• II. Tayanch so’zlar va iboralar
  • III. Maqsad
  • IV. Mustaqil tayyorgarlik o’z-o’zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar
  • Transport vositalarining elektr jixozlari va elektron tizimlari




    Download 21.49 Kb.
    bet1/2
    Sana22.02.2023
    Hajmi21.49 Kb.
    #43195
      1   2
    Bog'liq
    guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim

    1-Mavzu. “Transport vositalarining elektr jixozlari va elektron tizimlari” fanining rivoji va istiqboli
    Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari.

    I. Mavzu rejasi:


    1. Bakalavr tayyorlashda o’quv fanining o’rni va ahamiyati.
    2. Fanning maqsadi va vazifalari.
    3. O’zbekistonda mobil energetika vositalarining elektr va elektron jihozlarini ishlab chiqarish va ularga xizmat ko’rsatishning rivoji va istiqboli.

    II. Tayanch so’zlar va iboralar:


    Elektr jihozlar, harakat xavfsizligi, atrof muhit himoyasi, ishonchlilik, samarali ishlatish, elektr ta`minot tizimi, generator, akkumulyator, rele-rostlagich, ishga tushirish tizimi, startyor, o’t oldirish tizimi, nazorat-yolchov asboblari, yoritish tizimi, elektron boshqarish tizimlari, nominal kuchlanish, bir o’tkazgichli tizim

    III. Maqsad:


    Talabalarda fan to’g’risida yaxlit tasavvur hosil qilish. Bakalavr tayyorlashda o’quvfanining o’rni va ahamiyati; fanning maqsadi va vazifalari; O’zbekistonda mobil energetika vositalarining elektr va elektron jihozlarini ishlab chiqarish va ularga xizmat ko’rsatishning rivoji va istiqboli bo’yicha tasavvur va bilim shakllantirish.
    IV. Mustaqil tayyorgarlik o’z-o’zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar

    1. Fanning o’rni va ahamiyatini aytib bering.

    2. Fanning maqsadi nimalardan iborat?

    3. Fanning vazifasi nimalardan iborat?

    4. O’zbekistonda mobil energetika vositalarining elektr va elektron jihozlarini ishlab chiqarish rivojini aytib bering.

    Mamlakatimiz mustaqillikga erishgan dastlabki kunlardanoq prezidentimiz I.Karimovning tashabbusi bilan O’zbekistonda avtomobilsozlik sanoatini yaratishga katta e`tibor berila boshlandi. qisqa davr ichida Asakada zamonaviy engil avtomobillar, Samarqandda esa avtobus zavodlari qurib bitirilda va ishga tushirib yuborildi. O’zimizda chiqarilayotgan Neksia, Matiz va ayniqsa Lasetti avtomobillari eng zamonaviy va ancha murakkab elektr va elektron asboblar bilan jihozlangan bo’lib, bo’lajak avtomobilchi-muxandislar ularning tuzilishi va ishlashini yaxshi bilishlari zarur.
    Avtomobillarning elektr va elektron jihozlari ishchi jarayonlarni avtomatlashtirish, harakat va ekologik xavfsizlikni oshirish, haydovchi va yo`lovchilarga qulayliklar yaratish kabi vazifalarni bajaruvchi murakkab tizim bo’lib, avtomobillarning samarali ishlatish darajasi ko’p jihatdan aynan elektr jihozlarning ishonchliliga bog’liqdir.
    Avtomobillarda elektr energiya dastlab, benzinli ichki yonuv dvigatellarida ishchi ara­lashmasini o’t oldirish uchun ishlatilgan. Ishchi aralashmasining yuqori kuchlanishli elektr uchquni yordamida yondirilishi, o’t oldirish daqiqasini nisbatan aniq belgilash, ichki yonuv dvigatellarining (IYoD) quvvati va tejamkorligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Shuning uchun yonilg’ini elektr uchqun vositasida o’t oldirish boshqa usullarni siqib chiqardi va hozirgi kunda karbyuratorli dvigatellar uchun yagona tizim hisoblanadi.
    Elektr energiya iste`molchilar sonining ko’payishi, ularning quvvatini ortishi avtomobillarda elektr ta`minot, ishga tushirish, o’t oldirish, yoritish tizimlarini shakllanishiga olib keldi. Avtomobillarda turli xil nazorat-o’lchov asboblari keng ko’lamda ishlatila boshlandi.
    Elektr ta`minot tizimi generator, kuchlanish rost­lagichi va akkumulatorlar batareyasidan iborat. Juda uzoq muddat davomida avtomobillarda asosan o’zgarmas tok generatorlari ishlatildi. Elektron sanoatning rivojlanishi va bu sohada erishilgan muvaffaqiyatlar avtomobillarda yarim o’tkazgichli to’g’rilagichlarga ega bo’lgan o’zgaruvchan tok generatorlarini ishlatish imkonini berdi. O’zgaruvchan tok generatorlari o’zgarmas tok generatorlariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo’lib, xususan ularning ishlatish jarayonidagi ishonchlilik va chidamlilik darajasi ancha yuqori, o’lchamlari nisbatan kichik bo’lgan holda katta quvvatga ega, tannarxi ancha past va hokazo.
    Avtomobil dvigatellarining ishga tushirish tizimi akkumulatorlar batareyasi, startor, kommutasiya jihozlari, dvigatelni ishga tushirishni engillatuvchi moslamalardan tashkil topgan. Akkumulatorlar batareyasi avtomobil elektr jihozlarining zarur qismlaridan biriga aylandi. Avtomobillarda dizel dvigatellari qo’llanilishi ishga tushirish tizimining quvvati ancha oshirilishini talab qildi. Bu, o’z navbatida, sig’imi 200…240 Asoat bo’lgan, takomillashgan akkumulator batareyalarni, quvvati 10…15 kVt gacha bo’lgan startorlarni ishlab chiqishga olib keldi.
    Hozirgi zamon avtomobil dvigatellarida siqish darajasi, aylanishlar chastotasining o’sishi bilan birga tejamkorligini oshirish, chiqindi gazlar zaharliligini kamaytirish masalalariga bo’lgan talabning kuchayishi o’t oldirish tizimlaridagi yuqori kuchlanish qiymatini 1,5-2 baravar oshirish zaruratini tuo’dirdi. Klassik yoki kontaktli o’t oldirish tizimining imkoniyati cheklanganligi sababli bu muammoni hal qilish uchun o’t oldirishning yangi tizimlari ishlab chiqildi, xususan kontakt-tranzistorli, kontaktsiz-tranzistorli, mikroprosessorli o’t oldirish tizimlari shular jumlasidandir.
    Avtomobillarning yoritish tizimi bir tomondan harakat havfsizligini ta`minlashda katta ahamiyatga ega bo’lsa, ikkinchi tomondan haydovchi va yo`lovchilarga ma`lum qulaylik yaratish vazifasini ham bajaradi. Avtomobil transporti vositalari sonining ortib borishi va ular harakatining tobora tig’izlashishi yo`l-transport hodisalarining keskin ko’payishiga olib keldi. Davlat avtomobil nazorati to’plagan ma`lumotlarga ko’ra bu noxush hodisalarning 60% dan ortiqrog’i ko’rinish yaxshi bo’lmagan sharoitlarda (ya`ni tun, tuman) sodir bo’ladi. Bu, avtomobillarda gomofokal va elipssimon faral, yoritishni avtomatik rostlovchi tizimlar, tumanga qarshi faralar, galogen va ksenon lampalarning joriy qilinishiga olib keldi. Yaqin kelajakda avtomobillarning yoritish tizimida yarim o’tkazgichli yorug’lik chiqaruvchi elementlar, suyuq kristallar va boshqa turdagi yangi yorug’lik jihozlarni ishlatish mo’ljallanmoqda.
    Avtomobil va uning asosiy qismlarining ishonchli ishlashini ta`minlashda nazorat-o’lchov asboblari alohida ahamiyatga ega. Nazorat-o’lchov asboblari avtomobilning eng qimmatbaho va mas`uliyatli agregat va qismlari ( dvigatel, generator, tormoz, yoritish-darak berish tizimlari va hokazo) holatini va me`yorida ishlashini nazorat qilib turish imkoniyatini beradi. Hozirgi vaqtda, harakat havfsizligini ta`minlash va haydovchining diqqatini bo’lmaslik maqsadida nazorat-o’lchov asboblarning ko’rsatuvchi turlarini kamaytirib, ko’proq darak beruvchi turlarini o’rnatish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda.
    Avtomobillarda elektr va elektron jihozlari rivojlanishining keyingi bosqichlari elektron texnikaning taraqqiyoti bilan bevosita bog’liq bo’lib, u asosan avtomobillarning harakat havsizligini yanada to’laroq ta`minlashga, dvigateldagi ishchi jarayonlar samaradorligini, tormoz tizimi ishonchliligini oshirishga yo`naltirilmoqda. Masalan, haydovchi holatini uzluksiz kuzatib, zarurat bo’yicha avtomatik ravishda harakat havfsizligini ta`minlovchi choralarni amalga oshiruvchi diagnostika asbobini yaratish borasida izchil ish olib borilmoqda.
    Elektronika va mikroprosessor texnikasining qo’llanishi dvigatel va transmissiya ishini avtomatik boshqarish tizimlarini ishlab chiqish imkonini berdi. Xususan, hozirgi zamon avtomobillarida o’rnatilgan elektron antiblokirovkali tormoz tizimi, dvigatelga yonilg’i miqdori aniq me`yorda uzatilishini ta`minlovchi elektron boshqarish tizimlari shular jumlasidandir.
    Shunday qilib, zamonaviy avtomobillarining elektr jihozlari, malakali xizmat ko’rsatilishni talab qiluvchi, doimo rivojlanuvchi murakkab tizimga aylandi. Avtomobillar me`yorida va daromadli (rentabelli) ishlatilishi ko’p jihatdan elektr jihozlarning shayligiga bog’liq. Hozirgi zamon avtomobillaridagi elektr jihozlarining narxi ancha baland bo’lib, avtomobil to’la qiymatining 25-30% ni tashkil qiladi. Elektr jihozlarni ta`mirlash va ularga xizmat ko’rsatishga ketadigan mablag’ ham taxminan shu ko’rsatkich doirasida bo’ladi. Demak, avtomobillarning to’g’ri va daromadli ishlatilishini ta`minlash uchun ularning elektr va elektron jihozlari tuzilishini, ishlash prinsipini, tavsifnomalarini, ishlatilishining o’ziga xos tomonlarini har tomonlama va chuqur o’rganish juda muximdir.
    Avtomobillarning elektr jihozlarini quyidagi asosiy funksional tizimlarga bo’lish mumkin:
    1. Elektr ta`minot tizimi (generator, kuchlanish rostlagichi, akkumulatorlar batareyasi).
    2. Ichki yonuv dvigatelini ishga tushirish tizimi (startor, akkumulatorlar batareyasi, ishga tushirishni engillatuvchi moslamalar).
    3. O’t oldirish tizimi (tok manbai, o’t oldirish g’altagi, o’zgich-taqsimlagich, tranzistor kommutatori, o’t oldirish shamlari);
    4. Nazorat-o’lchov asboblari va diagnostika tizimi (temperatura, bosim sezgich va ko’rsatkichlari, taxometr, spidometr, darak beruvchi lampalar va boshqa).
    5. Yoritish va xabar berish tizimi (bosh yoritish faralari, avtomobil burilishi va to’xtashini ko’rsatuvchi chiroqlar, old va orqa fara osti chiroqlar va hokazo).
    6. Qulaylik yaratuvchi asboblar tizimi (oynatozalagichlar, isitgich elektrdvigatellari, kondisionerlar, oyna ko’targichlar va hokazo).
    7. Avtomobil agregatlarini avtomatik boshqarish tizimlari.
    8. Avtomobil elektr jihozlarining sxemalari. Kommutasiya jihozlari.
    Generator, startor, o’t oldirish tizimiga taalluqli asboblar va nazorat-o’lchov asboblarining sezgichlari bevosita dvigatelga, qolgan jihozlar esa avtomobil kuzovi va shassisining tegishli joylariga o’rnatiladi.
    Generator va akkumulatorlar batareyasi bir-biri bilan paralel ulangan. Avtomobil harakatlanayotganda iste`molchilar tokni generatordan, to’xtaganda yoki dvigatelning aylanishlar chastotasi belgilangan qiymatdan kam bo’lganda esa, akkumulatorlar batareyasidan oladi. Iste`molchilarni bir tok manbaidan ikkinchisiga almashlab ulash va generator kuchlanishini belgilangan darajada ushlab turish vazifasini kuchlanish rostlagichi bajaradi.
    Avtomobilni ishlatish jarayonida doimo ulab qo’yiladigan (yoritish, o’t oldirish, nazorat-o’lchov asboblari va hokazo) yoki qisqa, lekin tez-tez ishlatiladigan (tormozlanish yoki burilishni ko’rsatuvchi yorug’lik darakchilari) iste`molchilar tokni umumiy zanjirdan oladilar. Dvigatelni ishga tushirish vaqtida katta tok (bir necha yuz amper) iste`mol qiladigan startor, kesimi ancha katta bo’lgan o’tkazgich bilan bevosita akkumulatorlar batareyasiga ulanadi. qiska vaqt davomida, kam ishlatiladigan, lekin katta tok iste`mol qiladigan va qulaylik yaratadigan ba`zi asboblar (tovushli darakchi, sigaret tutatqich, radiopriyomnik, soat va hokazo) istisno tariqasida to’g’ridan-to’g’ri akkumulatorlar batareyasiga ulanadi.
    Avtomobil elektr jihozlariga qo’yiladigan asosiy texnik talablar:

    Download 21.49 Kb.
      1   2




    Download 21.49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Transport vositalarining elektr jixozlari va elektron tizimlari

    Download 21.49 Kb.