• Agar transformatorning ikkilamchi chulgamidagi kuchlanish birlamchi chulgamidagi kuchlanishdan katta bolsa, bunday transformator yuksaltiruvchi transformator deb ataladi.
  • Transformatorning tuzilishi va ishlashi




    Download 196 Kb.
    bet2/3
    Sana03.10.2022
    Hajmi196 Kb.
    #26702
    1   2   3
    Bog'liq
    transformatorlar bo\'yicha
    Xirurgiya bulimi tuzilmasi va uni ishini tashkil kilish, 136434, O`zbekiston kurs ishi, IQTISODIY USISH, TEST, 1 tiibiy xizmat, yHKuxYOItpJ97DdfsOklwYtTovBgwzEsvuNkthCo, №10 Рахмонова Шахноза, jaska. pptx, 9-grade cw, 10-amaliy, 6010395, Лекция №4, Burxonova shoira kurs ishi (2) (1)
    Transformatorning tuzilishi va ishlashi
    O`zgaruvchan tokning chastotasini o`zgartirmasdan kuchlanishni bir qiymatdan ikkinchi qiymatga o`zgartirib beruvchi asboblar transformatorlar deb ataladi.
    Transformatorlarda ikkita g'altak umumiy o'zakka kiydiriladi (199- rasm). Bunda birinchi g'altakdagi o'ramlar – birlamchi chulg'am, ikkinchi g'altakdagi o'ramlar – ikkilamchi chulg'am deyiladi.

    Birlamchi chulg'amni U1 kuchlanishli o'zgaruvchan tokka ulaylik. O'zgaruvchan tok chulg'amlarda o'zgaruvchan magnit maydonni hosil qiladi. Bu chulg'amning magnit kuch chiziqlari o'zak bo'yicha ikkilamchi chulg'amga o'tadi.
    Natijada ikkilamchi chulg'amda U2 kuchlanishli o'zgaruvchan induksion tok hosil bo'ladi. Bu tokning chastotasi birlamchi chulg'amdagi tokning chastotasi bilan bir xil bo'ladi.
    Ikkilamchi chulg'amdagi U2 kuchlanishning miqdori birlamchi va ikkilamchi chulg'amdagi simlarning o'ramlar soniga bog'liqdir. Tajriba shuni ko'rsatadiki, ikkilamchi chulg'amdagi o'ramlar soni birlamchi chulg'amdagidan necha marta kam bo'lsa, ikkinchi chulg'amda hosil bo'lgan tokning kuchlanishi shuncha marta kam bo'ladi. Va aksincha, ikkilamchi chulg'amdagi o'ramlar soni birlamchi chulg'amdagidan necha marta ko'p bo'lsa, ikkinchi chulg'amdagi kuchlanish shuncha marta ko'p bo'ladi.
    Birlamchi chulg'amdagi o'ramlar soni n1, unga berilgan kuchlanish U1, ikkinchi chulg'amdagi o'ramlar soni n2, unda hosil bo'lgan kuchlanish U2 bo'lsin. U holda quyidagi ifoda o'rinli bo'ladi:

    Demak, o'zgaruvchan tokning kuchlanishini o'zgartirish mumkin. Bu o'zgaruvchan tokning muhim xususiyatidir.
    O'zgaruvchan tok o'tayotgan o'tkazgichdagi kuchlanishni o'zgartirishga o'zgaruvchan tokni transformatsiyalash deyiladi.
    Transformator - o'zgaruvchan tok o'tayotgan o'tkazgichdagi kuchlanishni transformatsiyalaydigan asbobdir.

    «Transformatsiyalash», «transformator» so'zlari lotincha «transformo» so'zidan olingan bo'lib, «o'zgartiraman» degan ma'noni bildiradi.
    200- rasmda transformator va uning elekr zanjir sxemasida belgilanishi aks ettirilgan.
    T ransformatorlar ikki xil bo'ladi. Agar transformatorning ikkilamchi chulg'amidagi kuchlanish birlamchi chulg'amidagi kuchlanishdan katta bo'lsa, bunday transformator yuksaltiruvchi transformator deb ataladi. Yuksaltiruvchi transformatorda n2 > n1 va U2 > U1 bo'ladi. Agar transformatorning ikkilamchi chulg'amidagi kuchlanish birlamchi chulg'amidagi kuchlanishdan kichik bo'lsa, bunday transformator pasaytiruvchi transformator deb ataladi. Pasaytiruvchi transformatorda n2 < n1 va U2 < U1 bo'ladi.

    Download 196 Kb.
    1   2   3




    Download 196 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Transformatorning tuzilishi va ishlashi

    Download 196 Kb.