VII. Ishlarni bajarish uchun mexanizmlarni tanlash
1. Qorishma aralashtirgichlarni tanlash
4-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar bo‘yicha bitta qamrov uchun sement-ohakli qorishmalardan M-50 markali – 24,3 m3 , M-25 markali – 2,2 m3 va ohakli qorishmadan 23,5 m3 talab etiladi. Hammasi – 24,3m3 . Qamrovda g‘isht terish ishlari 10 smena davomida olib boriladi.
Demak 1 smena uchun 24,3m3 : 10sm = 2,43 m3,
bir soat uchun 2,43 m3 : 8 soat = 0,30 m3 qorishma kerak bo‘ladi.
Qorishma tayyorlash uchun 12-13 – jadvallardan kichik o‘lchamli ko‘chma SO-23B markali qorishma aralashtirgich va qumni elash uchun SO-34 markali elakni tanlash mumkin.
Qorishma aralashtirgichlarning texnologik tavsifi
12 – jadval
T/r
|
Ko‘rsatkichlar
|
SO-23B
|
SO-46A
|
SO-26B (SO-26A)
|
1
|
Ishlab chiqarish quvvati, m3/ soat
|
1,2 – 1,5
|
2
|
2
|
2
|
Tayyor qorishmaning hajmi, litr
|
65
|
65
|
65
|
3
|
Elektr yuritkichning quvvati, kVt
|
1,5
|
1,5
|
1,5
|
Tebratgich elaklarning texnikaviy tavsifi
13 – jadval.
T/r
|
Ko‘rsatkichlar
|
SO – 18
|
SO – 34
|
1
|
Qorishma bo‘yicha unumdorligi, m3/soat
|
4
|
2
|
2
|
Elektr yuritkichning quvvati, kVt
|
0,4
|
0,27
|
2. Montaj qiluvchi kranlarni tanlash
Konstruksiyalarni va ashyolarni ko‘tarish uchun minorali krandan foydalanish mumkin. Kran taglikka terilgan g‘ishtlarni, qorishmani, orayopma plitalarni va boshqa ashyo va konstruksiyalarni ko‘tarishi mumkin.
a). Eng og‘ir temirbeton elementni og‘irligi – orayopma plita – 1,8 tonna;
b). 200 tadan g‘isht terilgan ikkitasi birga ko‘tariladigan taglikning og‘irligi – 1,5tonna;
v). Qorishma hajmi – 0,75 m3 bo‘lgan badyalarda ko‘tariladi. Bo‘sh badyaning og‘irligi – 0,4 t, beton qorishmasi bilan og‘irligi – 2,2 t.
Minorali kran 4 ta o‘lcham bo‘yicha tanlanadi:
1. Konstruksiyaning montaj og‘irligi Qm = Q + Σq
bunda: Q – ko‘tariladigan yukning eng katta og‘irligi;
Σq - montaj moslamalarining og‘irligi.
2. Kran ilmog‘ini ko‘tarilish balandligi
Hk = ho + hz + he + hs
bunda: ho – konstruksiya o‘rnatiladigan tayanchini balandligi, m;
hz – 0,5-1m, balandlik bo‘yicha zahira, m;
he – elementning montaj holatidagi balandligi, m;
hs - konstruksiya yuqorisidagi ilmoq(strop)ning balandligi, m.
3. Kran qulochini uzatish uzunligi L – kranni o‘qidan ko‘tariladigan yukni o‘qigacha bo‘lgan masofa, m.
4. Yuklanish momenti Myuk = Qm . L, t.m
Yuqoridagi to‘rtta parametrlarni namunaviy misol bo‘yicha aniqlaymiz:
1. Bizning loyihamizda orayopma plitalar og‘irligi 120-200 kg bo‘lgan ilmoq(strop)larda konstruksiyadan 3-5 m balandlikda ko‘tariladi.
a) Orayopma plitani montaj og‘irligi
Qyopm = 1,8 + 0,2 = 2 tn
b) 0,3 tn og‘irlikdagi traversa bilan ko‘tariladigan g‘isht taxlangan ikkita taglikning montaj og‘irligi Qg‘m = 1,5 + 0,3 = 1,8 tn.
v) Bad’yani beton bilan montaj vazni Qbm = 2,2 tn
2. Kran ilmog‘ini ko‘tarilish balandligi:
a) Yopma plitalarni montaj qilish chog‘ida
Nyopk = 12,6 + 0,5 + 0,22 + 5 = 18,32 m
b) To‘rtinchi qavtdagi zilzilabardosh kamarni qolipidan yuqoriga badyani beton bilan ko‘tarishda Nbk = 12,6 + 0,5 + 3,83 = 16,93 m
bu erda: 3,83 – bad’yani traversa bilan o‘lchami (he + hs )
3. Kran qulochini ko‘tarish uzunligi
L = c + b + 0,8 + b/2 + a/2 = 12,0 + 0,32 + 0,8 +2,7/2 + 6/2 = 17,47 ≈ 17,5 m
4. Yuklanish momenti
Myuk = 17,5 x 2,2 tn = 38,5 tn.m
Berilgan Qm = 2,2 tn, Hk = 17 m (18,3), L = 17,5 m, Myuk = 38,5 tn parametrlar yuk ko‘tarish qobilyati 3-5 tn bo‘lgan birnechta, misol uchun BKSM-5-10, MSK-3-5/20, MSK=5/20 va boshqa kranlar mos keladi
|