• TUSHUNTIRISH XATI
  • Toshkent kimyo-texnologiya instituti




    Download 245 Kb.
    bet1/9
    Sana21.02.2022
    Hajmi245 Kb.
    #17911
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    4.Эркинов майдалаш машинаси
    120, 1-amaliy ish, 7-mavzu, Guruhlar, Tarmoq texnologiyalari Savollar, Baxtiyor.uz-Talim-jarayonida-pedagogik-dasturiy-vositalar-testi, Juft regressiya, Tavsifiy statistika

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
    MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI


    «OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI» FAKULЬTETI


    «OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI» KAFEDRASI




    «Oziq-ovqat sanoatining umumiy va maxsus uskunalari » fanidan


    «Maydalash mashinasini loyihalash» mavzuidagi kurs ishining

    TUSHUNTIRISH XATI


    «Oziq-ovqat xavfsizligi»
    kafedrasi mudiri dots. Choriyev A.J.
    Rahbar: ass. Samadov O.B.

    Bajardi: 36-15 guruhi talabasi


    Erkinov Sherzod
    Baxtiyor o'g’li
    TOSHKENT – 2019
    MUNDARIJA




    Kirish




    -3

    1.

    Texnologik qurilmalar strukturasi va sinflanishi




    -5

    2.

    Xom ashyoni maydalashda ishlatiladigan mashinalar




    -15

    3.

    361 markali maydalash mashinasi




    -17

    4.

    Maydalash mashinasining hisobi




    -18

    5.

    Texnologik qurilmalarni asosiy ko‘rsatkichlari va ularga qo‘yiladigan talablar




    -19




    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati




    -27


    K I R I SH

    Konserva sanoatining ishlab chiqarish quvvatini oshirish, assortiment xilini kengaytirish, meva-sabzavot mahsulotlarini sifatini yaxshilash ilmiy-texnik rivojlanishning o‘sishi bilan bevosita bog‘liq.


    Meva-sabzavot konservalarini ishlab chiqarishdagi ilmiy-texnik rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir:
    - xom-ashyoni yig‘ib olishdagi texnikani va texnologiyasini mukammallashtirish;
    - sanoat miqyosida qayta ishlash uchun xom ashyoni tashish va saqlash;
    - yarimtayyor mahsulotlarni aseptik holda konservalash va saqlashning texnologiyasini va jixozlarini yaratish va tatbiq etish;
    - meva-sabzavotlarni mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan liniyalarda kompleks ravishda qayta ishlash;
    - tayyor mahsulotning sifatini yaxshilash va energiyani kam sarflash maqsadida davriy sterilizatsiyalash texnikalarini mukammallashtirish;
    - modul tamoyili asosida yuqori darajada mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan konservalar ishlab chiqaruvchi komplekt liniyalarni yaratish va tatbiq etish.
    Sanoat miqyosida qayta ishlash uchun yig‘ishtirilgan xom ashyo ko‘p vaqtda mexanizatsiyalashgan holda yig‘iladi. Unda xom-ashyo tarkibida ko‘p miqdorda turli xil aralashmalar (tuproq, kesak, qum, tosh va boshqalar) qo‘shilib ketadi, bunday mahsulotlarni qayta ishlash uchun yuvish jarayoni katta ahamiyatga ega. SHuning uchun yuvish mashinalarini suv va energiyani tejamlaydigan qilib mukammallashtirish ham hozirgi kuning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashni tezlashish uchun shisha taralarni yuvish jarayonini mexanizatsiyalash lozim. Bu jarayondagi mehnat sarflanishi kamaytirish maqsadida taralarga kompleks sanitar ishlov beruvchi uskunalar ishlab chiqarishi va tatbiq etishi rejalashtirilmoqda.
    Umuman olganda konserva korxonalarini quvvatini ko‘tarish va ish unumdorligini oshirishda qurilmalarning ahamiyati kattadir.
    Konservalash sohasida ishlatiladigan qurilmalar va uskunalar moshinasozlik sanoati tomonidan ayrim-ayrim holda yoki uzluksiz ish jarayonini bajaruvchi liniyalar sifatida tayyorlaniladi.
    Bugungi kunda konserva korxonalarida juda ko‘p chet el liniyalaridan foydalanilmoqda. Ulardagi ishlab chiqarish jarayonlari shunday tashkil qilinganki, ularga kiritilgan xom-ashyo jarayon oxirida qadoqlangan holdagi tayyor mahsulot o‘rinishida qabul qilinadi. Masalan, Italiyaning va SHveysariyaning «Tetra-Pak» liniyalari yoki Amerika va Avstraliyadan keltirilgan aseptik holda qadoqlovchi liniyalar.
    SHunday qilib, konservalash sohasini mashina va qurilmalari qatori kundan-kunga ko‘paymoqda, eskirgan, hozirgi kunda ishlatish uchun noqulay bo‘lgan katta quvvatli qurilmalar o‘rnini yangi, zamonaviy, bugungi kunning talabiga javob beruvchi uskunalar egallamoqda.



    Download 245 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 245 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent kimyo-texnologiya instituti

    Download 245 Kb.