Korxonalar faoliyatining muhim ko‘rsatkichlari




Download 50.09 Kb.
bet7/8
Sana28.02.2023
Hajmi50.09 Kb.
#43827
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Иктисод Тахлил Каримова Г
1653896170, 4a647e70537b814c832b945c7a7e9036, ГРАФИЧЕСКАЯ РАБОТА № 4 Umida, Umida prizentatsiya, 307- guruh talabasi Turopov Ibrohim-4, Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va davlatning inqirozga qarsh, Taqdimot yaratishning zamonaviy vositalari va ta’lim jarayonida qo‘llanilishi., 138, ingiliz-tili-mustaqil-ish-23-varyant(1), Elektr mashinalar va elektr yuritma asoslari, 3-mavzu. Metrik fazo, Favqulodda vaziyatlarda tez tibbiy yordam asoslari (Y.Allayorov, Y.Tojiboyev), Metrologiya 3-topshiriq, Mikroprotsessor 3-amaliy topshiriq
Korxonalar faoliyatining muhim ko‘rsatkichlari

Ko‘rsatkichlar

Korxonalar

Qatorlar bo‘yicha o‘rtacha, xi

O‘rtacha kvadratik tafovut,i

1

2

3

4

5

6

Joriy likvidlik koeffitsiyenti

2

1,76

2,12

1,7

1,6

2,24

1,90

0,57

Sotish rentabelligi

23,3

27,5

30,8

29,2

25,8

28,3

27,50

5,9

TMZ aylanuvchanligi, kunda

55,1

44,0

46,6

39,2

32,3

36,0

42,22

18,3

Mahsulot sotishdan sof tushum, ming so‘m

153 750

232 500

236 250

255 000

192 500

167 500

206 250,00

91 719,7



Ko‘rsatkichlar

Korxonalar

1

2

3

4

5

6

Joriy likvidlik koeffitsiyenti

3

4

2

5

6

1

Sotish rentabelligi

6

4

1

2

5

3

TMZ aylanuvchanligi, kunda

6

4

5

3

1

2

Mahsulot sotishdan sof tushum, ming so‘m

6

3

2

1

4

5

O‘rinlar yig‘indisi

21

15

10

11

16

11

«O‘rinlar yig‘indisi» usulida reyting baholashning mohiyati shundaki, bunda baholanayotgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha korxonalarning egallagan o‘rinlarining yig‘indisi eng kichik bo‘lgan korxona eng yuqori reytingga ega bo‘ladi va aksincha. Buning mazmuni shundaki, barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha birinchi o‘ringa intilgan sonlar yig‘indisi eng kichik son bo‘ladi hamda bu barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng yaxshi pozitsiyadagi korxonaga tegishli bo‘ladi.


Korxonalar moliyaviy holatini taksonometrik usulda baholash uchun berilgan ma’lumotlarni quyidagi X matritsa ko‘rinishida ifodalaymiz

X=

2

1,76

2,12

1,7

1,6

2,24

23,3

27,5

30,8

29,2

25,8

28,3

55,1

44,0

46,6

39,2

32,3

36,0

153 750

232 500

236 250

255 000

192 500

167 500

X matritsaning har bir elementini qator bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan farqini o‘rtacha kvadratik tafovutga bo‘lib, Z matritsani hosil qilamiz.

Z=

0,18

-0,25

0,39

-0,35

-0,53

0,60

-0,71

0,00

0,56

0,29

-0,29

0,14

0,70

0,10

0,24

-0,17

-0,54

-0,34

-0,57

0,29

0,33

0,53

-0,15

-0,42

Etalon korxona Ze = (Z1e, Z2e, Z3e, Z4e) = (0,60; 0,56; -0,54; 0,53). Etalon Z matritsaning har bir qatoridagi eng yaxshi ko‘rsatkichlardan tashkil topgan. Shuni ta’kidlash kerakki, etalon sifatida joriy likvidlik koeffitsiyenti, sotish rentabelligi va mahsulot sotishdan sof tushum ko‘rsatkichlari bo‘yicha qatordagi eng katta miqdorlar olingan. Chunki bu ko‘rsatkichlarning yuqori bo‘lishi barqaror moliyaviy holatni aks ettiradi. Aksincha, kun hisobida tovar moddiy zaxiralar aylanuvchanligi ko‘rsatkichining eng kichik miqdori aylanishning tezligidan dalolat beradi. Shuning uchun bu ko‘rsatkichning eng kichik miqdori etalon sifatida olingan.


O‘rganilayotgan korxonalarning ko‘rsatkichlarini “Z” etalon korxona ko‘rsatkichlaridan farqlarining kvadratlari yig‘indisini hisoblash asosida korxonalarning reyting ko‘rsatkichlarini aniqlaymiz:
R1 = (0,18-0,60)2 + (-0,71-0,56)2 + (0,70-(-0,54))2 + (-0,57-0,53)2 = 4,56
R2 = (-0,25-0,60)2 + (0,0-0,56)2 + (0,1-(-0,54))2 + (0,29-0,53)2 = 1,49
R3 = (0,39-0,60)2 + (0,56-0,56)2 + (0,24-(-0,54))2 + (0,33-0,53)2 = 0,69
R4 = (-0,35-0,60)2 + (0,29-0,56)2 + (-0,17-(-0,54))2 + (0,53-0,53)2 = 1,12
R5 = (-0,53-0,60)2 + (-0,29-0,56)2 + (-0,54-(-0,54))2 + (-0,15-0,53)2 = 2,45
R6 = (0,60-0,60)2 + (0,14-0,56)2 + (-0,34-(-0,54))2 + (-0,42-0,53)2 = 1,13
Bunda, Z etalon korxona ko‘rsatkichlariga eng yaqin bo‘lgan, ya’ni ko‘rsatkichlar tafovuti eng kichik korxona yuqori reytingga ega deb baholanadi.
Demak, aniqlangan reyting ko‘rsatkichlari ichida eng kichik qiymatga ega bo‘lgan korxona (3-korxona) 1-o‘rinda va, aksincha eng katta qiymatga ega bo‘lgan korxona (1-korxona) reytingi eng past deb baholash mumkin. Korxonalarning moliyaviy holati va investitsion jozibadorligi bilan qiziquvchi subyektlarning axborotga bo‘lgan talabini yanada to‘liqroq qondirish uchun yanada ko‘proq ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish mumkin. Bunda har bir axborotdan foydalanuvchining qiziqishidan kelib chiqib u yoki bu ko‘rsatkichlarni baholash asosida boshqaruv, investitsion va moliyaviy qarorlarni qabul qilishga asos bo‘ladigan xulosalarga ega bo‘lish mumkin. Shuningdek, korxonalar moliyaviy holatini reyting baholashda ularning tarmoq xususiyati, raqobatdagi o‘rni, boshqaruv apparatining kompetentligi va boshqa omillar hisobga olinishi zarur, deb hisoblaymiz. O‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning ahamiyatlilik darajasi ham reyting bahosini o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, investitsion va moliyaviy qarorlarning samaradorligini oshirish uchun moliyaviy holatni reyting baholashda imkon qadar (korxona moliyaviy holati va investitsion jozibadorligini har taraflama baholash imkonini beruvchi) ko‘proq ko‘rsatkichlardan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Shuningdek, korxonalarni moliyaviy holatini reyting baholashda ko‘rsatkichlar quyidagi talablarga javob berishi lozim, deb hisoblaymiz:
Korxona moliyaviy barqarorlik holatini aniq aks ettirishi hamda maksimal axborot berish xususiyatiga ega bo‘lishi;
Barcha ko‘rsatkichlar aniq miqdoriy o‘lchamga va normativlarning kamida minimal darajasiga ega bo‘lishi;
Faqat korxonaning ommaviy buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida hisoblanishi;
Korxonani zamon va makon bo‘yicha reyting baholash imkonini berishi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy qilish sharoitida korxonalarning investitsion jozibadorligi va ularning moliyaviy holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga talab yanada ortadi. Bunday axborot samarali boshqaruv, investitsion va moliyaviy qarorlar qabul qilishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Korxonalar moliyaviy holati va investitsion jozibadorligini kompleks baholash uslublarini takomillashtirish asosida boshqaruv qarorlarining samaradorligi ortib, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlari aniqlanadi1.



Download 50.09 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 50.09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxonalar faoliyatining muhim ko‘rsatkichlari

Download 50.09 Kb.