• A rifmеtik amallar
  • MATLAB matematik misollar ishlash




    Download 0.88 Mb.
    bet9/10
    Sana19.10.2022
    Hajmi0.88 Mb.
    #27543
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Toshkent kimyo-texnologiya instituti toshkent kimyo texnologiya
    davlat-standarti-asosida-chizmalarni-taxt-qilish, Test tayyorlanishga (2), Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni, Testlar to\'plami 2021, маруза, Referat Psixologiya fanidan Mavzu Temperament va uning tiplari, Хавоканд, MInimalizm uslubining milliy uylarimizdagi muhim jihatlari, ttb 6, Исокжонов Жамшидбек 89 А 20-гурух, xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari, Саволлар Коллеж учун, betlik, 55555, lira
    6. MATLAB matematik misollar ishlash

    MATLAB dasturlash tilida boshqa dasturlash tillari kabi lotin alifbosining A dan Z gacha barcha katta va kichik harflari, 0 dan 9 gacha arab raqamlaridan foydalaniladi. Katta va kichik harflar, xuddi C++ dasturlash tilidagidek, ham o’zgaruvchi sifatida, ham ozgarmas sifatida bir-biridan farq qiladi. Lotin alifbosi harflaridan tashqari, klaviaturadagi barcha maxsus belgilardan foydalaniladi.

    Buyruqlar Enter tugmasini bosish (bir marta) orqali amalga oshiriladi. O'zgaruvchi nomi nechta va qanaqa belgi yoki belgilardan iborat bo'lishidan qat'iy nazar, lotin harflaridan boshlanib, 63 ta belgidan oshmasligi shart. Katta va kichik harflar bir-biridan farq qiladi. Agar buyruq o'zgaruvchi nomi yozilmay bajarilsa, buyruq natijasi maxsus ans (inglizcha answer-javob) o'zgaruvchisi orqali beriladi.
    Ishchi sohadagi o’zgaruvchilar haqidagi ma’lumotlarni who yoki whos buyruqlari orqali ko’rish mumkin. MATLAB da barcha ma’lumotlar matritsa yoki massiv ko’rinishida(“MATLAB” so’zi inglizcha “Matrix Laboratory”, yani “Matritsali Laboratoriya” so’zlarining qisqartirilgan ifodasidir) tasvirlanadi. Hattoki, skalyar o’zgaruvchilarni umumiy holda 1x1 o’lchovli massiv(matritsa) deb qarash qabul qilingan. Shuning uchun ham massiv va matritsalar ustida ishlash, MATLAB da samarali ishlashda muhim ahamiyatga ega.

    Massiv – bir turdagi ma’lumotlarning raqamlangan va tartiblangan to’plamidir. Massivning nomi bo’lishi shart. Massivlar o’lchovi yoki o’lchami bilan bir-biridan farq qiladi: bir o’lchovli,ikki o’lchovli, ko’p o’lchovli. Massiv elementlariga murojaat qilish indekslar orqali amalgam oshriladi. MATLAB da massiv elementlarini raqamlash bir(1)dan boshlangani uchun indekslari birga teng yoki katta bo’ladi. MATLAB da arifmetik amallar yetarlicha kengaytirilgan, hamda matritsaviy va arifmetik amallarni o’z ichiga oladi.
    Quyida arifmetik va matritsaviy amallar keltirilgan:

    Arifmеtik amallar:


    T. R

    Arifmеtik amal bеlgilari

    Arifmеtik amal bеlgilari aytilishi



    +

    Qo’shish(skalyar yoki matritsaviy)


    -

    Ayirish(skalyar yoki matritsaviy)


    *

    Ko’paytirish(skalyar yoki matritsaviy)


    /

    Bo’lish(skalyar)


    ^

    Darajaga ko’tarish(skalyar yoki matritsaviy)


    .*

    Massiv mos elementlari buyicha ko’paytirish


    ./

    O’lchovlari bir xil massiv mos elementlari buyicha bo’lish


    .^

    Massiv mos elementlari buyicha darajaga ko’tarish


    \

    Martitsaviy chapdan ungga bo’lish


    .\

    Massiv mos elementlari buyicha chapdan ungga bo’lish


    '

    Qo’shma matritsani hisoblash


    .'

    Transponerlash

    MATLAB da matematik ifodalar ma’lum bir bajarilish tartibiga asosan bajarililadi. Avval mantiqiy amallar, so’ngra arifmetik amallar: avval daraja, keyin ko’paytirish va bo’lish, undan keyin esa qo’shish va ayirish bajariladi. Agar ifodada qavslar bo’lsa, avval qavs ichidagi ifoda yuqoridagi tartibda bajariladi.





    Download 0.88 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MATLAB matematik misollar ishlash

    Download 0.88 Mb.