Bog'liq YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik
Paxta moyini rafinatsiyalash texnologiyisini takomillashtirishga iod tadqiqot ishlarining tahlili Paxta moyini ishqorning suv-spirt eritmasi bilan ishlov berish texnologiyasi
[21] ishlab chiqilgan. Ishlatiladigan ishqorning umumiy miqdoriga nisbatan 15-50%
pentanol, butanol, propanol va etil spirti ishlatilganda yaxshi samara olingan. Spirt
konsentrasiyasi 15% dan kam bo’lmagan holda rafinatsiyalanishi yaxshilanadi.
Rjexin V.P. [22] paxta moyi va missellani rafinatsiya qilishning o’ziga xos
texnologiyasini ishlab chiqgan. Bu texnologiyaga asosan past sifatli chigitlardan
olingan moy avval antranilat kislotasi bilan ishlov berishdan oldin forrafinatsiya
qilinadi. Missellani 50-70
0
C haroratda, press moyini 20-90°C da ishqor eritmasi
bilan forrafinatsiya qilinadi. Forrafinatsiya qilingan moyni avval 75-95°C haroratda
30-40 min davomida antranilat kislotasi bilan ishlanadi, keyin 25-40°C haroratgacha
sovutilib ishqoriy rafinatsiya qilinadi. Rafinatsiyalangan moy ranggi 13,5 cm li
kyuvetada 5-6 qizil birligini, rafinatsiyalangan moyning chiqishi esa o’rtacha 84%
ni tashkil qilgan. Forrafinatsiya qilinmasdan ikki marotaba rafinatsiya qilinganda esa
yaxshi natijalar olinmagan. Moy rangi 12-13 qizil birlik, chiqishi esa 72% ni tashkil
etgan xolos.
A.T.Ilyasov tomonidan rafinatsiyalangan moy chiqishi va sifatini oshirish
maqsadida monoetanolamin bilan forrafinatsiya qilish usuli tavsiya qilingan [23].
Bu usulga ko’ra qora moyga 0,5-1,0% miqdorida monoetanolamin qo’shiladi va
moyning kislota soni 3,2 martagacha kamaytirilishiga erishiladi.
Aynan shu mualliflar tomonidan qora paxta moyini karbamid eritmasi bilan
forrafinatsiya qilish ustida ham ishlar olib borilgan [24]. Aniqlanishicha, 10-20%
konsentrasiyali karbamid eritmasi bilan qora moy massasiga nisbatan 0,5-1,0%
miqdorda 45-55°C haroratda 30 minut davomida ishlov berilganda rafinatsiyalangan
moyni chiqishi va sifati oshadi.
O’simlik moylarini ishqoriy rafinatsiya qilish uchun sanoatda qo’yidagi
usullar ishlatiladi: yog’ni davriy ishlaydigan neytralizatorlarda neytrallash va
soapstokni cho’ktirish; yog’ (missella) va ishqor jadal ta’sirlashuvi reaktor-
turbulizatorlarda amalga oshiriladigan va neytrallangan yog’ni soapstokdan uzluksiz
81
holda ajratiladigan emulsion neytralizasiya; ishqor va moyni reaktor-turbulizatorda
jadal aralashtirish, keyingi jarayonlarni davriy neytralizatorda amalga oshirib
soapstokni ham davriy neytralizatorda ajratishni nazarda tutuvchi kombinasion usul.
Respublikamiz yog’-moy sanoatida odatda kombinasion usul ba’zi korxonalarda esa
emulsion rafinatsiya qo’llaniladi.
Paxta moyini ishqoriy neytrallash bo’yicha olib borilgan tadqiqot natijalari [25]
juda tanqis va qimmat natriy gidroksidni natriy alyuminatning eritmasi bilan
almashtirish samarali ekanini ko’rsatdi. Natriy gidroksidni bir qismini natriy
alyuminat eritmasi bilan almashtirish va yuqori sifatli mahsulot olish maqsadida
paxta moyini natriy alyuminat va natriy gidroksid eritmalari bilan bosqichma-
bosqich rafinatsiyalash olib borildi. Bunda, ishqoriy neytrallashning birinchi
bosqichida moyning kislota soni va moydagi hamroh moddalar ma’lum miqdorda
kamayadi, so’ngra, olingan oraliq mahsulot natriy gidroksid bilan tugal rafinatsiya
qilinadi.
Majidov K.X. va boshqalar [26] paxta moyini qayta ishlash davomiyligini
qisqartirish, rafinatsiyalangan moy unumi va sifatini oshishi hisobiga texnologik
jarayonni jadallashtirish bo’yicha tadqiqot o’tkazdilar. Bu masala paxta moyini ikki
bosqichli rafinatsiyalash texnologiyasida foydalaniladigan natriy alyuminat va
natriy gidroksid eritmalarini kuchlanganligi 0,4-2,8 A/m bo’lgan elektromagnit
maydonida ishlov berish orqali hal qilinadi. Xom paxta moyini elektromagnit
maydonda ishlov berilgan ishqor eritmasi bilan rafinatsiya qilinganda
rafinatsiyalangan moyning sifati, ozuqaviy qiymati oshishi va ishqor eritmasining
sarfini kamayishi aniqlangan.
Tadqiqot ishi[27]da xom paxta moyini keyinchalik uni gidrogenlash
maqsadida ishqoriy neytrallash texnologiyasi o’rganilgan. Xom ashyo sifatida paxta
chigitini qayta ishlab olingan qora moy ishlatilgan. Tadqiqot ishi turli xil sifat va
fizik-kimyoviy ko’rsatkichlarga ega moylarni bir vaqtda ishqoriy neytrallash
imkonini beruvchi tajriba qurilmasida olib borilgan. Xar xil kuchlanishli
elektromagnit maydoni(EMM)da kaustik soda eritmasiga dastlabki ishlov berish
yo’li bilan paxta moyini ishqoriy rafinatsiyalash texnologiyasi takomillashtirilgan.
82
Eritmaga EMM ishlov berish uchun elektromagnit apparati qo’llanilgan. Olib
borilgan tadqiqot tajribasida ijobiy o’zgarishlar kuzatilgan. Rafinatsiyalangan
moyning sifat ko’rsatkichlarini ortishi va rafinatsiyalash jarayonining texnologik
xarakteristikasini yaxshilanishi mumkinligi aniqlangan.