Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘INi to‘LASH MUDDATINI UZAYTIRISH TARTIBi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida




Download 83.75 Kb.
bet1/6
Sana29.05.2023
Hajmi83.75 Kb.
#66937
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QQS qoshilgan qiymat soligi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
TOVARLAR (ISHLAR, XIZMATLAR)NI IMPORT QILISHDA QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I TO‘LOVCHILAR UCHUN QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘INI TO‘LASH MUDDATINI UZAYTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-son Farmonini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-son Farmoniga muvofiq ilgari berilgan imtiyozlarni bekor qilish bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tovarlarni olib kirishda, shuningdek, ishlar (xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyoz o‘rniga 120 kungacha bo‘lgan muddatga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashni kechiktirish mexanizmlaridan foydalanilishi belgilaganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish jarayonining avtomatlashtirilishini ta’minlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.

Download 83.75 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 83.75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘INi to‘LASH MUDDATINI UZAYTIRISH TARTIBi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

Download 83.75 Kb.