|
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti "tasdiqlayman"Bog'liq 1-kompyuter-grafikasi-asosiy-majmua3Kompyuterda
cheksiz
to‘g‘ri
chiziq
chizish
bo‘yrug‘i
va
undan
foydalanish algoritmi
1. «Прямая» - cheksiz to‘g‘ri chiziq chizish buyrug‘ining
tugmasi «Sichqon»
yordamida yuklanadi. Shunda, muloqotlar qatorida quyidagi so‘rov paydo bo‘ladi:
Bu so‘rovga nuqta ko‘rsatiladi va unda to‘g‘ri chiziq chizilib qoladi. Undan kursorni ketma-
ket siljitib, har bir vaziyatida «Sichqon»ning chap tugmasini yuklab cheksiz to‘g‘ri chiziqlar dastasi
chiziladi, (2- rasm).
Gorizontal chiziqlar dastasini chizishning ikki hil usulini ko‘rib chiqaylik. 1). Gorizontal
chiziq ihtiyoriy chiziladi. Chiziq belgilanadi, hosil bo‘lgan o‘rtadagi nuqtani kursor bilan belgilab,
klaviaturadan «Ctrl» tugmasi bosiladi. Bu amalni takror va takror bajarib, gorizontal to‘g‘ri
chiziqlar dastasi yasaladi, (24-rasm a).
2). To‘g‘ri chiziq buyrug‘i yuklanib, ekranning ihtiyoriy joyiga quyilib, «G» «ENTER»
bosiladi. Shunda, ekranda gorizontal to‘g‘ri chiziq kvadrat nishoncha bilan paydo bo‘ladi. Uning
o‘sha vaziyatini «Sichqon»ning chap tugmasi bilan qayd etib gorizontal chiziq chiziladi. Bu
nishonni tepaga yoki pastga ixtiyoriy masofaga siljitib, «Sichqon» bilan qayd etiladi va natijada
ikkinchi gorizontal chiziq chiziladi. Bu amalni qayta - qayta takrorlab, gorizontal to‘g‘ri chiziqlar
dastasi yasaladi, (1- rasm b).
a) 1- rasm b)
Agar, vertikal chiziqlar dastasi chiziladigan bo‘lsa, to‘g‘ri chiziq piktogrammasi yuklanib
«V» harfi teriladi va «Enter» bilan qayd etiladi. YUqoridagi amalni takrorlab, vertikal to‘g‘ri
chiziqlar dastasi yasaladi, (-rasm b).
Agar, og‘ma chiziqlar dastasi chiziladigan bo‘lsa, «U» harfi teriladi va «Enter» bilan qayd
etiladi. Shunda muloqatlar oynasida «Burchak qiymatini kiriting so‘rovi» paydo bo‘ladi. Bu
so‘rovga javoban burchak masalan 45 «Enter» kiritiladi. Shunda, ekranda gorizontal to‘g‘ri
chiziqqa 45° burchak ostida og‘ma to‘g‘ri chiziq kvadrat nishoncha bilan paydo bo‘ladi.
Mazkur vaziyatdagi chiziqni «Sichqon»ning chap tugmasi bilan qayd etib, og‘ma chiziq
chiziladi. Bu nishonni pastga yoki yuqoriga ixtiyoriy masofaga siljitib, «Sichqon» bilan qayd etiladi
va natijada ikkinchi og‘ma chiziq chiziladi. Bu amalni bir necha bor takrorlab gorizontal to‘g‘ri
chiziqqa 45° joylashgan og‘ma to‘g‘ri chiziqlar dastasi yasaladi, (2-rasm).
|
| |