• Transport vositalarini boshqarishni o`rgatish
  • Transport vositalarini boshqarishni o`rgatish




    Download 1.08 Mb.
    bet1/4
    Sana17.05.2023
    Hajmi1.08 Mb.
    #60885
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Transport vositalaridan foydalanish ko`rsatkichlari
    11-SINF Geometriya, Orzularim ko, 1 kurs Ishchi dastur so\'nggisi, Raqamli iqtisodiyotda mobil texnologiyalar Raqamli texnologiyala-fayllar.org (2), Документ Microsoft Word (5), o\'qitish materiali, 4 Ketma -ketliklar, daraxtlar, graflarni ifodalash usullari, кийим турлари, 5 mavzu MS EXCEL ЖАДВАЛ МУХАРРИРИДА ИШЛАШ КУНИКМАЛАРИ(1), ABN 3-mus ish, biorganika mustaqil ish, To\'rayev H.T, Azizov I. Matematik mantiq va diskret matematika 1-jild (1), AT to\'plam, chilangarlik

    Transport vositalaridan foydalanish ko`rsatkichlari

    Reja:
    1. Transport vositalarini boshqarishni o`rgatish


    2. Transport vositalarida odam tashish qoidalari
    3. Transport vositalarida yuk tashish qoidalari
    4. Velosiped haydovchilariga man qilingan harakatlar


    Transport vositalarini boshqarishni o`rgatish
    Transport vositalarini boshqarishni dastlabki o`rgatish yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda o`tkazilishi kerak.
    Transport vositalarini boshqarayotgan yosh, tajribasiz haydovchining rul chambaragini keskin burishi, ilashish (stsepleniye) tepkisini tez qo`yib yuborishi, tormoz tepkisini keskin bosishi yon-atrofdagi harakat ishtirokchilariga xavf tug`dirib, yo`l-transport hodisalarini keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun boshqarishni o`rganuvchi trans­port vositalarini ravon boshqarishning dastlabki ko`nikmalarini yopiq maydonlarda, boshqa yo`l ishtirokchilaridan ajratilgan joylarda o`rganishi kerak.
    Yo`llarda boshqarishni o`rgatishga faqat haydovchi ustoz ishtirokida, o`rganuvchi dastlabki boshqaruv malakasini yetarlicha egallaganidan so`nggina ruxsat etiladi. O`rganuvchi Qoidalar talablarini bilishi va ularga amal qilishi shart.
    Ko`pchilik o`rganuvchilar birinchi xavfli vaziyatda o`zini yo`qotib qo`yishadi bu esa transport vositalarini boshqaruvsiz qolib, avariyaga olib keladi. O`rganuvchida dastlabki ko`nikma, malaka bo`lgani bilan ustoz haydovchisiz avtomobilni boshqarib bo`lmaydi.
    Boshqarishni o`rgatayotgan haydovchi ustoz o`rgatish xuquqini beruvchi xujjatga, shu toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga va bevosita 3 yillik haydovchilik faoliyatiga ega bo`lishi kerak.
    Shaxsiy avtomobillarda boshqarishni o`rgatishda ham o`rgatuvchi haydovchilik guvohnomasidan tashqari, o`rgatish xuquqini beruvchi xujjatga ega bo`lishi kerak.
    Haydovchilarni tayyorlash mashg`ulotlari o`quv yakunida avto­mobil boshqarishni o`rganuvchi 18 yoshga, avtobus, tramvay va trolley­bus boshqarishni o`rganuvchi esa 21 yoshga, mototsikl boshqarishni o`rga­nuvchi esa 16 yoshga to`lgan shaxslar bilan olib boriladi.
    Boshqarishni o`rgatish uchun mo`ljallangan mexanik transport vositalari «Boshqarishni o`rgatish transport vositasi» taniqlik belgisi va haydovchi ustoz uchun orqani ko`rsatuvchi ko`zgu bilan jihozlanishi kerak. Bundan tashqari, boshqarishni o`rgatish transport vositalarida haydovchi ustoz uchun qo`shimcha ilashish (stsepleniye) va to`xtatish tepkilari ham bo`lishi kerak.
    Yuqoridagi talablarga javob bersa, boshqarishini shaxsiy transport vositalarida ham o`rgatish mumkin.
    Boshqarishni o`rgatish yo`nalishlari yo`l harakati xavfsizligi o`rganlari bilan kelishilishi shart. Boshqa yo`llarda boshqarishni o`rgatish taqiqlanadi.
    Serqatnov yo`llarning tig`iz paytlarida boshqarishni o`rgatish tirbandliklarni vujudga keltirib, harakatlanishga to`sqinlik qilmasligi uchun boshqarishni o`rgatish yo`llari tasviri (sxemasi) YHXDX o`rganlari bilan kelishiladi.

    Download 1.08 Mb.
      1   2   3   4




    Download 1.08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Transport vositalarini boshqarishni o`rgatish

    Download 1.08 Mb.