• Qora rang
  • Tuproq hosil qiluvchi omillar va ularning ahamiyati




    Download 75 Kb.
    bet2/5
    Sana15.05.2023
    Hajmi75 Kb.
    #59811
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Tuproq hosil qiluvchi omillar va ularning ahamiyati
    1. TJICHA asosiy atama va tushunchalar, 3. TJICHA turg\'unlik, 1- AMALIY MASHG\'ULOT, 1, 2. TJICHHA avtomatik rostlash tizimlari, 2-AMALIY MASHG\'ULOT, 3-AMALIY MASHG\'ULOT, 1 laboratoriya Mavzu Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik
    Tuproqlar fizikasi
    Tuproq hosil bo`lish jarayonining tashqi ifodasiga tuproq morfologiyasi deyiladi, (tashqi ko`rinishi desa ham bo`ladi). U tuproqning ichki kimyoviy, fizikaviy va mexanik xossalarini ifodalaydi.
    1. Tuproq kesmasi – tuproqning morfologik belgilarini o`rganish uchun qaziladi. Unda pastga tomon genetik qatlamlar bo`ladi. Ularning yig`indisi tuproq kesmasi deb ataladi.
    Qatlamlar asosan 3 ga bo`linadi va ular lotin harflar bilan belgilanadi.
    A – ustki, qatlam bo`lib bu ham o`z navbatida qatlamchalarga bo`linadi:
    Ao – o`simliklar qiyi (to`shagi);
    A1 – chirindili – akkumlyativ qatlam, chirindi – (gumus) qatlami;
    A2 – yuvilma yoki elyuvial – suv yuvib ayrim moddalarni pastga tushiradi.
    *B – Illyuvial oraliq - shimilma qatlam. Yuqoridan kelgan moddalar shu qatlamda to`planadi
    _________________________________________
    *B – o`tuvchi (oraliq)- ilyuvial (shimilma).qatlam
    M=A+B – tuproqning qalinligini (M) tashkil qiladi. Qalinlik bir necha sm-dan 150-250-300 sm.gacha bo`ladi. Qadimgi madaniy-agroirrigatsion qatlam ( ayniqsa O`rta Osiyoda) qalin bo`ladi.
    S – Ona jins – turlicha bo`ladi.
    2. Tuproqning rangi – ona jinsga bog`liq holda xilma-xil bo`ladi. Tuproq tiplari uning rangiga (tusiga) qarab nomlanadi. Lekin, bular nisbiy bo`lib birontasi ustunlik qiladi va o`sha inobatga olinadi.
    Buyo`q tuproqshunos olim S.A.Zaharov tuproqlarning ranglar uchburchagini quyidagicha tavsiya etgan:

    S.A.Zaxarov fikriga ko`ra, tuproqlarning ranglari shu 3 rangning uyg`unligidan hosil bo`ladi.
    Qora rang - organik moda, chirindining ko`pligidan darak bersa, oq rang – kvars, kaolinit, ohak, gipsning ko`pligidan, qizg`ish, sarg`ish rang esa temir (III) – oksidi – gidiridi (Fe2O3 • n H2O) ning ko`pligidan nishona. Qora dog`lar marganes ko`pligini bildiradi. Dog`lar va ranglar tuproqning sifatlaridan darak beruvchi indikator bo`lib, tuproqning qay sharoitda paydo bo`lganligidan dalolat beradi. Rus dehqonlari tuproqlarning 25 xili va kichik xilchalarni ajratishgan.

    Download 75 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tuproq hosil qiluvchi omillar va ularning ahamiyati

    Download 75 Kb.