“Kuz” manzara kompozitsiyasini matoda bajarish




Download 4.5 Mb.
bet8/11
Sana14.11.2022
Hajmi4.5 Mb.
#30225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
fakhriddinova malohat
2.2. Elektron mikroskopiyadan olingan makromolekulyar tuzilmalar., malumotlarni internetda chop etish asoslari, Pedagogika.Psoxologiya (DARSLIK), Ii. Bob maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida mi, итог педагогика, Зияева М.Ф. Гинекология. 2-нашри, Problems of compiling written speech exercises, ATMOSFERA HAVOSI SUV TUPROQNING NOMUVOFIQ OMILLARINI GIGIYENIK REGLAMENTLASHGA, 1699683220, 1-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari (2 soat)-fayllar.org, 1. Yarim o’tkazgichlarda elektr toki p-n o’tish, 12-mavzu. Korxonaning innovatsion faoliyat, 2-mavzu O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va boshqa kredit m, 2 Elektr tokining asosiy xarakteristikalari. Om qonuni. Tokning -fayllar.org
2.2. “Kuz” manzara kompozitsiyasini matoda bajarish
Tasvirda qalamchizg‘i mukammal bo‘lishi lozim, aks holda turli bo‘yoqlar ham oddiygina narsa va buyumning qurilishi, hajmini savodli ifodalab bermaydi. Havo perspektivasiga bog‘liq holda ranglarning nozik o‘zgarishini ifodalovchi, matoga berilgan rang-barang surtmalar ham, o‘z-o‘zidan fazoviy kenglikni ko‘rsata olmaydi. Faqat perspektiva qoidalariga to‘g‘ri amal qilib tasvirlangan qalamtasvirgina ranglarni yanada ham jozibali ko‘rsatadi.
Agar tabiat manzarasi perspektiva qonun-qoidalariga amal qilinmay tasvirlansa, kenglikni ifodalovchi rangning o‘rni ahamiyatsizdir. Rangtasvirni rassomlar shunday ta’riflaydi; “Bu 100 % qalamtasvir va 100 % rangtasvirning bir-biriga chambarchas bog‘liqligidir”
R
angtasvirning jozibali chiqishida qalamtasvirning o‘rni beqiyosdir. Ammo, mohir rassom, qalamdan foydalanmasdan ishni bo‘yoqlar bilan tasvirlashi ham mumkin. Ijodkor izlanish jarayonida rangtasvirni qalamtasvir bilan bevosita bog‘liqligini his etadi. Ya’ni, buyumlarning fazoviy joylashuvi, nisbatlarning aniqligi, ranglarning to‘g‘ri qo‘yilishi, ishni bir butunlikda yakunlanishi ko‘p jixatdan ijodkorga bog‘liq.
Rassom qalamtasvirni puxta o‘zlashtirib olgandagina, (qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirish, narsa va buyumlarning fazoviy joylashuvi, perspektiva qoidalariga amal qilish, nisbatlarni to‘g‘ri topish, metodik ketma-ketlikda ishni tuslash va x.k.) rangtasvirda ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin, aks holda noaniq yechilgan qalamtasvir ishini taxlil etsak, ranglar qanchalik jozibali bo‘lmasin, baribir bu ishni sifatli deb bo‘lmaydi. Shuning uchun turli rassomlik maktablarining tarixiy tajribalari shundan guvoxlik beradiki, ta’limning dastlabki bosqichlarida qalamtasvirni mukammal o‘zlashtirish, keyingi jarayonlar uchun zamin yaratadi. Yosh rassom Eduardo Fioletti Venetsiyaga o‘qishga kelganida, rangtasvirni mukammal egallash uchun nima qilish kerak degan savoliga Tintoretto shunday javob bergan: “Rasm chizish!”. Rassom bo‘lish uchun yana qo‘shimcha nimalarni maslahat berar edingiz degan Fiolettining qayta savoliga Tintoretto: “Rasm chizish va yana rasm chizish!” - rasm chizish, rangtasvirga nafislik va mukammallik ato etishini haq deb bilgan.1
B
uyuk haykaltarosh Mikelanjelo qalamtasvirda (rangtasvir, xaykaltaroshlik, me’morchilikda) “har qanday ilmning ildizi va negizini ko‘rgan”.

“Qalamtasvir doimo bizga yo‘l ko‘rsatib turuvchi qutb va kompas bo‘lib, turli bo‘yoqlar okeanida cho‘kayotganlarga najot berish omilidir”, - deya ta’kidlagan Sharl Lebren. Engr o‘z ustaxonasining eshiklariga quyidagi so‘zlarni yozgan “Bu yerga kelgan shogirdlarga qalamtasvirni o‘rgataman, ketayotganda esa, ular rangtasvir ustasi bo‘lib yetishadi”.


“Shunday narsa mavjudki, u hamma sanat turlarining asosi hisoblanadi, bu - qalamtasvir. Kimki qalamtasvir sanatini mukammal egallasa, u rangtasvirni ham, xaykaltaroshlikni ham o‘zlashtira oladi” - deb aytgan Karachchi. “Har qanday shaklni ajoyib, nafis qiluvchi ranglar emas, balki aniq chizilgan qalamtasvirdir” – degan Titsian. U qarigan chog‘larida ham, ko‘mir yoki mel bilan nimalarnidir tasvirlamagan kuni bo‘lmagan.

Qalamtasvirni puxta bilmagan, ijod ham qila olmaydi”, - deb talim bergan P. P. Chistyakov. I. E. Repin kunora 2-3 soat qalamtasvir bilan shug‘ullangan, va uni rangtasvirni asosi deb hisoblagan. A .M. Vasnetsov, P. P. Chistyakovning talim berish tizimini yodga olib, “uning sevimli mashg‘uloti qalamtasvir” edi, deb eslaydi. Ashbening Myunxendagi rassom-pedagog maktabida hattoki san’at Akademiyasini tamomlaganlar ham talim olar, ta’lim berish faqat qalamtasvir bo‘yicha (shaklning konstruktiv tuzilishi, tus-soya, yorug‘ munosabatlar aks etgan tasvir, grizayl), uzoq vaqt o‘tkazilgan, shuning natijasidagina shaklni konstruktiv qurish va tus munosabatlarini puxta egallab, so‘ng ranglar bilan tasvirlashga o‘tilgan. Yetuk rassomlarning yaratgan asarlari shunisi bilan diqqatga sazovorki, asar kompozitsiyasining mohirona topilganligi, mavzuning dolzarbligi, issiq va sovuq ranglarning o‘zaro hamoxangligi kishini hayratga soladi. Mashhur rangtasvirchi rassomlarning ko‘pchiligi avvalambor yetuk qalamtasvir ustalaridir. Bular qatoriga K. P. Bryullov, I. I. SHishkin, V. E. Makovskiy, V. D. Polenov, I. E. Repin, M. A. Vrubel, V. A. Serov, K .A. Korovin M. Nabiev, R. Axmedov, G‘. Abdurahmanov, B. Jalolov, A. Mirzaev, A. Ikromjonov, I. Xaydarov kabilar kiradi. Rangtasvirda nozik plastik shaklning mavjudligi, nisbatlarning mutanosibligi, hajm, fazoviy sifatlar muhim o‘rin egallaydi. Rangtasvirchi naturadagi ana shu jixatlarni to‘laqonli aks ettira olsagina maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agarda bu jihatlar mavjud bo‘lmasa, tasvir o‘ta ehtiyotsizlik, pala-partishlik bilan ishlangan sifatsiz ish deb baholanadi.
Tasviriy san’atda mohirona ijod qilish uchun yosh shogird rassom quyidagi bilim va malakalarni puxta o‘zlashtirmog‘i lozim:
1. Kuzatuv perspektiva (ufq chizig‘i, yassi jismlar va ufq chizig‘i perspektivasi) elementlari. Tekisliklar bilan chegaralangan jismlarni konstruktiv va perspektiv qurilishi (kub, prizma, interer va eksterer).
2. Silindr shaklidagi jismlarning perspektiv qurilishi.
3. Geometrik shakllarda soya-yorug‘ munosabatlari (kub, silindr va shardagi soya-yorug‘ning taqsimlanishi, havo perspektivasining elementlari).
4. Tasvirda hajm, fazo va materiallikni tasvirlash usullari (turli materiallarni soya-yorug‘ xususiyati, tus munosabatlari, hajmni ko‘rsatishda chiziq va “shtrix”ni o‘rni, fazo va moddiylik).
Nazariy bilimlar bilan amaliy jihatdan ham katta tajribaga ega bo‘lmoq lozim: qo‘yilmadagi nisbatlarni aniq topish, nozik perspektiv o‘zgarishlarni seza bilish, tasvirni qog‘oz yuzasida asosli-konstruktiv qurish va joylashtirish, shakl hajmini tushayotgan soya-yorug‘ orqali mohirona ifoda etish hamda ishni tus jixatdan yaxlit bir butunlikda yakunlash zarur. Qo‘yilmani turli ranglarda bajarish ham mas’uliyatli vazifadir, chunki rangtasvirda rang va tus munosabatlari yaxlit bir butunlikka asoslanadi. Shakl xajmini tasvirlashda tusni o‘rnini to‘g‘ri tushunmaslik turli chalkashliklarga olib keladi.
D
emak eng muhimi ishni tus jihatdan yaxlit bir butunlikka erishib yakunlash hisoblanadi.


Download 4.5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 4.5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Kuz” manzara kompozitsiyasini matoda bajarish

Download 4.5 Mb.