• Amnion pardani barmoq bilan ajratish
  • Tug’ruqdan kеyingi rеabilitatsiya.
  • 4.2. Taxliliy qism.
  • Toshkent tibbiyot akademiyasi




    Download 9.59 Mb.
    bet14/21
    Sana10.04.2017
    Hajmi9.59 Mb.
    #4340
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
    Bishop shkalasi




    0

    1

    2

    3

    Bachadon bo’yinchasi uzunligi

    4 sm

    2-4 sm

    1-2 sm

    1sm

    Bachadon bo’yinchasi konsistensiyasi

    qattiq

    o’rtacha

    Yumshoq




    Bachadon bo’yinchasi ochiqligi

    1 sm

    1-2 sm

    2-4 sm

    4 sm

    Bachadon bo’yinchasining chanoq o’qiga nisbatan joylashishi

    siljigan

    Markazlashgan







    Homila old keluvchi qismining interspinal chiziqqa nisbatan xolati

    -3

    -1

    +1

    +2

    Tug’ruq yo’llari tug’ruq induksiyasiga tayyor bo’lmasa bachadon bo’yinchasini etiltirish amalga oshiriladi: Glandin 3 mg qinning orqa gumbaziga qo’yiladi.

    Amnion pardani barmoq bilan ajratishning eng oddiy usuli steril qo’lqop kiyilgan barmoqqa antiseptic krem surilgan barmoqni servikal kanalga kiritish sanaladi. Tajribali shifokor yoki doya tomonidan o’tkazilgan muolaja noqulaylik tug’dirmaydi. 40 haftadan so’ng o’tkazilgan muolaja tug’ruq induksiyasi sonini 2 baravar kamaytirib, 38-40 haftalik muddatda deyarli tug’ruqlar tezligiga ta’sir qilmaydi. Tug’ruq induksiyasini … o’tkazishdan avval amnion pardani barmoq bilan ajratish taklif etiladi. Bu masala dastlab muhokama qilinayotgan vaqtda ayolga quyidagilarni tushuntirish lozim:

    Bu muolaja – ona yoki bolaning infeksiya bilan zararlanish ehtimolini oshirmaydi;



    • Ko’ruv vaqtida biroz noqulaylik va qonli ajralmalar kuzatilishi mumkin.

    Amniotomiya ( qag’onoq pardani sun’iy yorish) oddiy muolaja bo’lib, uni bajarishga sharoit

    bo’lganda ikkinchi kishi yordamisiz tugruq induksiyasi uchun o’tkazilishi mumkin. Amniotomiya farmakologik ta’sirdan chetlashishga yordam beradi. Bu an’anaviy usul sanaladi. Old qag’onoq suvlari oddiy ilmoq (Amnihook (EMS Medical Group)) Koxer qisqichlari juftlari yoki maxsus amniotomiya qisqichlari bilan o’tkaziladi. Tanlangan asbob steril xolatda ko’z nazoratid qinga kiritilib qag’anoq pardani yoriladi, bunda qag’onoq suvlari oqishi kuzatiladi. Shundan so’ng qag’onoq suvlarining rangi va miqdorini baholash hamda homilaning yurak urishini eshitish lozim. Bu asoratlarning oldini olishga yordam beradi. KTG alohida xolatlarda tavsiya qilinadi.

    Amniotomiya boshqa zamonaviy usullar imkoni bo’lmaganda o’tkaziladi.

    Amniotomiya natija bermaganda albatta oksitosin qo’llash lozim. Oksitosinning 10 XB miqdori 400 ml izotonik eritmada eritilib 1 min.da 5-6 tomchidan v/i ga yuboriladi, keyin har 5 daqiqada 5 tomchidan qo’shib boriladi va 1 daqiqada 40 tomchigacha yetkaziladi, va/yoki 10 daqiqada 3-4 ta to’lg’oq bo’lguncha.

    Prostaglandin Е2 (PRG2) gеl yoki pеssariylar ko’rinishida intravaginal yoki intrasеrvikal qo’llaniladi.

    25 mkg preparat saqlovchi mizoprostol tabletkalari CCYuT dori vositalarining asosiy ro’yhati(reestri)ga kiritilgan. Kichik dozadagi ( 25 mkg har 6 soatda ) mizoprostolni qo’llash yuqori dozadagisi ( 25 mkg har 3 soatda )dan ko’ra samarasi kamroq, biroq bunda bachadon giperstumulyasiyasi kamroq kuzatiladi. Ko’p mamlakatlarda u bu maqsadda ro’yhatdan o’tkazilmagan.

    Tug’ruq induksiyasining asoratlari:


    • Giperstimulyasiya – bachadon yorilishi

    • Homila ahvolining yomonlashuvi

    • Bachadon atoniyasi bilan bog’liq qon ketishi

    • Kindik tizimchasining tushib qolishi

    • Yo’ldosh ko’chishi

    • Infeksiya

    • Instrumental tug’ruqlar sonining ortishi.

    Muddatidan o’tgan homiladorlik boshqa asoratlar – birinchi tug’uvchining katta yoshdaligi, katta homila, homilaning chanoq bilan old kelishi, og’irlashgan akusherlik va ginekologik anamnezi hamda boshqalar bilan qo’shilib kelganda rejali kesar kesish usuli tanlanadi.

    Tug’ruqdan kеyingi rеabilitatsiya.

    Anamnеz ma'lumotlarini hisobga olgan holda dispansеr kuzatuvi;

    UTT;

    Hayz sikli va endokrin buzilishi mavjud bo’lgan ayollarda gormonal faoliyatni o’rganish uchun funksional diagnostika tеstlari ( bazal haroratni o’lchash, “qorachiq” simptomi va boshqalar);



    homiladorlikdan tashqari vaqtda sog’lomlashtirish va kеyingisini rеjalashtirish uchun boshqa mutaxassislar (akushеr-ginеkolog, endokrinolog, tеrapеvt, mеd-gеnеtik) maslahatiga yuborish;

    K o’rsatma va qarshi ko’rsatmalarni hisobga jlib kontrasеptiv vositalarni qo’llash.



    4.2. Taxliliy qism.


    Download 9.59 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




    Download 9.59 Mb.