|
Toshkent farmatsevtika instituti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi
|
bet | 2/69 | Sana | 19.03.2017 | Hajmi | 172,07 Kb. | | #410 |
Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:
Sog‘liqni saqlashning profilaktik yo‘nalishini kuchaytirish, tibbiy xizmatni sifatini yaxshilash, aholini zamonaviy, mahalliy dori-darmonlar bilan ta’minlash hozirgi dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu masalalarni hal etish uchun chuqur maxsus bilimga, amaliy ko‘nikmalarga va yuqori nazariy tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash zarur.
Fizika fani farmatsevt va muhandis-texnolog mutaxassislarni tayyorlashda asosiy fanlardan hisoblanadi. CHunki fizika asoslari tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan jarayonlarni, fizik mexanizmlarni, dori moddalarining harakatlari va ta’sirlarini o‘rganishda keng qo‘llaniladi. Bu esa tibbiy va farmatsevtika instituti talabalariga fizika fanini o‘rgatish zarurligini ko‘rsatadi.
|
| |