Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi




Download 1,8 Mb.
bet65/172
Sana12.02.2021
Hajmi1,8 Mb.
#13127
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   172
Izoosmolyarlik (Isoosmatica)

Infuzion eritmalar asosan Davlat farmakopeyasinin X va X1 nashrlarida keltirilgan talablarga javob beradigan qilib tayyorlanadi lekin farmatsevtika sanoati rivojlangan davlatlar Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, XIXCHexiya farmakopeyalarida infuzion eritmalarning osmolyarlik xossasiga katta e’tibor berilgan va qonga quyiladigan infuzion eritmalarning osmolyarligi yorliqda ko‘rsatilish shart (talab qilinadi). Evropa farmakopeyasiga in’eksion eritmalar uchun yangi kursatkich –osmolyarlik (osmolyallik) kiritilgan.

Biologik suyuqliklarning osmolyarlik ko‘rsatkichi hayotiy muhim fiziologik ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Oxirgi yillarda shu ko‘rsatkichiga katta e’tibor berilmoqda, chunki odamning biologik suyuqlarining osmolyarligi gomeostazning muhim bir ko‘rsatkichi hisoblanadi. Osmolyarlik ichki muhitning tuz-suv almashinuvini, ion almashinuvini, ularning muvozanatini belgilaydi. Umuman, osmolyarlik bu tananing intra va ekstra sellyular suyuqliklarning muvozanati. Bunda suv va xayotiy muhim bo‘lgan ionlar (Na+, K+, Ca2+, Mg2+ va h.k.)ning orasidagi ichki muvozanatni ifodasi.Osmolyarlik tananing osmoretseptorlari yordamida neyrogumoral mexanizmlar orqali tartibga solinib turiladi. Qonning osmolyar konsentratsiyasi osmometr asbobi yordamida o‘lchanadi va MOSM larda belgilanadi. Odatda sog‘lom odamning biologik suyuqlarning, birinchi navbatda qon zardobining va ko‘z suyuqligining osmolyarligi 285+5mosmol/l ga teng.

YUqorida ko‘rsatilgandek, qon zardobining osmolyarligi 285+5 mosm/l teng va reanimatsiya, anesteziologiya, xirurgiya, geriatriya, pediatriya, transplantologiya tibbiyot tarmoqlarida bu ko‘rsatkich muhim hisoblanadi. Organizmning xolatini bildiruvchi omil – osmolyarlik ko‘rsatgichi bo‘lib, agar u o‘zgarsa, bemorni halokatgacha olib kelishi mumkin bo‘lgan nohush xolati kuzatiladi. Osmolyarlikning keskin o‘zgarishi qator salbiy ta’sir yoki noxush holatlariga sababchi bo‘lishi mumkin. Masalan, giperosmolyar holatlar vujudga kelsa ya’ni qonning osmolyar konsentratsiyasi oshib ketsa bu hayot uchun havfli holatlarga olib kelish mumkin: miya xujayralarining suvsizlanishiga sabab bo‘ladi va ayrim paytlarda bemorlarning o‘limiga sababchi bo‘ladi (40-70 % gacha).

Qaysi xolatlarda qonning osmolyarligi oshib ketishi mumkin: Giperosmolyar xolat buyrak faoliyatining buzilishi yoki miokard infarkti, kuyish natijasidagi, sepsis xolati natijasida vujudga keladi, natriy gidrokarbonat eritamasi katta dozada qonga qo‘yish oqibatida vujudga keladi.

Masalan, kuyib travma olganda zardobining osmolyarligi 373 dan mosmol/l gacha bir soatning ichida ko‘tarilishi mumkin. Endi shu holda infuzion eritmaning osmolyar konsentratsiyasini hisobga olmasdan qonga quyilsa, qon quyilib qolib, tromblar hosil bo‘ladi, keyin qon ketib, ichki a’zolarning og‘ir shikastlanishiga olib keladi.

Demak, infuzion terapiyaning asosiy ichki va tashqi suyuqlik konsentratsiyasini muvozanatini saqlash.

Ayniqsa reanimatologiya, anesteziologiya, geritariya, xirurgiya, transplantologiya, neyroxirurgiya, pediatriya tibbiyot tarmoqlarida osmometriyani ahamiyati katta.

Yuqorida etilgandan shuni xulosa qilish mumkinki-infuzion eritmalarni qo‘llanilishi albatta ularning osmolyarlik konsentratsiyasini aniqlashdan boshlanish lozim. SHunga asoslanib AQSH – ning DF siga XIX NF – XIV qo‘shimcha ko‘rsatma bo‘yicha xar bir qonga qo‘yiladigan eritmalarning osmolyarlik konsentratsiya belgilanish tavsiya etiladi. Klinik tekshirishlar shuni ko‘rsatadi: 50-55 % holatlarda yaralarning yallig‘lanishini giperosmotik eritmalarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘ladi, chunki bu holatda xujayralarni shikastlanishi oshadi bu esa mikroorganizmlarni rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi. SHuni hisobga olish lozim – izoosmotik konsenratsiya izotonik konsenratsiyasiga teng emas. Masalan NaSl ning izotonik konsentratsiyasi – 0,9 % teng, izoosmotik konsentratsiyasi esa – 0,45 % teng.

Eritmalarning izoosmotik konsentratsiyasini bilish muxim, chunki giper yoki gipoosmolyar eritmalarni quyish qator salbiy reaksiyalarga olib kelishi mumkin (og‘riq, nevroz va boshqalar) ayniqsa bu ko‘rsatgich reanimatsiya bo‘limida qo‘llaniladigan eritmalarga tegishli.

Agar giper osmolyar eritmalar ko‘p miqdorda qo‘yilsa va qonning osmolyarligi 300 mosm bo‘lsa suvsizlanish, holsizlik (slabost), shilliq pardalarni qurib ketishi kuzatiladi. Agar 330 mmosmdan oshsa, hushdan ketish, sudorgi va ayrim paytlarda o‘limga olib ketish mumkin.

Agar gipoosmolyar holat vujudga kelsa ya’ni 275 mosmdan kam bosh og‘riq, 260 mmosm holsizlik slabost, qon bosim keskin tushib ketishi, 250 dan past sudorgi, koma holati namoyon bo‘ladi.

Demak provizorlar bilishlari shart quyiladigan infuzion eritmalarning izoosmolyar konsentratsiyasini aniqlash, hisoblash usullarini. Ayniqsa kasalxona qoshidagi dorixonalarda shifokorlar talab quyish mumkin, izoosmolyar eritmalarni tayyorlab berishni.

Demak, yuqoridagi ma’lumotlarini hisobga olib, infuzion eritmalarga qo‘yiladigan talablardan yana bir muhim talab bu infuzion eritmaning konsentratsiyasi izoosmolyar (285+5mosmol/l) bo‘lishi.

Osmolyarlik - bu fiziologik ko‘rsatkich bo‘lib, u eritmaning osmotik bosimiga aloqador har xil eritmadagi substrat (makroionlar) va turli valentlik mikroionlarni, ya’ni kinetik faol zarrachalarining konsentratsiyasini yig‘indisini ifodalaydi. Osmolyarlik molyar konsentratsiyaga bog‘liq.

Osmolyarligi qon zardobiga teng bo‘lgan IE izoosmolyar hisoblanadi.

Osmolyarlikni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:

E=V.m.F,

bu erda V - eritmada dissotsiatsiyaga uchragan ionlar soni.

Agar eritmada dorivor modda noionli bo‘lsa, unda V=1, lekin eritilgan modda ionlarga parchalansa, u eritmadagi parchalangan umumiy soniga teng.

m -eritmaning molyar konsentratsiyasi, g/l.

F - molyar osmotik koeffitsienti, u eritmaning molyarligiga bog‘liq.

Osmolyarlik (osmol/l) yoki ko‘pincha mosmol/l da o‘lchanadi. Osmolyarlik va eritmaning muzlash nuqtasini pasayishi (∆T) orasida quyidagi o‘zaro munosabat bor:

∆T

E = ------- . 1000 mosmol/l



1,86 0S

∆T (0S) - suvga nisbatan o‘lchangan namunaning muzlash nuqtasini pasayish darajasi;

1,86 0S - natriy xlorid eritmasining muzlash haroratini pasayish darajasi.

Bu ko‘rsatkichni eritmani muzlash xaroratini pasayishi bo‘yicha aniqlashadi. Bu eng aniq usul. CHunki eritmada kinetik faol ionlarning soni boshlasa, uning muzlash xarorati pasaya boshlaydi. Demak eritmani muzlash xaroratini aniqlash osmolyarnikni aniq usuli hisoblanadi.

Osmolyarlik osmometrlar, masalan Os momat yordamida o‘lchanish mumkin. Bu asbobning ishlash prinsipi aniq osmolyarlikga (ma’lumotnomalarda, jadvallarda) ega bo‘lgan suv va natriy xloridni turli konsentratsiyadagi eritmalarning muzlash xaroratiga nisbat namunani (IE) muzlash xaroratini pasayishini aniqlashga asoslangan.

Aniqlash usuli: 50-250 ml hajmdagi aniqlanadigan eritma shisha idishga solinib, sistema sovutiladi. muzlash haroratini pasayishi avtomat ravishda yoziladi.Osmolyarlikni yana nazariy quyidagi tenglama orqali hisoblash mumkin:

R.n.1000

Eideal =-----------,

M

bu erda Eideal -ideal osmolyarlik, mosmol/l



R - eritmaning konsentratsiyasi, g/l;

n - erigan moddaning parchalangan kinetik faol zarrachalarining soni;

M - moddaning molekulyar massasi, g.

1-masala. 5% glyukoza eritmasining nazariy izoosmolyarligini hisoblash.

Glyukoza eritmasi uchun n=1, eritma holidagi molekulyar massasi 180,17 g. 5% glyukoza eritmasining izoosmolyarligi:

50 .1

E=-----------.1000=277,7 mosmol/l

180,17

AQSH Farmakopeyasi bo‘yicha izosmolyarlikni hisoblash:



m

MOSM=-------.n . 1000

M

m - massa, g/l



n - dori moddaning kinetik faol zarrachalar soni

M - molekulyar massa, g



2-masala. Ringer-Lokk eritmasini nazariy izoosmolyarligini hisoblash:

Tarkib: Natriy xlorid 9,0

Kaliy xlorid 0,2

Kalsiy xlorid 0,2

Natriy gidrokarbonat 0,2

Glyukoza 1,0

In’eksiya uchun suv 1 l gacha

Sterillang!

B.B. venaga tomchilab yuboriladi.

Osmolyarlikni hisoblash:

1) 9,0

ENaCl=-------- .2.1000=308,0 mosmol/l



58,44
2) 0,2

EKCl=--------- .2.1000=5,4 mosmol/l

74,56
3) 0,2

ECaCl2=-------- .3.1000=2,74 mosmol/l

219,08

4) 0,2


ENaHCO3= ---------.2.1000 = 4,76 mosmol/l

84,01


  1. 1,0

Eglyukoza=---------.1.1000=5,05 mosmol/l

198,17


Ringer-Lokk eritmasining osmolyarlik konsentratsiyasi: 308+5,4+2,72+4,76+5,05=325,93 mosmol/l tashkil etadi.

Nazorat savollari

1. Infuzion eritmalarni ta’rifi, zamonaviy farmakoterapiyadagi axamiyati;

2. Infuzion terapiyaning asosiy maqsadlari.

3. Infuzion eritmalarga qo‘yilgan zamonaviy talablar.

4. Infuzion eritmalarda osmolyarlik tushunchasi aniqlash zaruriyati



5.Osmolyarlikni aniqlash usullari

Download 1,8 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   172




Download 1,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi

Download 1,8 Mb.