• Tuproqdagi suvning holati .
  • 3. Sorbsion birikkan suv .
  • Tuproqning dala nam sig`imi
  • Tuproq hosil qiluvchi omillar va ularning ahamiyati




    Download 75 Kb.
    bet3/5
    Sana15.05.2023
    Hajmi75 Kb.
    #59811
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Tuproq hosil qiluvchi omillar va ularning ahamiyati
    1. TJICHA asosiy atama va tushunchalar, 3. TJICHA turg\'unlik, 1- AMALIY MASHG\'ULOT, 1, 2. TJICHHA avtomatik rostlash tizimlari, 2-AMALIY MASHG\'ULOT, 3-AMALIY MASHG\'ULOT, 1 laboratoriya Mavzu Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik , Axborot va kodlash mustaqil ish 2, Kurs ishi Sardor Muzaffarov, Axborot va kodlash mustaqil ish 4, АМАЛИЙ МАШҒУЛОТ 5
    3. Tuproq strukturasi kuchsiz, mexanik kuch ta`sirida tuproq zarralarini birlashtiruvchi gil (loy) kolloidlarga, chirindiga, singdirish qobiliyati, eritmasiga bog`liq holda shakllanadi.
    Tuproqning suv xossalari
    Tuproqning suvga bo`lgan munosabati uning suv xossalari deyiladi.
    Tuproq uchun namlik muhim rol o`ynaydi. Ayniqsa, atmosfera yog`inlarining miqdori, muddati va turi muhim o`rin tutadi. Moskva atroflarida yillik yog`in 700 mm, bug`lanish esa 400 mm. Buxoroda esa yillik yog`in 125-140 mm, yillik bug`lanish esa 200 mm. bu yerda yog`inlar tuproqni yetarlicha namlantirolmaydi. Jala yog`sa, tuproq yuzini qotiradi va uning strukturasini bo`zadi. Sekin, davomli yomg`irlar esa tuproq namligini yaxshilaydi. Qorning tez erishidan ko`ra sekin erishi foydalidir. Qor to`plami tuproq sovib ketishidan va muzlashidan saqlaydi.
    Tuproqdagi suvning holati. Tuproqda suv quyidagi ko`rinishlarda uchraydi:
    1. Kimyoviy birikma holatida bo`ladi. Bu kristallizatsion suv bo`lib mineral moddalar tarkibiga kirib, tuproq pydo bo`lishida qatnashadi. Faqat yuqori haroratdagina tuproqdan ajralib chiqib ketadi .
    2. Bug`simon suv tuproq ichidagi va ustidagi namning bug`lanishidan hosil bo`ladi. Tuproqda bug` diffuziya yo`li bilan, ya`ni bug` ko`p (quyuq) joydan bug` kam bo`lgan joyga harakat qiladi. Atmosfera havosidagi nam kunduzi yuqoriga ko`tariladi, kechasi esa tuproqqa qisman o`tadi. Bug`simon suvning suyuq holatga o`tishi kondensatsiya deyiladi. Cho`llarda shu yo`l bilan yoz oylari mobaynida 70-80 mm nam to`planishi mumkin. Bu holat ayniqsa, qumli cho`llarda yaxshi juda seziladi. Shu sababli ularda gilli cho`llarga nisbatan o`simliklar ko`p bo`ladi. Mohonko`ldan ertalab yo`q mashinada o`tib ketib, tuproqni o`rganib, tushda ortga qaytayotsak mashina ertalab o`tgan joyidan o`tolmay, qumda botib qolgan edi. (Nazarov I.)
    3. Sorbsion birikkan suv. Bular tuproq zarralarning molekulyar tortilishi tufayli hosil bo`lgan suvlardir. Bu suv 2 xil bo`ladi:
    A) gigroskopik suvbug`simon suvning tuproq zarralari yuzasida adsorbsiyalanishi (singdirish) tufayli hosil bo`ladi. Gigroskopik suv tuproq zarralariga kuchli birikkanidan uni tuproqdan ajratib olish uchun tuproqni 1050 gacha qizdirish kerak. Bu suvdan o`simliklar foydalana olmaydi.
    B) Pardali suvni tuproq zarralari kam kuch bilan tortadi. Bu bo`sh birikkan yoki pardali suv deyiladi. Bu suv sekin harakat qiladi va tuproq zarralarini qoplab turadi.
    3. Kapillyar suv – tuproqdagi erkin suv bo`lib, pastdan yuqoriga (Minisk tortish kuchi), yuqoridan pastga bo`shliq orqali harakat qiladi. Bu tuproqda 5-6 m balandlikkacha ko`tariladi va o`simlik uchun asosiy suv hisoblanadi.
    4. Gravitatsion suv – o`z og`irlik kuchi bilan filtrlanib pastga oqadigan va suv o`tkazmas (suvto`sar) qatlamgacha yetib boradigan suv.
    Tuproqning nam sig`imibu tuproqning namni ushlab qolish qobiliyati hisoblanadi.
    Tuproqning kapillyar nam sig`imituproqning kapillyar teshiklarida suvning ushlanib turishi.
    Tuproqning dala nam sig`imi tabiiy holda tuproq namlanganda uzoq vaqt ushlanib qoladigan nam miqdoridir. Bu sizot suvlari chuqurligiga, mexanik tarikbiga va chirindi miqdoriga bog`liq bo`ladi.
    Tuproqning me`yoriy nam sig`imi 50 % ga teng.

    Download 75 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tuproq hosil qiluvchi omillar va ularning ahamiyati

    Download 75 Kb.