27
|
Uzunligi 10 m va diametri d= 0,1 mm bo‘lgan volfram simning qarshiligi hisoblansin. Qarshiligi 2 Om, uzunligi 103 m bo‘lgan po‘lat simning ko‘ndalang kesim yuzi qanday bo‘ladi?
|
28
|
Uzunligi 500 m, diametri d = 0,1 mm va qarshiligi 2 Om bo'lgan simning solishtirma qarshiligini hisoblang.
|
29
|
Simli rezistorlar izolyatsion karkas ustiga sim o‘ralib yasaladi. Qarshiligi R = 1,5 kOm, diametri d = 0,1 mm nixrom sim o‘raladigan uzunligi 0,1 m bo‘lgan silindrsimon keramik karkasning diametri qanday bo‘lishi kerak?
|
30
|
Qarshiligi 10 Om bo‘lgan o‘zgaruvchan rezistor yasash uchun diametri 1 mm nixrom simdan necha metr kerak bo'ladi?
|
31
|
Metal simning uzunligi 100 m orttirilganda uning qarshiligi 3 baravar oshgan. Simning dastlabki uzunligi topilsin.
|
32
|
Ikkita rezistor yasash uchun bir xil materialdan yasalgan uzunligi bir xil sim olingan: a) rezistoming qarshiligi birinchisidan 2 baravar kam; b) 4 baravar ko‘p; d) 10 baravar ko‘p bo‘lishi uchun ulaming diametrlari qanday nisbatda bo'ladi?
|
33
|
Avtomatik o‘lchash ko'prigining o'zgaruvchan reoxordining qarshiligi 50 Om. Agar reoxord uzunligi 10 m va d = 0,6 mm simdan o‘raigan bo‘lsa, u qanday metalldan yasalgan?
|
34
|
Kvartiraning mis elektr uzatish simlari xuddi shu uzunlikdagi va qarshilikdagi alumin sim bilan almashtirilgan. Simlarning kesim yuzalari nisbatini toping. Mis simni alumin sim bilan almashtirganda massadan qancha iqtisod bo‘ladi?
|
35
|
Rezistoming T=0-300 K dagi qarshiligi 10 kOm, qarshilikning issiqlik koeffitsienti aT = 2-10~3K). Uning T = 350 K dagi qarshiligi qanday bo'ladi?
|
36
|
Agar muhit temperaturasi har bir 100 K ga o'zgarganda rezistorning qarshiligi 100 Om ga o'zgarsa, uning temperatura koeffitsientini toping. Qarshilikning nominal qiymati 1 kOm.
|
37
|
Rezistor qarshiligining temperaturaga bog'lanish grafigini umumiy ko‘rinishda quring va koordinata o‘qIaridan kesib o‘tuvchi kesmalaming fizik ma’nosini ayting.
|
|