IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR VA TIZIMLAR FANIDAN TALABA MUSTAQIL ISH MAZMUNI




Download 43.21 Kb.
bet2/5
Sana02.11.2023
Hajmi43.21 Kb.
#93101
1   2   3   4   5
Bog'liq
IAKTT fanidan mustaqil ish kursatmasi

1. IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR VA TIZIMLAR FANIDAN TALABA MUSTAQIL ISH MAZMUNI
1.1. Mavzuni mustaqil oʻzlashtirish
Mustaqil ta‘lim talabaning bajaradigan ilmiy-ijodiy izlanishi bo‘lib, axborot tizimlari fanidan o‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida auditoriyadan tashqarida mustaqil ravishda to‘laroq o‘zlashtiradi va mavzuni belgilangan shaklda rasmiylashtiradi.
Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini koʻrsatish lozim.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda oʻquv adabiyotlaridan, jumladan, axborot tizimlarini sohalarda joriy etishning boshlang’ich manbai boʻlgan huquqiy va meyoriy xujjatlardan foydalanib ushbu mavzuni ilmiy-ijodiy jihatdan yondashgan holda, tayanch iboralarning mohiyatini tushungan holda mavzuni rejalashtiradi va uni asosli yoritib beradi. Zarur hollarda (oʻzlashtirish qiyin boʻlsa, savollar paydo boʻlsa, adabiyotlar etishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k.) oʻqituvchidan maslahatlar oladi.
Talaba tomonidan mustaqil ta’limni tayyorlash algoritmi:

  1. Har qanday ishni boshlashdan avval amalga oshirilishi lozim boʻlgan faoliyatni qat’iy shakllantirib olinadi;

  2. Mavzu rejasi yoki grafik tuzilishi yaratib olinadi;

  3. Bu ishni nima uchun bajarilayotganli, va nima uchun zarurligi toʻg’risida keng ijodiy mulohaza qilinib ahamiyati va mohiyati aniqlanadi;

  4. Mavzu mazmun va mohiyatini izohlashi uchun zarur boʻlgan asosiy tushunchalarni ajratib olinadi;

  5. Maqsadga erishish mumkin boʻlgan yoʻllari tahlil etiladi va baholanadi;

  6. Barcha sharoitlarni baholagan holda eng yaxshi varianti tanlanadi;

  7. Amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishning oraliq bosqichlari belgilab olinadi va har bir bosqichini bajarish muddati qat’iy belgilanadi;

  8. Matnga oʻrganilayotgan ob’ektni tavsiflab beruvchi qoʻshimcha ma’lumotlar kiritiladi;

  9. Rejani amalga oshirishda oʻz faoliyatini nazorat qilib boriladi va yuqoridagi ketma-ketlikka amal qilinadi. Olingan natijalarni e’tiborga olib bajarilishi zarur boʻlgan reja qayta tahrirlanadi, ya’ni, oʻqituvchi bilan teskari aloqa jarayoni amalga oshiriladi;

  10. Ish yakunida uning natijalarini tahlil etilib, qoʻyilgan maqsadga mos kelishi baholanadi;

  11. Mustaqil ish belgilangan muddatda oʻqituvchiga topshiriladi va himoya qilinadi.

Mustaqil oʻzlashtirilgan mavzu boʻyicha ishlanma qog’ozli va elektron koʻrinishda tayyorlanadi va bevosita oraliq nazorat vaqtigacha yoki auditoriya mashg’ulotidan soʻng himoya qilingan holda topshiriladi .

Download 43.21 Kb.
1   2   3   4   5




Download 43.21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR VA TIZIMLAR FANIDAN TALABA MUSTAQIL ISH MAZMUNI

Download 43.21 Kb.