II.BOB.RANGTASVIR MASHG‘ULOTLARIDA MANZARA ISHLASH ORQALI O‘QUVCHILARNING IJODIY QOBILYATLARINI SHAKILLANTIRISH




Download 4.5 Mb.
bet7/11
Sana14.11.2022
Hajmi4.5 Mb.
#30225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
fakhriddinova malohat
2.2. Elektron mikroskopiyadan olingan makromolekulyar tuzilmalar., malumotlarni internetda chop etish asoslari, Pedagogika.Psoxologiya (DARSLIK), Ii. Bob maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida mi, итог педагогика, Зияева М.Ф. Гинекология. 2-нашри, Problems of compiling written speech exercises, ATMOSFERA HAVOSI SUV TUPROQNING NOMUVOFIQ OMILLARINI GIGIYENIK REGLAMENTLASHGA, 1699683220, 1-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari (2 soat)-fayllar.org, 1. Yarim o’tkazgichlarda elektr toki p-n o’tish, 12-mavzu. Korxonaning innovatsion faoliyat, 2-mavzu O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va boshqa kredit m, 2 Elektr tokining asosiy xarakteristikalari. Om qonuni. Tokning -fayllar.org
II.BOB.RANGTASVIR MASHG‘ULOTLARIDA MANZARA ISHLASH ORQALI O‘QUVCHILARNING IJODIY QOBILYATLARINI SHAKILLANTIRISH. (Kuz manzarasi misolida)
2.1. Tasviriy san’at darsida “Kuz manzarasi” mavzusida kompozitsiya ishlashning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari.
Tasviriy san’at darslarida “Kuz manzarasi” mavzusida kompozitsiya ishlashning o‘ziga xos psixologik xususiyatlarini o‘rganish tasviriy san’at nazariyasidagi yangi yo’nashlish deb qarash mumkin. U tasviriy san’at olamida yaratilgan san’at asarlarini “Badiiy his qilish psixologiyasi” bilan uyg‘un holda o‘rganiladi. “Kuz manzarasi” mavzusidagi san’at asarlarini juda ko‘plab rassomlar ijodida kuzatish mumkin.
Ma’lumki, badiiy asarlar go‘zallik qonuniyatlari asosida yaratiladi. Tashkil etuvchi qismlardan – ritm, simmetriya, proporsiya (shakl) va boshqalar maxsus bo‘limga ajratilib, izohlab chiqilgan Mazkur bitiruv malakaviy ishi uchun “Kuz manzarasi”da ishlangan kompozitsiya tasviriy san’atning manzara janrida ishlangan bo‘lib, ushbu asar har bir inson ruhiyatini tabiatga yaqinlashtiradi.
Ular odatda, san’at nazariyasida ifoda, badiiy va kompozitsion vositalar, xususan, kompozitsiya, nur va soya, kontrast, simmetriya, nisbat, plastiklilik, ritm, tonallik, dinamika, hajmlilik, arxitektonika, uyg‘unlik deb yuritiladi.
Badiiy ijodiyotning ko‘p asrlik tajribasi kompozitsiyaning bir qator qonuniyatlari ishlab chiqishga sharoit yaratib berdi. Ularga amal qilgan holda estetik betartiblikga oson erishilmoqda. “Kuz manzarasi” mavzusida ishlangan kompozitsiyadagi tabiatdagi yaxlitlik, simmetriya va ritm qoidalari o‘ziga xos bo‘lgan qonuniyatlar hisoblanadi. Xuddi shu xususiyatlari boshqa- boshqa san’at asarlaridan alohida ajratib turadi. Yaxlitlik asarning uyg‘unligi, tugallanganligi va konstruktiv aniqligini namoyon qiladi.
Manzara janrida yaratilgan har qanday san’at asarlarini his qilish jarayonini kompozitsiya tushunchasisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
“Kuz manzarasi” mavzusida ishlangan kompozitsiyaning o‘ziga xos psixologik xususiyatlaridan biri – unda tasvirlangan tabiat unsurlarini, borliqni butun psixik jarayonlar orqali his qilish bilan zavq olishdir. Kompozitsiyaning asosiy xususiyatlari– mantiqiylik, shakl aniqligi hamda qismlar mutanosibligidadir.
“Kuz manzarasi” mavzusida ishlangan kompozitsiyada barcha kompozitsion, badiiy va ifodaviy vositalar mavjuddir. Ushbu san’at asariga oid psixologik xususiyatlarni bilmasdan, uning mazmunini, mohiyatini badiiy his qilish xususiyati haqida muhokama yuritish qiyindir.
Rangtasvirning asosiy vositalari moy buyoqlar bo‘lib, ular yordamida ushbu manzara janridagi kompozitsion asar yaratildi Rang “Kuz manzarasi” mavzusidagi kompozitsiyasini badiiy his qilish psixologiyasida bosh vazifani bajaradi. Rangni his qilish jismoniy va ruhiy (psixologik) xususiyatlarga bog‘lik bo‘lgan murakkab jarayondir.
Zamonaviy san’atshunoslik ikki sifatli darajani belgilaydi. Birinchisi – rangni sezish va uni badiiy qabul qilish. Ikkinchisi - rang hissiyoti tushunchasiga ham bog‘liqdir. Rangni sezish – eng sodda psixologik jarayon bo‘lib, uni badiiy his qilish psixologik tartibning bir qator qonunlariga asoslanadi. Rang hissiyoti emotsional va estetik sohalarga tegishli. Rangni qabul qilish ko‘zning holati, tomoshabinning ruhiy holati, yoshi, bilan belgilanadi. “Ko‘z - astrologiyaning asosi hisoblanib, u kosmografiyani yaratadi, u insonlar yaratayotgan san’atni o‘z maslahatlari bilan kerakli yo‘lga yo’naltiradi” – deb yozgan edi Leonardo da Vinchi o‘zining “Rangtasvir haqidagi manbasida”.“Kuz manzarasi” mavzusidagi kompozitsiyada foydalanilgan ranglardagi asosiy farq ochlik, rang tusi va to‘yinganligida bo‘lib, rang dog‘i shu orqali xarakterlanadi. Ranglar aralashuvi kompozitsiyaning mohiyatini ochishda alohida ahamiyatga ega. Tabiatda toza rang yo‘q, barcha ranglar aralashadi. Kompozitsiyada kontrast usulidan foydalanildi. Kontrast – bir-biridan keskin farq qiluvchi tasavvur va omillarning qarama – qarshi qo‘yilishidir. Kontrastning mohiyati shundaki, bir-biriga keskin qarama - qarshi bo‘lgan buyumlar (predmet) yoki holatlar birgalikda yangi tuyg‘u va hissiyotlarni uyg‘otadi. Rangtasvir san’atida kontrast universal vazifani bajaradi. Kontrastning ramziyligidan ma’lum bir dunyoqarash, mazmunni ochib berish maqsadida foydalaniladi.Kontrast shakl yasovchi elementdir, u (bezakdorlik) dekorativlilik xususiyatlarini yaratishda ishtirok etadi. U nur – soya o’yini, chiziqli perspektiva bilan birga fazoviy chukurlikni yaratishga ko’mak beradi. Rang uyg’unligi, kolorit, nur – soya kontrastni o’z ichiga oladi. Kontrast ikki turi bulib – tabiiy-ilmiy aspektlar yordamida o’rganilib, hodisalarni psixofiziologik va estetik nuqtai nazardan bajariladigan tabiiy-ilmiy,hamda badiiy ifodalilik vositalari tizimida kontrastning o’rni aspektlarga bo’linadi.
Rang hissiyoti deganda – rangni murakkab his etish jarayonini boyitish tushuniladi, bunda nafaqat rangning doimiy xususiyatlari xaraktiristikasi, balki rang bilan bog‘lik tasavvur, timsol, o‘xshatma (assotsiatsiyalar)larning murakkab tizimi talqin etiladi.
Rang uyg‘unligi mutanosibligi, muvozanat, hamohanglik kabi sifatlar bilan belgilanadi. Qonuniyat uyg‘unlikning bosh belgisi hisoblanadi. Ushbu qonuniyatlar tufayli tomoshabin ranglar majmuasini tartibga solingan estetik – ijobiy jamlanma sifatida qabul qiladi. Rang timsollarning ruhiy (emotsional) xarakteristikasini yaratishda qatnashadi.
Rangni his qilishda hissiyotlar turli xil bo‘ladi. Umuman bu kayfiyat – xursandchilik, qayg‘u, iztirob, quvnoqlik hissiyotlardan iborat.
Rangni badiiy his qilishga hamrohlik qiluvchi yana bir hissiyotlar (emotsiyalar) – vazn, harorat, fakturaga bog‘lik bo‘ladi. Va nihoyat ushbu “Kuz manzarasi” mavzusidagi kompozitsiyada rang ramziyligini oladigan bo‘lsak, u orqali nafaqat estetik, balki dunyoviy mazmundagi ifodaviylikka erishish mumkin. San’atshunoslik adabiyotida yashildan to qizilgacha bo‘lgan ranglar – iliq ranglar majmuasiga kiradi. Boshqalari esa, ya’ni moviydan och qizilgacha – sovuq ranglar majmuasiga kiritiladi. Yashil rang-betaraf (neytral) hisoblanadi. Xarbiy Yevropaning rangni his etish psixologiyasida ishlab chiqilgan ranglar ramzini O‘rta Osiyoda XX asrning oxirida paydo bo‘lgan ranglar ramzi bilan taqqoslash qiziqarlidir.
Taniqli nemis shoiri Gyotening so‘zlariga ko‘ra, ko‘z yashil rangdan lazzatlanadi. Sariq rang jozibali bo‘lib, u iliq taassurotlar va xush kayfiyatlilik uyg‘otatadi. Ko‘k rang esa soya – salqinni eslatib, tanada sovuqlikni hosil etadi. Qizil rang jiddiylik, obro‘ bilan bir qatorda, joziba va nazokatlik haqida taassurot beradi. G‘arbiy Yevropada yashovchi inson ranglarni mana shunday qabul qiladi.
O‘rta Osiyo aholisi, sufizm falsafasiga asoslanuvchi musulmonlar esa ranglar ramziyligiga o‘zgacha yondashishgan. Rang nazariya semantikasi nuqtai nazaridan qiziqarlidir.
Tojik olimi A.Qurbonmamadov olib borgan tadqiqotlarga ko‘ra, agarda so‘fiy ilohiy go‘zallikka cho‘mish holatida bo‘lsa, u qora rangli kiyimda bo‘lishi kerak, agarda u ilohiy yuksaklikka cho‘mish holatida bo‘lsa oq rangli kiyimda bo‘lishi lozim. Shuningdek ular ko‘k, sariq va boshqa ranglardagi kiyimlarni ham kiyishgan. So‘fiylar nazarida rang mistik quvvatga ega bo‘lib, u e’tiqod qiluvchilarga ham ruhan, ham jismonan ta’sir o‘tkazgan. Oq rangni ular soflik, tozalik, pokizalik, ko‘ngilochar ramzi sifatida qabul qilganlar.E’tiqod qiluvchilar oq rangni beg‘ubor, dunyo ne’matlaridan voz kechish ramzi deb bilganlar.Qora rang sufizmda inson ongi anglab yeta olmaydigan qandaydir yashirin bir sir ramzini anglatgan. Qora rang sarosimalik va qayg‘u, insonning Payg‘ambar oldida kuchsiz ekanligini isbotlovchi rang deb bilingan. Qora rangda kiyingan insonning qalbi – boshqalar uchun sirlar kitobi sir bo‘lgan. Qora rang – zulm, yovuzlik, baxtsizlik, xalokat va ayriliq rangidir. Bu ramzlar ko‘pincha Sharq nazmida (she’riyatida) qo‘llanilgan.
Ko‘k osmon rangi, ochilmas sir, havf-xatar va ofat belgisi sifatida ta’riflangan. Ko‘k rang etik mazmun ham baxsh etgan. U kamtarlik, soddalik, va abadiylikni anglatgan, hamda mustahkamlik va irodalik ramzi sanalgan. Yashil rang – sokinlik, osoyishtalik va Xudo bilan tilsiz muloqotda bo‘lish rangidir. U ko‘rish qobiliyatini ravshanlashtirib, etik jixatdan saxiylik, tobe’lik, Xudoga bulgan sadoqatni anglatgan.
Shunday qilib, ushbu bitiruv malakiy ishida “Kuz manzarasi” mavzusida ishlangan kompozitsiya uchun foydalanilgan ranglar va ularning psixologiyasi bilan tanishdik.
Bundan tashqari “Kuz manzarasi” mavzusida ishlangan kompozitsiyada rassom-pedagoglarning psixik protsesslari muhim ahamiyatga ega. Ularda ana shu psixik protsesslar yuksak darajada rivojlanib,taraqqiy etgan bo‘lsa, rassom yaratgan har qanday asar o‘zining ruhiy olamini ocha oladi. Quyida “Kuz manzarasi” mavzusida ishlangan kompozitsiyasi misolida rassom ijodkorning psixik jarayonlari bilan ijodiy jarayonlari uzviy bog‘liqliklari haqida ma’lumot beriladi.
Tasviriy san’at asarlarining har biri o‘zining ijtimoiy-psixologik xususiyatiga ega. Ana shu xususiyat ularning pedagogik tarbiyalovchi imkoniyatlari katta ekanligini ko‘rsatadi. Ijtimoiy psixologiyada an’ana ajdodlardan avlodlarga o‘tib keluvchi, o‘z odatlari, qoidalari, qadriyatlari va tasavvurlariga ega, tarixan shakllangan faoliyat va xulq-atvor shakl sifatida talqin qilinadi. An’analar milliy xususiyatga ega, ular millat hayotidagi o‘zgarishlar bilan birgalikda o‘zgarib, yangilana boradi. An’analar odamlarning turmush tarzi, madaniyati, ma’naviyatini tartibga solib turuvchi muhim omildir. Tasviriy san’atda manzara janrida kompozitsiya ishlash murakkab jarayon bo‘lib, butun ijodiy kuchni mujassamlashni, ishda aniq muntazamlikni talab etadi, shuningdek, doimiy kuzatishni va o‘rab turgan hayotimizni o‘rganishni hamda asarda ijtimoiy hayot tarzini targ‘ib qilishni taqozo etadi.
Buyuk san’at sohiblarining betakror asarlaridagi ilg‘or g‘oyalarda badiiy ijod olamining yashirin qirralari yoshlarimiz ongida uzoq o‘tmishdan hikoya qiluvchi ertaklar kabi qalblarda go‘zal tuyg‘ular uyg‘otadi. Tariximizda o‘chmas iz qoldirgan sahifalar yoshlarimiz ruhiyatini yanada boyitadi.
Ijodkor har bir asariga insonlar qalbida joy olishi uchun unga yurak qo‘rini to‘kadi. Vujudida oqayotgan jo‘shqinlik tanaga jon bag‘ishlaydi.
Rassom san’at asarini yaratishda o‘zida katta irodani ko‘rishi lozim. Bu ishining muvofaqqiyatli chiqishiga turtki bo‘ladi.
“Kuz manzarasi” mavzusida ishlangan kompozitsiyada ijodkorning irodaviyligi – ijod kuchining samarasini belgilagan, ijod uchun eng zaruriy psixik jarayonlardan biri hisoblangan. Iroda mehnat faoliyatinig asosiy turi sifatida amalga oshsadi, lekin mehnatning samarasi irodaviy xususiyatlarning namoyon bo‘lishiga bog‘liq. Irodasizlik ma’naviyatning kuchsizlanishiga olib kelishi, so‘ngra jismoniy kuch va insonda dangasalik va hatto ongsizlikka olib kelishi mumkin. Bu holda insonning biror ahamiyatli narsa yaratishi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.
Iroda psixologik nuqtai-nazaridan o‘zida shaxsning ongli ravishda o‘z harakatlarini boshqaradigan psixik jarayon bo‘lib, maqsadga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni bartaraf etish yo‘lidagi ko‘nikmasini egallashdagi urinishlarida namoyon bo‘ladi. Iroda maqsadga yetish uchun aqliy va jismoniy kuch-quvvatini ongli ravishda boshqara olish yoki aksincha qandaydir voqeani amalga oshirmoqlikdir. U faqat insonga hosdir. Iroda oddiy va murakkab xarakatlar orqali amalga oshadi. Murakkab irodaviy xarakatlar avvalo, anglash va masalani qo‘yish, masalani qo‘yish va rejalashtirish, rejalashtirish va maqsadni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Shunday qilib, iroda katta kuch sifatida ijodni aktivlashtiradi, yuqori natijalarga erishishi va yana rassomning shaxs sifatida shakllanishida yuzaga chiqadi. Iroda ma’lum xususiyatlari bilan xarakterlanadi: harakatchanlik, mustaqillik, keskirlik, qat’iyatlilik, sabr-toqatlilik va o‘z-o‘zini boshqara olish. Irodaviy xususiyatlarning namoyon bo‘lishi, irodaviy imkoniyatlarni so‘zsiz, quyidagi psixik jarayonlar – hayol, sezgi, xotira, tasavvur kabilar bilan bog‘laydi.
Asar yaratayotgan ijodkorda avvalombor ilhomlanish vujudga kelishi kerak.
Ilhomlanish – insonning mehnat jarayonidagi eng ko‘tarinki ruxiy holatidir. Rassomning ijodiy mehnatida ilhomlanish, aktiv ijod kuchlaridan biri sifatida ahamiyatli rol o‘ynaydi. Ilhomlanish – go‘yo ijodiy, ma’naviy, jismoniy jihatdan qattiq bosim berganday tuyulsa-da, lekin amaliy jihatdan rassom uchun bu vaziyat juda yengil kechgan, unda hamma narsaga oson erishilgan, ijodiy topshiriqlar juda tez yechilgan bo‘ladi. Bu yengillik shu narsa bilan bog‘liq bo‘ldiki, bunda rassom katta hayotiy taassurotlar zaxirasiga ega edi va katta qiziqish va quvonch bilan ishlagan edi. Bunda uning ijodiy hayoli va obrazli tafakkuri faol ishlagan edi. Bularning barchasi sonning sifat darajasiga o‘tishiga – natijada, qattiq ilhom bilan ishlangan mehnat badiiy asarni dunyoga keltirgan edi.
Xayol – ijodda asosiy va o‘ziga xos natija ko‘rsatuvchi ijodiy kuchdir. Badiiy ijodda uning ixtiyoriy, ixtiyorsiz, yaratuvchi ijodiy hayol kabi turlarining barchasi ishtirok etadi. Bular ichida albatta ijodiy faoliyatda ijodiy hayol katta o‘rin tutadi.
Intuitsiya – sezgirlik, bu inson hayotida alohida fenomenal va murakkab faoliyat bo‘lib, inson ruhiy faoliyatida – ya’ni ijodiy mexnatda, xususan badiiy ijodda katta rol o‘ynaydi. Shu bilan birga so‘zsiz intuitsiya xotira, tafakkur va obrazli tasavvur bilan jips aloqada bo‘ladi.
Intuitsiya obyektiv borliqni aks ettiruvchi sifatida bo‘lsada, uni rivojlantirish yo‘llari ham bordir. Ulardan asosiysi - organizmning biologik sifatlarini tarbiyalashdir (rassomning ko‘zi, qo‘shiqchining ovozi, musiqachining qulog‘i va barmoqlari, raqqosaning qomati) kuzatuvchilikni o‘stirish, xotiraning xajmi va ishchanligini ko‘tarish, tafakkurni rivojlantirish (jumladan, obrazlilikni), hayol, hissiyotni tushunish, birmaromlilik, uzluksiz mehnat va yangi yechimlarni har tomonlama izlash kabilardir.
Tafakkur – ijod kuchlaridan biri bo‘lib, borliq materiallari haqida fikrlashda, tahlil qilishda idrok, sezgi, hissiyot va esda qoldirishda asosiy rol o‘ynaydi. Xotira vositasida, ya’ni, badiiy asar yaratish maqsadida, tafakkur ishtirokida borliqni chuqur va har tomonlama bilishning oliy jarayoni hisoblanadi, predmet va voqealarning belgilari va o‘zaro bir biriga qonuniy bog‘langanligi bilan, umumiy va ichki hususiyatlarini ochishga yo‘naltirilgan holda namoyon bo‘ladi.
Badiiy asar inson faoliyatining boshqa sohalaridagi kabi, tafakkurning mahsuli hisoblanadi. San’at asari faqat tasviriy materialni o‘z ichiga olibgina qolmay, balki g‘oyaviy-estetik mazmun, dunyoqarash, falsafiy tushunishni ham qamrab oladi. Rassomning tafakkuri ijodiy xarakteri bilan ajralib turadi, u ijodiy hayol bilan birga harakatlanadi va san’at spetsifikasi xususiyatlari bilan bog‘liq ravishda ishlaydi.
Emotsional to‘lqinlanish – ijodning kuchlardan biri sifatida rassom uchun juda zarur hisobladi. U shuning uchun zarurki, ular orqali hayotdan ancha yorqin taasurot olishnigina emas, balki rassom o‘zida bu to‘lqinlanishni o‘tkazadi.
Shunday qilib hissiyot reproduktiv ijod kuchi sifatida olamni aks ettiruvchi, ayni bir vaqtda hayotda yangilik yaratishga yordam beruvchi sifatida san’atga individual munosabat paydo qiladi va borliqning obrazini shoironalashtiradi.
Xotira – xuddi hissiyot kabi badiiy ijodning reproduktiv kuchi hisoblanib, u o‘z navbatida o‘zida eng zaruriy psixik jarayonni – odamning o‘tgan tajribasini namoyon etadi. Jumladan, yodga olish, yodda saqlash va so‘ngra shunday narsa yaratiladiki, uni o‘tmish tajriba mazmuni bilan bog‘lamasdan xotiraning aralashuvisiz borliqni, jumladan, badiiylikni ham idrok etib bo‘lmaydi. Xotira badiiylikni aks ettirishda xizmat qiladi. Inson hayotida va har qanday faoliyatida xotirani chetlab o‘tolmay qoladi, xususan u o‘sha taassurotlar bilangina yashab yuradi. U o‘tgan, ko‘rganlarini, anglaganlarini va taasurot materiallarini tahliliga ko‘ra, tafakkurning natijalaridan foydalanishi zarur bo‘ladi. O‘tmish tajriba faqat xotira evazigagina saqlanib qolishi mumkin.
Rassomning xotirasi yetarli taassurotlar zahirasiga ega bo‘lgandagina u naturasiz ishlay oladi. Tasviriy ijod xotiraviy obrazlarsiz bemaqsad va befoydadir.
Naturadan ishlashda olingan tasavvurlari yig‘indisi va ko‘rish taasurotlari (to‘liq obrazli) asarni qamrab oluvchi qimmatli obrazlar yaratishga imkon beradi. Rassom chizishni, yozishni, yasashni va hokazolarni tasavvur va xotira asosida bajarishi, u naturadan qanday ishlasa, “o‘zidan” ham shunday ishlay olishi shart. Xotira boy bo‘lmog‘i uchun rassom uni doimo rivojlantirmog‘i, mashq etib bormog‘i zarurdir.
Hech bir rassom o‘zi yaratayotgan asarini ya’ni predmetini, psixologiyasini hamda u to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bilmay turib uni tasvirlay olmaydi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi “Kuz manzarasi” mavzusida ishlangan kompozitsiyaning psixologik xususiyatini ochib berilar ekan, avvalombor manzarada asosan nimalar tasvirlanganligi, ularning qay tarzda turganligi diqqatimizni tortadi.
“Kuz manzarasi” mavzusida ishlangan kompozitsiyaning milliy va an’anaviy tarzda ifoda etilganini nafaqat tashqi ko‘rinishidan, balki, ichki hislari bilan ham yaqqol tasvirlanganini ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni “Kuz manzarasi” mavzusida ishlangan kompozitsiyaga nazar tashlagan har bir inson birinchi bo‘lib undan ma’naviy ozuqa olishga intiladi. Shuning bilan birga ranglar jilvasidan, tabiatning tog‘li manzarasidan to‘la bahramand bo‘lishga, ruhiy dam olishga chog‘lanadi.



Download 4.5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 4.5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.BOB.RANGTASVIR MASHG‘ULOTLARIDA MANZARA ISHLASH ORQALI O‘QUVCHILARNING IJODIY QOBILYATLARINI SHAKILLANTIRISH

Download 4.5 Mb.