Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




Download 6,71 Mb.
bet158/517
Sana01.07.2021
Hajmi6,71 Mb.
#15312
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   517
Ma’ruzaning qisqacha matni:

Dorilarni tanada yo‘naltirish pog‘onalari. Mikrokapsulalar – 1-avlod dori tashuvchilari

Mikrokapsula yangi dori turi bo‘lib, dori moddaning eng muvofiq ravishda ishlatish, ularning tanadagi ta’sirini kuzatish, tanlab ta’sir etish va barqarorligini oshirishga erishishni ta’minlaydi.

Demak, mikrokapsula tanadagi dorilarning yo‘nalishini kuzatish va ta’sirini tartibga solib turuvchi dori turi. Mikrokapsula qattiq, suyuq va gazsimon dorivor moddalarning kichik zarrachalari bo‘lib, polimer yoki shu kabi qo‘shimcha moddalar yordamida qobiq bilan o‘raladi.

Mikrokapsulalar 1dan 500 mkm gacha kattalikda bo‘lib, qobiqlarning qalinligi 0,1dan 200 mkm oralig‘idadir. Lekin ko‘proq tibbiyotda 100dan 500 mkm gacha kattalikdagi mikrokapsulalar ishlatiladi. Agar mikrokapsulalar kattaligi 1 mkm dan kichik bo‘lsa, ular nanokapsulalar deyiladi. Asosan ular parenteral dori turlarida qo‘llaniladi.

Mikrokapsulalarning tarkibidagi ta’sir etuvchi modda umumiy massaning 15-99% ini tashkil etishi mumkin. Mikrokapsula qobig‘ini qalinligi va ularning mexanik ta’sirlarga chidamligi yoki boshqa xususiyatlari parda hosil qiluvchi moddalar tabiatiga, hamda mikrokapsulalarni qanday maqsadda ishlatilishiga bog‘liqdir.

Farmatsevtik texnologiyada mikrokapsulalar 50-yillar va 60-yillarning boshida qo‘llanila boshlangan. Lekin bu yillardan oldinroq kimyo, poligraf va kosmetologiya sanoatlarida ishlatilgani ma’lum.

Mikrokapsulalar dori turini barpo etishda quyidagi asosiy masalalarni echilishi ko‘zda tutiladi:

1.Tanlab ta’sir etuvchi mikrokapsulalar yaratish, oshqozonda parchalanmay o‘z ta’sirini ichakda ko‘rsatishi;

2. Mikrokapsula va tarkibidagi dori moddani tashqi muxit ta’siridan asrash;

3. Xidi va mazasini yaxshilash maqsadida moddani parda bilan niqoblash;

4. Bir dori turining o‘zida bir-biriga zid dori moddani berish imkoniyati;

5. Elimshak, cho‘ziluvchan suyuqliklardan ishlatish uchun oson sochiluvchan va dozalarga aniq bo‘linuvchan dori turini yaratish;

6.Mikrokapsula tarkibiga kiruvchi moddalar dozasi oldindan mo‘ljallangan miqdorda terapevtik ta’sir ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida kerakli sharoitlarni yaratish;

7.Ko‘pchilik dorilarga xos bo‘lgan oshqozon-ichak yo‘llarini qi-tiqlovchi ta’sirini kamaytirish yoki yo‘qotish;

8. Mikrokapsula tayyorlash davrida tarkibiga kiruvchi moddalar turg‘unligini saqlash.


Download 6,71 Mb.
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   517




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

Download 6,71 Mb.