 1 marta edirish uchun

Texnologiyasi: retseptda keltirilgan dorini tayyorlash uchun avval erkak paporotnik kukuni bilan unni aralashtirib, ustiga alohida tayyorlangan ekstrakt bilan shinni aralashmasi (1:1) qo‘shib aralashtiriladi va 100,0 ga qadar shinni solib, yana aralashtiriladi. Tayyor bo‘tqa shisha bankalarda beriladi.


Download 6,71 Mb.
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   517




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

Download 6,71 Mb.