Miqdoriy suyultirish.
1) Xl DF bo‘yicha spirtlarni suyultirish 2-chi jadval bo‘yicha olib boriladi. Agar spirt konsentratsiyasi 96% dan ortiq bo‘lsa, u holda SSVning buyruqlari bo‘yicha suyultiriladi.
2) Formula yordamida suyultirish
X = RxV/A bu erda
A - suyultiriladigan spirt konsentratsiyasi
V - kerakli spirt konsentratsiyasi
R - kerakli spirt miqdori
Masalan: 95% hajmli spirtdan 50 g 70% spirt tayyorlang deyilgan bo‘lsa. Buning uchun, hajmiy foizni miqdoriy foizga o‘tkazish zarur. DFning alkogolemetrik jadvalidan foydalanib, 95%li hajmiy spirt 92,45%li miqdoriy spirtga, 70% li hajmiy spirt 62,44% li miqdoriy spirtga teng ekanligini topamiz.
X=R x V / A = 62,44 x 50 / 92,42 = 33,8g
Demak yuqoridagi masalani echish uchun 33, 8 g 92, 42%li spirtdan olib 16, 2 g suv qo‘shish /50-33, 8/ kerak.
|