-mavzu Banklarining operatsiyalari bilan tanishish 5-6.01.2024




Download 406,12 Kb.
bet16/18
Sana08.01.2024
Hajmi406,12 Kb.
#132235
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
amaliyot daftari

7-mavzu Banklarining operatsiyalari bilan tanishish 5-6.01.2024
*Tijorat banklarining operatsiyalari bilan tanishish.
Bank operatsiyalari — banklar amalga oshiradigan operatsiyalar: joriy yoki boshqa hisob varaqqa pul qabul qilish, foizi bilan yoki foizsiz kreditlar berish, birja topshiriqlarini bajarish, qimmatbaho qogʻozlar, aksiyalar sotib olish, mijozlarning topshiriqlarini bajarish, tovarlar yoki tovar hujjatlari garovi hisobiga ssudalar berish, shuningdek boshqa har qanday pulli va naqd pulsiz hisobkitoblar boʻyicha operatsiyalar kiradi. Asosan passiv (kreditlash uchun resurslar hosil qilish) va aktiv (foyda olish maqsadlarida bu resurslarni ishlatish) turlarga boʻlinadi 1-modda. Ta’riflar
Bank — tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:
yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish;
to‘lovlarni amalga oshirish.
Omonat (depozit) — talab qilinishi bilanoq yoki to‘lovni amalga oshiruvchi shaxs bilan to‘lovni oluvchi shaxs yoxud ularning qonuniy vakillari o‘rtasida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to‘lagan holda yoxud bunday to‘lovlarsiz hammasini qaytarib berish sharti bilan topshiriladigan pul summasi
O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyundagi O‘RQ-387-sonli “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 14-avgustdagi 17/2-son qarori bilan tasdiqlangan Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada bo‘lish tartibi to‘g‘risida Nizom 1-bandining
Chet el banki — chet el bankining o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradigan shu’ba banki bo‘lib, uning ustav kapitalining hammasi chet el banki tomonidan to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 67-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 2-modda. Bank faoliyatining subyektlari
O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilgan hamma banklar bank faoliyatining subyektlaridir.
3-modda. Banklar faoliyatining huquqiy asosi
Banklar faoliyati ushbu Qonun, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi.
4-modda. Bank operatsiyalari
Banklar o‘z faoliyatlarida quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshiradilar:
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 771-moddasi.
omonatlarni jalb etish;
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 759-moddasi.
kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lar hisobidan o‘z nomidan kreditlar berish.
Banklar boshqa turdagi operatsiyalarni ham amalga oshirishlari mumkin, chunonchi:
mablag‘ egasi yoki mablag‘ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag‘larini boshqarish;
chet el valyutasini naqd pul va naqd bo‘lmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish;
pul mablag‘lari, veksellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish;
uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 289-moddasi.
uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 749-moddasi.
qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, qimmatli qog‘ozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;
bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko‘rsatish;
jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po‘lat sandiqlarni ijaraga berish;
mikroqarz berish;
(4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-494-sonli Qonuniga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, litsenziyada maxsus ko‘rsatilgan boshqa operatsiyalar.
Banklar bevosita ishlab chiqarish, savdo va sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanishga haqli emaslar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
5-modda. Banklar faoliyatini litsenziyalash
Bank, shu jumladan chet el banki, O‘zbekiston Respublikasida o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi. Litsenziyada bank bajaradigan operatsiyalar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi 154-I-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi ikkinchi qismining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning Litsenziyasiz amalga oshiriladigan bank faoliyati g‘ayriqonuniy deb hisoblanadi va bunday faoliyat natijasida olingan daromad davlat budjetiga olib qo‘yilishi lozim.
6-modda. Firma nomi
“Bank” atamasi yoki mazkur atama qo‘shib yasalgan so‘z birikmalarini ushbu Qonunga muvofiq bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlar o‘z firma nomida yoki reklama maqsadlarida ishlatishlari mumkin.

Download 406,12 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 406,12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu Banklarining operatsiyalari bilan tanishish 5-6.01.2024

Download 406,12 Kb.