Gomeopatiya dori turlarini tahlil-tekshirish usullari.
A- suyuqliklarda: zichlik, spirt miqdori, ekstraktiv moddalar, moylar miqdori, ta’sir etuvchi moddalar miqdori, tinkturalar rangi, kapillyar-lyuminessent taxlil o‘tqaziladi.
B- trituratsiyalarda: lupa yoki mikroskop yordamida dori moddani zarrachalarining katta-kichikligi va to‘ldiruvchida to‘liq va tekis tarqalganligi, rangi, eritmalarda qaytakristallanishi.
II-Maxsus qism. Maxsus qismda gomeopatiyada qo‘llaniladigan asosiy va qo‘shimcha dorivor moddalar ta’rifi keltirilgan bo‘lib, unda 374ta xususiy maqola bor. Dorivor moddalar ta’rifi lotincha nomi bo‘yicha alifbo tartibida berilgan. Ulardan 78-80 foizi dorivor o‘simliklar, 14 foizi kimyoviy moddalar va 6 foiz atrofida jonivorlardan olingan dorilarga to‘g‘ri keladi.
Maxsus qism oxirida kam ishlatiladigan gomeopatik dori moddalari ro‘yxati alifbo tartibida berilgan.
Gomeopatik retseptlar yozish tartibi
Faoliyat ko‘rsatayotgan gomeopatik dorixonalarda bemorlarga beriladigan dorilar nomi lotin tilida yoziladi, lekin dori beriladigan idishdagi yorliqlar rus yoki o‘zbek tilida yoziladi. Dori moddasining nomi gomeopatik retseptda bosh kelishikda "Recipe" so‘zisiz yoziladi. "Terapevtik qo‘llash" degan bo‘limda bemorga tavsiya qilingan dorini gomeopatik dorixonadan berilayotganida nomi lotin transkripsiyasi bilan yoziladi va bu lotincha nomlar SHvabe farmakopeyasiga mos kelishi kerak.
|