Microsoft Excelda matematik misollar yechish




Download 0.88 Mb.
bet6/10
Sana19.10.2022
Hajmi0.88 Mb.
#27543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Toshkent kimyo-texnologiya instituti toshkent kimyo texnologiya
davlat-standarti-asosida-chizmalarni-taxt-qilish, Test tayyorlanishga (2), Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni, Testlar to\'plami 2021, маруза, Referat Psixologiya fanidan Mavzu Temperament va uning tiplari, Хавоканд, MInimalizm uslubining milliy uylarimizdagi muhim jihatlari, ttb 6, Исокжонов Жамшидбек 89 А 20-гурух, xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari, Саволлар Коллеж учун, betlik, 55555, lira

3. Microsoft Excelda matematik misollar yechish.



Chiziqli va nochiziq masalalarni yechish.
MS Excelda Поиск решения ilovasi yordamida chiziqli dasturlarni Excelda yechish 5 ta asosiy qadamlarni bajarishni talab etadi:
1. Muammoni modellashtiruvchi elektron jadvalni yaratish;
2. Maqsad funksiyani ifodalovchi katakchani aniqlash;
3. Yechim o’zgaruvchilarini aniqlash;
4. Cheklovlarni ifodalovchi katakchalarni aniqlash;
5. Modelni yechish va optimallashtirish.
Ushbu jarayondagi har bir qadam keyingi bo’limlarda bayon qilinadi hamda mavzuga tegishli barcha rasmlar mo’ljallangan Microsoft Excel 2010 dasturiga tegishli.
Maqsad funksiya ma’lum bir maqsad katakchada (Оптимизировать целевую функцию, Target Cell) ifodalanadi. Shuni takidlash lozimki mo’ljal katakcha bir yoki ko’proq katakchalarning tavsifiga ega bolishi lozim. Taxmin qilinayotgan yechim parametrlari yoki turlari “O’zgaruvchan katakchalar” (Изменяя ячейки переменных, Changing Cells) deb nomlanadi. Cheklanmalar (В соответствии с ограничениями, Subject to) dialog katakchasida ko’rsatiladi. Поиск реше-ния ilovasi qiymatlari o’zgaruvchan katakchalardagi kamayuvchi, ko’payuvchi yoki taxmin qilinayotgan aniq qiymatga yaqin keladigan obyektiv qiymatni topadi. Поиск решения ilovasi nochiziqli optimimallashtirish masalasini yechish uchun tarmoqli va bog’liqlik turidagi algoritmlar hamda chiziqli dasturlash muammolarini yechishga qaratilgan oddiy GRG2 (Generalized reduced gravity, kamayuvchi gradient) usulidan foydalanadi.
Параметры поиска решения (yechimni qidirish parametrlari) dialog oynasidan yechimlarni qidirish uchun quyidagi ko’rsatilgan istalgan algoritmlar yoki usullardan birini tanlash mumkin.
· Nochiziq umumlashgan kamayuvchi gradient usuli (Нелинейный метод обобщенного понижающего градиента (ОПГ)) – bir tekis nochiziq masalalar uchun foydalaniladi.
· Simpleks usuli (Симплекс-метод) - Chiziqli masalalar uchun foydalaniladi.
· Evolutsion usul (Эволюционный метод) - notekis masalalar uchun foyda-laniladi.
“Maksimal vaqt” (Максимальное время, Max Time) va “Iterasiyalar soni” (Число итерации, Iterations) tahrir tugmalari Поиск решения ilovasining ishlash vaqtini boshqaradi. Takrorlash natijalarini ko’rsatish uchun va har bir katta takrorlashdan keyin to’xtatib turish uchun istalgan vaqtda klaviatura-dan ESC tugmasini bosish orqali, ayni vaqtdagi takrorlashni tekshirishi va davom ettirish yoki ettirmaslikka qaror qilishi mumkin.
Ushbu misolda Arrenius tenglamasidan foydalangan holda turli temperaturalarda kimyoviy reaksiya tezligi konstantasini hisoblash jarayoni ko’rib chiqiladi:

Bu yerda,  – boshlang’ich eksponensial ko’paytma ( =4,802∙107);
E – faollashish energiyasi, J/mol (E=9,305∙104 J/mol);
R – gaz doimiysi, (R=8,314 );
Т – temperatura, К (550, 560, 570, 580, 590, 600 К).
Ushbu misolni yechish ketma-ketligi quyidagicha bo’ladi:
1. Excel dasturi ishga tushiriladi;
2. A1 katakchaga , A2 katakchaga esa unga mos keluvchi qiymat yoziladi. B1 va C1 katakchalarga mos holatda “E” va “R” yoziladi, hamda B2 va С2 katakchalarga ularning qiymatlarini kiritiladi. D1 katakchaga “T” deb belgilanadi, D2, D3, D4, D5, D6, D7 katakchalarga esa mos holatda temperatura qiymatlari yoziladi, E1 katakchaga “k” deb belgilab olinadi.
3. E2 katakchani belgilab =A2*EXP(-B2/(C2*D2)) formulasi yoziladi. ENTER tugmasi bosilgandan keyin E2 katakchada 550 K temperaturadagi kimyoviy reaksiya tezligi konstantasi, ya’ni 0.069815 qiymati hosil bo’ladi.

Ushbu formula bo’yicha temperaturaning qolgan qiymatlarida hisoblashlarni amalga oshirish uchun, , E va R qiymatlari berilgan katakchalar o’zgarmas qiymat sifatida qabul qilinadi. Buning uchun A2, B2 va C2 manzillarda ustun va qatorlar oldidan “$” belgisi qo’yiladi:=$A$2*EXP(-$B$2/($C$2*D2));
4. E2 katakchasi faol holatga o’tkaziladi va katakchaning pastki o’ng burchagida “+” belgisi paydo bo’lgandan keyin sichqonchaning chap tomonini bosib turgan holda ushbu katakchadagi formula qolgan katakchalarga joriy etiladi. Natijada E ustunda olingan qiymatlar hosil bo’ladi.




Download 0.88 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Excelda matematik misollar yechish

Download 0.88 Mb.