Tuproq kislotaliligi va ishqoriyligi. Tuproq buferligi va uning ahamiyati




Download 161.5 Kb.
bet1/4
Sana16.12.2022
Hajmi161.5 Kb.
#35292
  1   2   3   4
Bog'liq
1 (3), buxoro shahar, 642ace3fb2269, PSIXOLOGIYA, maqola 1, Yangilayotgan O’zbekiston Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari, Выдающиеся личности в истории узбекистанаааааааа, 1-Maruza prizintatsiya, 3-mavzu Asosiy fotometrik kattaliklar, Документ Microsoft Word, Multimedia va uning zamonaviy ta\'minoti. Multimediadan axborot t, Mustaqil ishi mavzu Getroxalqali birikmalar asosida ishlab chiq-azkurs.org, Mavzu Pedagogik akmeologiya predmeti va uning fanlar tizimidagi-fayllar.org, 1-mavzu 2s nazariy (1)



TUPROQ KISLOTALILIGI VA ISHQORIYLIGI. TUPROQ BUFERLIGI VA UNING AHAMIYATI


Reja :



  1. Tuproq reaksiyasi va uning turlari.

  2. Tuproq kislotaliligi va uning turlari.

  3. Tuproq buferligi va uning ahamiyati.

Tuproq reaksiyasi va uning turlari.
Tuproq reaksiyasi tuproq eritmasidagi vodorod (H+) va gidroqsil (OH-) ionlarining mavjudligi hamda ular konsentrasiyasining nisbatiga bog‘liq bo‘lib pH bilan ifodalanadi. Tuproq eritmasidagi erigan moddalar bilan tuproq qattiq qismi orasidagi o‘zaro ta‘sirlashuv natijasida yuzaga keladigan vodorod va gidroksil ionlari konsentrasiyasining nisbatiga ko‘ra tuproq neytral (pH -7), kislotali (pH <7) yoki ishqoriy (pH >7) reaksiyaga ega bo‘ladi. Tuproq reaksiyasi ko‘plab omillarning o‘zaro ta‘siri natijasida yuzaga keladi. Jumladan, reaksiya tuproq mineral qismining kimyoviy va mineralogik tarkibiga, erkin holidagi tuzlarning mavjudligiga, organik moddalar miqdori va sifat tarkibiga, tuproqning namligiga hamda turli organizmlarning hayot faoliyatiga bog‘liq. Reaksiyani belgilovchi eng muhim omillardan biri tuproqdagi tuzlarning tarkibidir. Tuproqda nam ko‘p bo‘lganda uning qattiq qismidagi neytral, kislotali va ishqorli tuzlar eritmaga o‘tadi. Tuproq quriganda aksincha hol ro‘y beradi. Shunday qilib, tuproq eritmasining reaksiyasi yuzaga keladi va tuproq unumdorligiga ta‘sir etadi.
Tuproqda ko‘proq tarqalgan mineral kislotalardan biri ko‘mir kislotasidir. Termodinamik sharoitlar va tuproqning biologik aktivligiga
ko‘ra karbonat angidridi ta‘sirida tuproqdagi pH ko‘rsatkichi 3,9-4,4-5,7 atrofida bo‘lishi mumkin. Tuproqdagi karbonat angidridining rejimi ob-havoning kecha-kunduzgi o‘zgarishi va mikroorganizmlarning aktivligiga bog‘liq. Turli o‘simliklar uchun maqbul pH ko‘rsatkichi turlicha (16-rasm).
Tuproq va jinslardagi sulfidlar (oltingugurtli metallar) ning oksidlanishi natijasida sulfat kislotasi hosil bo‘lib, tuproqning kislotaliligini oshiradi. Shuningdek kislotalilikning vujudga kelishida kationlar bilan to‘yinmagan gumin kislotasi va fulvokislotalarning roli ham katta bo‘lib, pH 3,0-3,5 gacha o‘zgaradi. Nitrifikasiya bakteriyalari ta‘sirida tuproqda vaktincha azot va azotli kislotalar hosil bo‘lib, pH 0,5-2,0 gacha pasayishi mumkin. Singdirish kompleksida asosan kalsiy, magniy kationlari bo‘lgan qora tuproqlarning reaksiyasi neytral va unga yaqindir. Tuproq va eritmadagi neytral tuzlar orasidagi o‘zaro ta‘sirdan eritmadagi vodorod ionlarining konsentrasiyasi deyarli o‘zgarmaydi.

Download 161.5 Kb.
  1   2   3   4




Download 161.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tuproq kislotaliligi va ishqoriyligi. Tuproq buferligi va uning ahamiyati

Download 161.5 Kb.