Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
boshqa ijodiy soha sub’ektlarini kiritish mumkin. Raqamli innovatsion faoliyatning
yetakchi sub’ektlariga esa innovatsion g’oyalarni konkret loyihalarga
aylantiradigan va buning natijasida foyda ko’rinishidagi moliyaviy natija oladigan
tijoriy tashkilotlarni kiritish mumkin. Shuning uchun raqamli innovatsion
tadbirkorlik faoliyatining sub’ektlariga mulk ko’rinishidan qat’iy nazar, ilmiy-
tekshirish va loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, iqtisodiyotning turli sohalaridagi
korxona va tashkilotlar hamda oliy o’quv yurtlari ham kiradi. Raqamli innovatsion
faoliyatga hizmat ko’rsatuvchi sub’ektlarni esa alohida guruhga ajratish mumkin.
Xuddi shular raqamliinnovatsion infratuzilmaning elementlari hisoblanadi.
Raqamli innovatsion faoliyat sub’ektlari o’zlarining xududiy ko’rsatgichlariga
ko’ra, asosiy funktsiyalariga ko’ra, tashkiliy elementlariga ko’ra, innovatsion
jarayonning tugallanganligiga ko’ra va bilimlar yaratish jarayoniga ko’ra
farqlanishlari mumkin. Yuqori darajada ilmiy bilimlar talab qiladigan va murakkab
innovatsion g’oyalarning amalga oshirilish jarayonida quyidagi turdagi tadbirkorlik
tashkilotlari birlashmalari muhim ahamiyat kasb etadi: konsortsiumlar, kontsernlar,
holding-kompaniyalar, moliya-ishlab chiqarish guruhlari, assotsiatsiyalar va
huquqiy shaxslar birlashlamalari. Bunday birlashmalar ichida asosiy ahamiyatni
yirik raqamliinnovatsion loyihalarni amalga oshira oladigan