Требования к написанию проекта




Download 0.95 Mb.
bet6/17
Sana02.03.2022
Hajmi0.95 Mb.
#2865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
3- Prinsip. Imkoniyati boricha shunday sintetik usullar ishlatilishi kerakki ularda foydalaniladigan va ishlab chiqariladigan moddalar insonlarga va atrof muhitga munosabati bo’yicha minimum zaharlikka ega bo’lsin. Bu prinsipga kumolni (izonitrobenzol) olinish texnologiyasi namunali misol bo’ladi, u mustaqil mahsulot sifatida keraksiz, ammo undan juda katta miqdorda (7 mln. tonna yiliga) fenol olishda zarur bo’ladi.

Oldinlari benzolni propilen bilan alkillash uchun katalizator sifatida alyuminiy xlorid (AlCl3) yoki qattiq fosfat kislotasi (H3PO4) dan foydalanilgan. Ikkala holda ham kislota chiqindilarni keyinchalik utilizatsiya qilish va oqava suvlarni tozalash talab qilingan. Bundan tashqari, alyuminiy xlorid amalda bir marta ta’sir qiladigan katalizator bo’lganligi sababli jarayonning atom effektivligi past bo’lgan. Jarayonning atom effektivligini va ekologiyaga do’stligini oshirishdagi jiddiy qadam “Mobil” firmasi ishlab chiqargan seolitli katalizator bo’ldi, undan kop marta foydalanish imkoniyati bor va yuqori selektivligi bilan tavsiflanadi. Siklik ketonni laktonga aylantirish ( Bayer-Villeger reaksiyasi) odatda m-xlorperbenzoy kislotasi ta’siri ostida boradi. Bu jarayonni o’tkazishda non pishirish darajasi
( biokatalizator) va havo kislorodi ( oksidlovchi) lardan foydalanishni yangi usulini takilif qildilar. Ushbu misol birdaniga ikkita “Yashil” komponentni – katalizator ( N 9 prinsip) va havo ( xavfli portlovchi va tejamsiz oksidlovchi o’rniga) tutadi. Shu bilan birga biokatalizatorlarni ishlatish odatdagi katalizatorlar bilan taqqoslanganda ekologiya nuqtai nazaridan ancha qulay, chunki yangilanadigan xom ashyodan (achitqilardan) foydalaniladi.

4-prinsp. Ishlab chiqariladigan kimyoviy mahsulotlar zaharliligi kam bo’lgan holda ularning funksionalligi saqlangan bo’lishi kerak. Ushbu prinsp tor maqsadli harakatdagi o’simliklarni himoya qiluvchi pestisidlar va boshqa himoya vositalarini yaratishda juda muhim. Agar berilgan turdagi o’simlikni himoyalash mexanizmi tushunarli bo’lsa, u holda mahsulotlarni maqsadli sintez qilish imkoniyati bo’ladi, qaysiki preparatning effektiv ta’sir etishi uchun kerak, bunda birikmaning umumiy zaharliligi minimumgacha kamaytirilishi kerak bo’ladi.
O’simlikni himoya qilish nuqtai- nazaridan muhimi jarayon emas, muhimi oxirgi natija, unga boshqa yo’l bilan ham erishilish mumkin masalan, an’anaviy insetsitlar (o’ldiruvchi modda) o’rniga feremonlardan foydalanish mumkin (aldab chaqiruvchi yoki qo’rqituvchi moddalar).
Keyingi vaqtda zamonaviy upokovkaga o’raladigan, jumladan oziq- ovqat mahsulotlari uchun ham bioparchalanadigan polimerlar olish bo’yicha keng jabhada ishlar olib borilmoqda. Masalan, “Dow Chemical” kompaniyasi bir necha yil oldin sut kislotasi (poliloktat) asosida “Nature Works) polimerni ishlab chiqardi. Hazil qilib aytganda o’ralgan konfetni o’rami bilan yeyish mumkin- ziyoni bo’lmaydi, garchi ta’m sifati hozircha kafolatlanmagan.


Download 0.95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 0.95 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Требования к написанию проекта

Download 0.95 Mb.