a) farmatsevtik:
Preparatning kimyoviy modifikatsiyasi (tuz, kislota, efir bog‘larini mavjudligi, kompleks birikmalar, polimorfizm);
Dori moddasini fiziko-kimyoviy xolati (kristallari shakli, maydalik darajasi, sirt zaryadining bor-yo‘qligi va x.);
Yordamchi moddalar, ularning tabiati , sifati va miqdori;
Dori shaklining turi va kiritish yo‘li;
farmatsevtik texnologiya, aniqrog‘i. Dori tayyorlashda ishlatiladigan texnologik jarayon.
b) biokimyoviy:
- biotransformatsiyani aniqlash (metabolizm , dorilar eliminatsiyasi )
v) fiziologik:
-yosh, jins;
-organizm xolati.
Maxsus dori turlarini biosamaradorligiga ta’sir etuvchi omillar
Organizmga tushgan har qanday dori modda, davolovchi ta’siridan avval murakkab yo‘lni bosib o‘tadi.
1. Kiritilgan dori shaklidan dori moddasini ajralishi va so‘rilishi kerakli joyga diffuziyasi. Bu jarayonda xal qiluvchi rolni farmatsevtik omillar o‘ynaydi;
2. Dori shaklidan ajralgan dori moddasini so‘rilishi.
Dori moddasi tomirlardan kiritilmagan xollarda qonga so‘rilish yo‘li bilan tushadi. Agar qattiq dori shakli bo‘lsa, avval erish kuzatiladi (ajralish), so‘ngra esa dori moddasini molekulalari tuzimli qon aylanishiga qo‘shiladi, ko‘pincha kiritilgan joydan to‘g‘ri diffuziya yo‘li bilan, ayrim xollarda faol transport yordamida. Ta’siri uzaytirilgan dori shakllarida (retard) dori moddasini organizmga nazorat qilinib, astalik bilan kiradi. Asos xossali (aminlar) dori moddalari ichilganda asosan ingichka ichakdan so‘riladi, (sublingval dori shakllari og‘iz bo‘shlig‘ida so‘riladi, rektallar – to‘g‘ri ichakdan), neytral yoki kislota xarakterli dori moddalari oshqozonnni o‘zidan so‘rila boshlaydi. So‘rilish uning tezligi va bosqichlari bo‘yicha xarakterlanadi (biosamaradorlik deyiladi). So‘rilish bosqichi – turli yo‘llar bilan kiritilgan xolda qonga tushgan dori modda miqdori.
3. Organizmga so‘rilgan moddaning tarqalish bosqichi. Organizmda dori modda qonga, xujayralararo suyuqlikka va to‘qima xujayralariga tarqaladi. Dori turini organizmga so‘rilish tezligiga farmatsevtik omillar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Farmatsevtik omillarga dori moddalarning kristallik shakli va kimyoviy holati, dori turi, yordamchi moddalar, dori turini tayyorlashda qo‘llaniladigan texnologik jarayonlar va x.k. kiradi.
Fizik-kimeviy xossalaridan dori moddalarning kristallik shakli ularning so‘rilishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatish mumkin. Moddalarni turli kristallik shaklida bo‘lishi –polimorfizm.
Atsetilsalitsil kislota 3 xil kristallik shaklga ega. Bular bora-bora o‘z shaklini yo‘qotadi. Ularni olishda tashqi muhit, harorat, bosim ta’sir ko‘rsatadi.
Disperslik qattiq dispers moddalar kukunlarini sochiluvchanlik va epishqoqligini belgilaydi. Maydalik darajasi qancha kichik bo‘lsa dori modda shuncha tez so‘riladi va qondagi konsentratsiyasi ko‘payadi.
Dori turlari. Dori moddalarni yuborish og‘iz orqali, to‘g‘ri ichakka va in’eksiya orqali olib boriladi. Masalan to‘g‘ri ichakka yuborilgan dori moddalar 7 daqiqadan keyin so‘rila boshlaydi.
Og‘iz orqali yuborilgan dorilar 30 daqiqa keyin so‘rila boshlaydi, qon tomir orqali yuborilgan dori moddalar 1-2 daqiqa vaqt ichida ta’siri yuzaga chiqadi.
Biofarmatsiya ta’limotiga muvofiq dori turini tayyorlashda qo‘llaniladigan yordamchi moddalarni befarq deb bo‘lmaydi. Ular ma’lum darajada dori moddalarining dori turidan ajralib chiqish va so‘rilish teeligiga ta’sir ko‘rsatadi. Dori turini tayyorlashda tanlab olinadigan yordamchi moddalar har bir dori modda uchun o‘ziga mos bo‘lishi lozim.
Ta’sir qiluvchi modda bilan yordamchi modda o‘zaro birikib, kompleks birikma hosil qilishi, dori moddani yordamchi moddaga adsorbsiyalanishi natijasida so‘rilish tezligi o‘zgarishi mumkin.
Adabiyotlarda yordamchi moddalarning dori turini biosamaradorligiga ta’siri ko‘rsatilgan ilmiy ishlar ko‘p uchraydi. Masalan, fenobarbitalga PEO-400 qoshib tayyorlangan tabletka va shamchada suvda yomon eriydigan kompleks birikma hosil qiladi, natijada fenobarbitalning so‘rilishi keskin yomonlashadi. SHunday dori turlarini natriy barbital bilan tayyorlansa, PEO-400 dorini biosamaradorligiga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Ikkilamchi kalsiy fosfat bilan tayyorlangan tetratsiklin tabletkasi ichakda umuman so‘rilmaydigan birikma hosil qiladi.
Demak, har bir dori turi uchun ishlatiladigan yordamchi modda biofarmatsevtik nuqtai nazardan baholanishi lozim, chunki deyarli yordamchi moddalarsiz, u yoki bu dori turi tayyorlanmaydi.
Dori turini tayyorlashda qo‘llaniladigan texnologik jarayonlarga maydalash, namlash, quritish, donadorlash, presslash va x.k.lar kirib, dorilarni turg‘unligiga, sifatiga va biosamaradorligiga ta’sir etishi mumkin. Nam donadorlash usuli ishlatilganda ayrim dorilarni faolligi pasayishi tajribalar asosida isbotlangan. Rauvolfiya alkaloidini donadorlashda bog‘lovchi modda sifatida suv, 90% li etil spirti ishlatilsa, alkaloid yo‘qolishi kuzatilgan.
Presslash bosimining ham biofarmatsevtik ko‘rsatkichlarga ta’siri stafilokokk anatoksini misolida ko‘rish mumkin. 100 MPa bosimda olingan tabletkaning faolligi 100% deb qabul qilinsa, 250 MPa bosimda olinganini faolligi 16% ga kamayishi tegishli adabiyotlarda keltirilgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri presslab olingan tabletkalarni biosamaradorligi nam donadorlash usulida olinganga nisbatan yuqori bo‘lishi tajribalar asosida isbotlangan.
Dori turi va ularni yuborish usullari, dori moddalarning fizik va kimyoviy holatlari ham dorilarning biosamaradorligiga, sifatiga va turg‘unligiga ta’sir ko‘rsatishi tegishli adabiyotlarda keltirilgan.
Farmatsevtik omillarni hisobga olmaslik dori turida terapevtik nomutanosiblikni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Masalan, har xil seriyada, lekin dozasi bir xil bo‘lgan butamid tabletkasini erish va qondagi miqdorini kamaytirish qobiliyati bir xil emasligi isbotlangan.
Shunday qilib, farmatsevtik omillarni o‘rganish amaliy ahamiyatga ega, chunki MTH va adabiyotlarda keltirilgan tarkib va texnologiyani to‘g‘riligi biofarmatsevtik nuqtai nazaridan baxolanishi keltirilmagan.
Ular to‘liq terapevtik samara bermay, nobioekvivalentlikka sabab bo‘lishi mumkin.
|