Требования к написанию проекта




Download 0.95 Mb.
bet1/17
Sana02.03.2022
Hajmi0.95 Mb.
#2865
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17


MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI
Mavzusi “YASHIL KIMYO”NING - KIMYODAGI YANGICHA QARASH EKANLIGINI O’RANISHNING METODIK ASOSLARI
BOTIROVA SABOGUL RAXMATULLAYEVNA
2013
MUNDARIJA

1.

Kirish


2.

Nazariy qism.


2.1

“Yashil kimyo – barqaror rivojlanishining muhim omili


2.2

“Yashil kimyo”ning prinsiplari.


2.3

Yangilanadigan hom ashyo manbalari va energiyalar.


2.4

CO2 parnik gazi. Nima uchun biz uni “Yashil” erituvchi deb ataymiz va undan foydalanish yo’llari.


2.5

Yashil nanmotexnologiya va yashil do’stona texnologiyalar


3.

Metodik qism


3.1

Barqaror rivojlanish nigohida kimyoviy ta’lim


3.2

Yashil kimyo –barqaror rivojlanish omili –ilmiy yo’nalishining ta’lim dasturlarini ishlab chiqish


4.

Xulosalar


5.

Foydalanilgan adabiyotlar


1.KIRISH
Dissertatsiyaning dolzarbligi va zarurati. Mustaqilligimiz 20 yilligi oldidan Perzidentimiz I.A.Karimov tomonidan Ustyurt gaz-kimyo majmuasiga tamal toshi qo’yilishi kimyo fanining hayotimizdagi o’rnini yana bir marta ko’rsatdi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Kimyo fani ko’p yillar davomida ishlab chiqarishni eski texnologiyalar asosida amalga oshirib atrof muxitga juda ko’p zarar yetkazdi. Natijada “kimyoviy ekologiya”, “atrof muhit kimyosi” yo’nalishlari paydo bo’lib ularning asosiy maqsadi atrof-muhitga ajralib chiqayotgan zararli komponentlarni aniqlash va o’z vaqtida yo’qotishga qaratilgan. Yuzaga kelgan vaziyat masalani bunday hal qilish noto’g’riligini ko’rsatdi va juda katta iqtisodiy zarar ko’rilayotgani ma’lum bo’lib qoldi. Buning asosida kimyo fani yotishini hisobga olib bu fanga nisbatan “xemofobiya” kayfiyatlari paydo bo’ldi. Ana shu holatlar bu fandagi metodologik qarashlar va yo’nalishlarni qayta ko’rib chiqishga olib keldi. — Kimyo fani oldida turgan eng asosiy vazifalarni uch guruxga ajratish mumkin: birinchidan, bozorni iqtisodiy arzon va mustahkam bo’lgan materiallar bilanto’ldirish: polimerlar, tolalar,kompozitsion materiallar,o’g’itlar: ikkinchidan, yangi sinflarga kiruvchi maxsulotlar: katallizatorlar, elektronika uchun kimyoviy materiallar,kompozitlar, dorilarning yangi tiplari-buni inellektual kimyo ham deb ataydi: uchinchidan, maksimal holatda tabiatdagi asoiy jarayonlardan –fotosintez, biomassalardan, suvdan tejamli foydalanish. Bu yo’nalishni Yashil kimyo deb ataydi. Kimyogar olimlar o’zlarining ijtimoiy o’rni va hayotdagi ma’suliyatlariga o’zgacha nazar bilan qarab kimyoda “Yashil” kimyo yangi yo’nalishini P. T. Anastas va Dj. S. Uornerlar taklif qildi va 12 prinsipini yaratdi[1-2]. “Yashil” kimyo ilmiy yo’nalishi tez orada kimyogarlar orasida yangi falsafiy metodologik qarash sifatida qo’llab-quvvatlandi. "Yashil kimyo" –atrof-muhitga zarar qilmaydigan kimyoviy ishlab chiqarishga ega bo’lishi bilan an’anaviy kimyodan farq qiladi . Bu kimyoviy ishlab chiqarish iqtisodiyotning rivoji uchun asos bo’ladi.
"Yashil kimyo" – qattiq sharoit(yuqori temperatura va bosim) talab qilinmaydigan, reaksiya natijasida zaharli moddalar hosil bo’lmaydigan va atrof-muhitga zararli moddalar ajralib chiqmaydigan kimyoviy jarayonlarni ifodalaydi. Boshqacha aytganda “yashil” kimyogarlar amalga oshirayotgan reaksiya sikllari o’simliklar va hayvonlar organizmlaridagi sikllarga yaqin bo’lishlari kerak. Bunga oddiy misol sifatida azotobakteriyalarning dukkaklilar tomirida azotni oddiy sharoitda to’plashini keltirish mumkin. Bu azotdan dukkaklilar keyin oqsillar hosil qiladi . An’anaviy kimyo sanoatida esa ammiak olish uchun havodan azotni olishga juda yuqori bosim (30 atm. bosimgacha) va 5000 C selsiy temperatura kerak bo’ladi.
Yashil kimyo – bu o’simliklarda bo’ladigan kimyoviy jarayonlar emas. Yashil kimyoning asosiy yo’nalishi kimyoviy mahsulotlarni arzon, samarali insonlar va atrof muhitga ta’sir qilmaydigan holda olishga qaratilgan.
Kimyogar agar bu qarashlar bilan qurollangan bo’lsa u zaharli, ekologiya nuqtai – nazaridan foydalanish mumkin bo’lmagan erituvchilarni suv bilan almashtirish yoki jarayonni erituvchisiz amalga oshirishlari kerak bo’ladi, reaksiyani rejalashtirishning boshida ko’p bosqichli reaksiyalarni bir bosqichda amalga oshirishi va chiqindilarni ajralmasligini ko’ra bilishi, stexiometrik reaksiyalar o’rniga katalitik reaksiyalardan foydalanishlari, oldindan reaksiya mahsulotlarining insonga va tabiatga zaharli tomonlarini bilishlari kerak bo’ladi. Bular natijasida o’z-o’zidan kimyoviy ishlab chiqarishga kam energiya sarf qilinadi. Olimlar va ishlab chiqarish vakillarining birgalikdagi ishlari natijasida amalga oshirilayotgan jarayonlarni faqat ekologik toza emas balki yana yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.
Buning asoschilaridan biri P.Anastas kimyogar olimlarning eng yaxshilari “yashil” kimyo bilan shug’ullanadi, chunki “yashil” kimyo – kimyoning eng yaxshi yo’nalishi hisoblanadi deb ta’kidlaydi.
Demak “Yashil kimyo” dastlabki reagentlarni tanlash va kimyoviy jarayonlarni amalga oshirishda eng avvalo zaxarli moddalardan foydalanmaslikni o’zining strategik maqsadi deb belgilaydi.
Hozirgi vaqtda “Yashil kimyo” ning uch yo’nalishi – sintezning yangi yo’llari(katalizatorlar yordamida), qayta tiklanadigan dastlabki reagentlardan foydalanish(neft mahsulotlaridan foydalanmaslik) va an’anaviy organik erituvchilardan foydalanmaslikdan iborat ekanligi ko’rsatib beriladi. Bir so’z bilan aytganda bu qarash eng avvalo kimyoviy ishlab chiqarishlarda mavjud bo’lgan atrof muxitga ajralib chiqayotgan turli xil zaxarli moddalarni yo’qotishga qaratilgan bo’lib, natijada insonlar yashab turgan muxit yaxshilanadi va ekologiyamizning musaffoligiga olib keladi.
"Yashil " kimyo – yuqori darajada fanlar kesimi orasidagi bilimlar soxasi hisoblanadi. U organik kimyo bilan (yangi va alternativ sintetik usullar), anorganik kimyo bilan( yangi materiallar va katalizatorlar ochish), fizikaviy kimyo(erituvchilar xossalari), analitik kimyo( moddalarni aniqlashning selektiv usullari) sanoat kimyosi va kimyoviy injeneriya (mavjud kimyoviy jarayonlarni modifikasiyalash), iqtisodiyot fani bilan(kimyoviy mahsulotlar va materiallar analizi) toksikologiya, mikrobiologiya va bioximiya (fermentlash, biotexnologiya, gennaya injeneriya), qishloq xo’jalik fanlari (qayta tiklanadigan xom –ashyo)), ekologiya va huquq (Davlat boshqaruvi va nazorat) fanlari bilan ham kesishadi va ko’rsatib o’tilgan masalalarni birgalikda yechimini topishga xizmat qiladi.
Bir so’z bilan aytganda “Yashil” kimyo prinsiplarini hayotga tatbiq qilish O’zbekiston kimyogarlarining o’z oldiga qo’ygan eng ustuvor vazifalarni bajarishiga asos bo’lishiga ishonamiz. Bu esa sog’lom avlod tarbiyasining garovi bo’lib hisoblanadi.


Download 0.95 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 0.95 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Требования к написанию проекта

Download 0.95 Mb.